Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Priorlar — katolik cherkovidagi ayrim monastirlarning nozirlari.  Pastor


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Priorlar — katolik cherkovidagi ayrim monastirlarning nozirlari. 
Pastor — protestant ruhoniysi. 
Rekonkista — V111–XV asrlarda Pirenei yarim oroli xalqlarining arablar va barbarlar 
tomonidan bosib olingan hududlarini jang orqali qaytarib olishi. 


39 
Episkop — xristian cherkovlarida yuqori lavozimli ruhoniy. Dastlabki xristian jamoalarida 
episkop jamoaning boy va e`tiborli kishilaridan saylanardi. CHerkovning xazinachisi bo`lardi. 
Keyinroq u oliy martabali ruhoniyga aylandi. Pravoslav cherkovida episkop davlat hokimiyati 
tomonidan tayinlana boshladi. 
Klermon yig’ilishi — 1095 yil noyabrida papa Urban II tomonidan Klermon shaxrida 
chaqirilgan cherkov yig’ilishi. Bu yig’ilishda cherkov erlari va boyliklarni egallab olish uchun 
turk — musulmonlarga qarshi salib yurish tashkil etishi xaqida qaror qilingan edi. 
Salib yurishlari — G’arbi Yevropa feodallarining 1096—1270 yillarda katolik cherkovi 
tashabbusi bilan Falastindagi xristian Avlielarini musulmonlar dini hukmronligidan ozod qilish 
uchun olib borilgan bosqinchilik yurishlari. 
Sholastika — o`rta asrlarda feodal jamiyatning diniy mafkraviy falsafasining umumiy 
nomi, sholastika xristian dini aqidalariga asoslangan. 
Teologiya (ilohiyot) – xudo va uning fazilatlari, diniy aqidalar to`trisida muquddas 
kitoblar va cherkov rivoyatlari xaqidagi ta`limot. 
Guschilar harakati — XV asrning birinchi yarmida CHexiya xalq ommasining feodal 
ekspluatatsiyasiga, katolik cherkoviga va chet el agressiyasiga qarshi olib borgan ko`p yillik 
kurashi. Guschilar harakatida CHexiya aholisining turli tabaqalari — dehqonlar, shahar 
hunarmandlari, burjuaziya va dvoryanlarning kattagina qismi qatnashgan edi. CHex dvoryanlari 
asosan nemis hukmronlari va katolik cherkovi qo`lida to`plangan cherkov mulklarining 
musodara qilishga, chex burjuasi esa nemis tirik burjuasini siqib chiqarishga intilar edi. 
Guschilarning bir qismi din sohasida cherkovni demokratlashtirish, ya`ni fuqaro bilan 
ruhoniylarning marosimlar o`tqazishdagi tengligini va chex tilida va`z aytishga yo`l quyilishini 
talab qilish bilan cheklandi. Dehqonlar bilan shahar hunarmandlari qat`iy talablar: din sohasida 
— Rim cherkovi bilan aloqani uzil—kesil uzish, ijtimoiy sohada erlarni musodara qilish
mulklardan voz kechish, soliq va o`lponlarni yo`qotish talablarini quyishdi. Guschilarning bu 
qismi o`zlarining istehkomli tayanchlariga aylantirgan joylarni nomi bilan Tabor so`zidan 
taboriylar deb atadilar. Taboriylarning sul kanoti adalitlar deb nom oldi. YAn Jelivkiy va YAn 
Jichka boshchiligida asosan hunarmand tabaqalarning 1419 yilgi Praga qo`zg’oloni uzoq davom 
etgan Guschilar urushlarining (1419—1434) boshlanishi bo`ldi. Avval Guschilarning barcha 
guruhlari dushmanga qarshi birga harakat qilishdi. 1420 yilda YAn Jichka CHexiya taxtini da`vo 
qilgan german imperatori Sigizmund qo`shinlarini tor—mor keltirdi. Turli sinfiy 
tabaqalardan iborat guschilar tezda bo`linib ketishdi. 
Puritanlar — Angliyada XVI asrning ikkinchi yarmida kelgan anglichan cherkovini 
katolitsizm qoldiqlaridan tozalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan diniy harakatning 


40 
qatnashchilari. Puritanlarning diniy g’oyalari kal’vinizmning kuchli ta`siri ostida shakllandi. 
Puritanlarning sinfiy negizi: 
1) boy savdo burjuaziyasi; 
2) burjualashgan er egalari (yangi dvoryanlar) tashkil etdi, 
Kal’vinizmning burjuacha moxiyati xech qaerda ingliz puritanchiligidagidek 
yaqqol namoyon bo`lmagan edi. XVI asr oxirida absolyutizmga qarshi puritanlarning diniy 
qoppozitsiyasppozitsiyaga aylandi. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling