Daʼvogar "Termiz Аgromashmontaj" mchJ taʼsischisi Sh. Mamadaliev javobgar
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki
Download 214.19 Kb. Pdf ko'rish
|
korparativ
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Daʼvogar tomonidan mazkur
masala boʼyicha daʼvo talabi keltirilishiga Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi Qonunning 8-moddasi va
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy xoʼjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʼgʼrisida” 2014 yil 20 iyundagi 262-sonli qarori Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi asos boʼlgan normalar hisoblanadi. “Masʼuliyati cheklangan hamda
qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi Qonunning 8-moddasi va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy xoʼjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʼgʼrisida” 2014 yil 20 iyundagi 262-sonli qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisida, agar daʼvogar ishtirokchining ulushi yoki bir nechta ishtirokchilarning jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning oʼn foizidan kam boʼlsa yoxud daʼvo arizasi jamiyatning oʼzi tomonidan berilgan boʼlsa, daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilishi lozimligi toʼgʼrisida tushuntirish berilgan. Demak da’vogarning ulushi 2,9 % bo’lsa, normalarga asosan, da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilishi lozim. Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran ikki oy ichida
berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Da’vogar ishtirok etmaganini isbotlashi lozim bo’ladi.
Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling