37
— XI asrlar o`rtasida Vizantiyada rivojlandi. (Pravoslav cherkovining grek— SHarqiy nomi ham
shundan kelib chiqqan.)
Katolik dini — yoki Rim katolik cherkovi asosan janubi — G’arbi
va Markaziy Yevropa
hududida, Markaziy va Janubiy Afrika aholiey o`rtasida tarqalgan. Xristian dini mazxablaridan
biri katolik dinining markazi Rim cherkov boshlig’i
esa Rim episkopi, erdagi papadir. Katolik
dini XI asrga kelib mustaqil diniy tashkilot sifatida shakllandi, Katolik dini o`zining o`rta asrlar
tarixida ommani ezish.xurofot
tarqatish, dunyoviy bilim soxiblarini kuvg’inga solish (Galileyni
badkor qilish, J. Brunoni gulxanda yondirish) quroli bo`lib xizmat qilib keldi.
Papalik ital’yan savdo respublikasi bilan ittifoqlikda salb yurishlariga rahbarlik qildi. Katta
pul zaxiralariga ega bo`lgan rim— katolik cherkovi (ayniqsa monastirlar) o`rta asrlarda yirik
sudxurlarga aylanib ketishdi. O`rta asrlardaek bir qator mazxablarga
kirib borgan va keyin rim
katolik cherkoviga qarshi karatilgan xaraqatlar ayrim SHimoliy va G’arbi Yevropa
mamlakatlaridan katolik dinini siqib chiqarishga olib keldi. CHerkov bu ommaviy xaraqatlarga
qarshi ayovsiz reaktsiya bilan javob berdi. Katolik cherkovi XIII asrda frantsiskanlar va
domtsnikanlarni hamda XVII asrda esa — qattiq «
harbiy» intizom asosida tashkil etilgan
iezo`tlar ordeni kabi monarxlarning kurashchan ordenlarini
ishga solib, barcha kuchlarni
kurashga safarbar etdi.
Papa — Rim episkopi, katolik cherkovining boshlig’i. Papa apostol
Petrning noibi
hisoblanardi. Unga din va ahloq masalalarida gunohsiz deb nisbat berildi. Papa oliy ruhoniy
kardinallar tomonidan odatda o`z ichidan saylab qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: