Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan
Kardinal — katolik chekovining oliy mansabdori. Kardinallar majlisi — konklav
Download 468.41 Kb. Pdf ko'rish
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kostel
- Nuntsiy
- Indul’gentsiya
- Inkvizitsiya
Kardinal — katolik chekovining oliy mansabdori. Kardinallar majlisi — konklav papani
saylaydi. Papa viloyati (yoki CHerkov viloyati) — o`rta Italiyadagi poytaxti Rim bo`lgan cheklanmagan oliy hukmdor — papa boshchiligidagi davlat (756–1870 i.). 1870 yilda Rimning Italiya qirolligiga qo`shilishi natijasida papa davlati yo`q bo`lib ketdi. Kostel — katolik cherkovining nomi. Bulla — muhr bosilgan davlat va cherkov aktlarini tantanali shaklda e`lon qilishning G’arbi Yevropadagi eskicha nomi. Bu nom hozir ham papa hokimiyatidan chiqadigan tantanali aktlarga nisbatan qo`llaniladi. Nuntsiy — papa elchisi. Bir qator mamlakatlarda nuntsiy diplomatik korpusning boshlig’i hisoblanardi. Protestantizm — XVI asrdagi reformatsiya natijasida Rim – katolik cherkovidan ajralib chiqqan lyuteranlik, kal’vinizm kabi xristian diniy ta`limotining umumiy nomi. Protetantlar deb dastlab SHpeyerda (1528) chakirilgan german imperiyasi seymi a`zolarining reformatsiya harakatiga qarshi kurash xaqidagi ko`pchilikning harakatiga qarshi norozilik bilan chiqqan 38 (protest) ozchilik qismini atashgan edi. Protestantlar Austurdagi (1530) reyxstagda Martin Lyuter tomonidan tuzib chiqilgan yangi liniy ta`limot asosini takdim etdilar. Keyinroq reformatsiyaning hamma tarafdorlari Protestantlar deb ataladigan bo`ldi. SHvetsariyada, Frantsiya va Pol’shada TSvingli va Kalvin tarafdori yoki reformatorlar ham Protestantlar deb atalgan. AQSH, Angliya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda XVI — XVII asrlarda protestantizm negizida vujudga kelgan baptistlar, menonitlar, kvakilar va sho`nga o`xshash juda ko`p sektalar mavjuddir. Indul’gentsiya — o`rta asrlarda katolik cherkovi ish praktikasida qo`llanilgan pul barobarida yoki cherkov oldida ko`rsatilgan xizmatlari uchun ayb va gunohlarini kechirish va cherkov jazosidan ozod etilganligi xaqida beriladigan yorliq. Indul’gentsiya berish bilan uni sharm— xayosizlarcha sotish xalq ommasining g’azabini keltirdi va bu hol reformatsiya o`tqazishga qaratilgan harakatning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri bo`ldi. Inkvizitsiya — katolik cherkovida XII asrdan to XIX asrgacha mavjud bo`lgan bid`atchilar ishi yuzasidan ish quruvchi maxsus cherkov sudi. Bu bid`atchilar va antifekdalar xalq harakati qatnashchilarini sud, tergov qilish va jazolash muassasasi sifatida tashkil etilgan. Inkvizitsiya xar qanday erkin fikr qiluvchilarga, cherkov va u himoya kilayotgan feodal tuzumning xar qanday oppozitsiyasiga qarshi ayovsiz ravishda kurash olib bordi. XV asrning oxirlaridan boshlab faqat bid`atchilarga va yaxudiylarga ham qarshi karatilgan davlat qirollik muassasasiga aylandi. Inkvizitsiya, ayniqsa, Ispaniyada xalqka xaddan tashqari jabr o`tkazgan. Abbat — (bosh ruhoniy) boshchiligidagi katolik monastiri. CHerkovning yuqori boshqarish organlari — episkopga yoki papaga buysunadi, abbatga boshqa monastirlar qaram bo`lishi mumkin. Abbat G’arbi Yevropada VI asrda vujudga kelib, o`rta asrlarda diniy sohadagina emas, balki iqtisodiy va siyosiy hayotda ham muhim rol’ o`ynadi. U qaram dehqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilgan. Abbat o`z tasarrufidagi qishloqlar, er-suvlar, o`rmonzorlar bilan birga feodal mulki (sen’or hisoblanib), feodal jamiyati tashkilotining mustaqil tarkibiy qismi edi. Reformatsiya davridan boshlab, o`zining ilgarigi ahamiyatini yo`qotgan bo`lsada, katolik mamlakatlarida saqlanib qolgan. Mitropolit — mamlakatning barcha ierarxlari o`rtasida bosh o`rinda turadigan ayrim episkoplarning oliy diniy unvoni. Hozirgi paytda pravoslav cherkovida ayrim episkoplarning faxriy unvoni. Download 468.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling