Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Kopun — Skandinaviya xalqlarida dastlab harbiy yo`lboshchi, feodalizm rivojlangandan  so`ng esa podsho.  Korteslar


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Kopun — Skandinaviya xalqlarida dastlab harbiy yo`lboshchi, feodalizm rivojlangandan 
so`ng esa podsho. 
Korteslar — feodal Ispaniyasi va Portugaliyada soslovieli vakillar majlisi. Korteslar 
degan nom birinchi marta 1137 yil Kastiliyada uchragan. Ispan korteslari ham G’arbning barcha 
soslovieli vakillar muassasasi kabi hamma aholining manfaatlarini emas, balki faqat dvoryanlar, 
ruhoniylar manfaatini ifoda etgan. SHaharlar vakillik qilish xuquqini ancha kech oldi. Korteslar 
davlat hayotiga doir barcha muhim ishlarni o`z qo`llariga olganlar va qirollarning qattiq nazorati 
ostida tutganlar Absolyutizmning rivojlanishi bilan korteslar batamom barbod bo`lgan. 
Korrexidorlar — Ispaniya va uning mustamlakalaridagi ma`muriy va sud lavozimi. XIII 
asrda Avstriyada ta`sis etilgan. 
Korsarlar — urush vaqtida hukumat ijozati bilan dushmanning savdo kemasini bosib 
olgan, xususiy dengizchilar. 
Oq gullar bilan qizil gullar urushi (1455—1485)— Plantegenlarning qirol sulolasidagi 
ikki yunalish Lankaster (gerbida — qizil gul) va York (gerbida — oq gul) o`rtasidagi ingliz toj—
taxti uchun olib borilgan qonli feodal usulining krizisini va xususan yirik mulk xo`jaligi krizisini 
boshidan kechirayotgan edi. Feodal aristokratiyasi xo`jalik faoliyatidan tobora ko`proq chetlasha 
boshladi: ular yashashning asosiy manbai qirol saroyining in`omlari, asosiy mashg’ulot esa 
saroydagi ig’vo — g’iybatlar va feodallar o`rtasidagi urushlardan iborat bo`lib qoldi. Feodal 
magnatlari o`zaro shiddatli urush boshlab, bir — birlarini xonavayron qildilar va qirib 
tashladilar. Lankasterlarni asosan kolok SHimol va Uel’s baronlari, Yorklarni esa mamlakatning 
iqtisodiy jixatdan ancha rivojlangan janubi — SHarqdagi yirik feodallarning bir qismi qo`llab — 
quvvatladi. Savdo va hunarmandchilikning tulik rivojlanishidan, kuchli hokimiyat o`rnatishdan 
manfaatdor bo`lgan yangi dvoryanlar va badavlat shaharliklar Yorklarni qullab—quvvatladilar. 
Yorklar gertsogi Richard Lankasterlar «qiroli» Genrix VI ga qarshi urush boshladi va uni 1460 
yilda Nogemton tor—mor keltirib, asirga oldi. Richard vafotidan keyin Ok gul tarafdorlariga 
uning o`g’li eduard boshchilik qildi. eduard Londonni zabt etgandan keyin eduard IV nomi bilan 
podsho deb e`lon qilindi. Ammo urush ilgarigidek shiddat bilan davom etardi. Genrix VI ni 
uning tarafdorlari ozod qilib olishdi. Genrix VI ning Frantsiyaga kochib ketgan rafikasi 


43 
Margarita 1464 yilda frantsuz podshosi Lyudovik XI ning madadiga tayanib, qo`shinlar bilan 
Angliyaga kaytib keldi, ammo mag’lubiyatga uchradi, eduard IV ning o`zboshimchaligi va 
feodallar erkiga barham berish yo`lidagi urinishlari uning ilgari tarafdorlarini o`ziga qarshi qilib 
qo`ydi. Angliyadagi yirik feodal magnatlaridan biri graf Uorvik yordamida Genrix VI yana 
taxtga chiqib oldi, Eduard esa hokimiyat o`g’risi deb e`lon qilindi (1471). Ammo T’yukaberi 
yaqinidagi jangda eduardda lankasterlarga qaqshatqich zarba berdi. Genrix VI xal qiluvchi 
janggadayok yana asir olinib, qirol turmasi Tauerda vafot etdi. eduard IV qirol hokimiyatini 
g’oyat mustahkamladi va parlamentni ahyon—ahyondagina chaqirib, hukmronlik qildi. Uning 
vafotidan keyin 1483 yilda ukasi Richard III taxtni qo`lga oldi va eduard IV ning yosh 
o`g’illarini qatl qildi. Richard III ortikcha qatllarga va tazyiklarga yo`l qo`yganligi sababli 
lankasterlarni ham, yorkchilarni ham uziga qarshi qilib qo`ydi. Ular lankasterlardan chiqqan 
Genrix Tyudor tevaragiga birlasha boshladilar. Bosvort yaqinidagi jangda Richard III 
maglubiyatga uchradi va o`ldirildi. Genrix Tyudor Genrix VII degan nom bilan Angliyaning 
podshosi bo`ldi va Tyudorlar sulolasiga asos soldi. Oq gullar bilan qizil gullar urushi feodal 
zodagonlari kuchiga putur etkazdi, ularning ko`p qismi kirib tashlandi. Angliyada absolyutizm 
davri boshlandi. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling