Daʼvogar "Termiz Аgromashmontaj" mchJ taʼsischisi Sh. Mamadaliev javobgar
АJ kollegial ijro organi huquqiy maqomini tushuntiring. Unda vakolatni
Download 214.19 Kb. Pdf ko'rish
|
korparativ
39. АJ kollegial ijro organi huquqiy maqomini tushuntiring. Unda vakolatni
taqsimlash va qarorlar qabul qilish tartibini tahlili qiling. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir. Tarkibiga ko'ra korporatsiyalarni an'anaviy ravishda kollegial va yakkaboshchilik asosidagi organlari ajratib ko'rsatiladi. Kollegial organ – amaldagi qonunchilik va ustavda belgilangan tartibda saylangan yoki unga tayinlangan hamda ushbu organ kompetentsiyasiga kiruvchi masalalar bo'yicha birgalikda qaror qabul qiladigan shaxslar guruhidir. Bu ta'rifdan ikkita holat kelib chiqadi: ➢ kollegial organ a'zolarining soni ikkitadan kam bo'lishi mumkin emas ➢ kollegial organning qarori birgalikda muhokama qilish jarayoni davomida va ovoz berish natijasida asosida amalga oshiriladi. Bajariladigan funktsiyalarning xususiyatiga qarab yuridik shaxs organlari boshqaruv organlari (rahbarlik qiluvchi va ijro yetuvchi) va nazorat organlariga bo'linadi. Yuridik shaxs irodasining shakllanish jarayonidagi roliga qarab ikki xil irodani shakllantiruvchi va irodani ifoda etuvchi organlar mavjud. Irodani shakllantiruvchi organlar faqat yuridik shaxsning irodasini shakllantirishi mumkin, uni tashqi ko'rinishda ifoda etmagan holda. Korporatsiya irodasini shakllantiruvchi organlarga aktsiyadorlarning(ishtirokchilarning) umumiy yig'ilishi, direktorlar kengashi va kollegial ijroiya organi kiradi. Irodani ifoda etuvchi organlar yuridik shaxsning xohish-irodasini tashqi ravishda ifoda etadi, ya'ni jamiyat faoliyatini ijro etishga qaratiladi. Ular belgilangan kompetentsiya doirasida ishonchnomasiz harakat qiladilar. Irodani ifoda etuvchi organga jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi taa'luqli hisoblanadi. Bir qancha hollarda yakkaboshlik asosidagi ijro etuvchi organi jamiyatning irodanisi shakllantiruvchi ham irodasini ifoda etuvchi organi hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida qonun 59-moddasiga asosan: Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi: ➢ jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash; ➢ jamiyatni qayta tashkil etish; ➢ jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
➢ jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; ➢ e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash; ➢ jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish; ➢ jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish; ➢ o‘z aksiyalarini olish; ➢ jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; ➢ jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash; ➢ jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash; ➢ jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash; ➢ jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish; ➢ jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish; ➢ qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish; ➢ jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish; ➢ imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida ushbu Qonunning 35- moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish; ➢ ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash; ➢ aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash; ➢ aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish; ➢ jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash; Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling