Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Messa
Gadoylik ordenlari — katolik monarxlari ordenlari. Papalikning faol yordamida 
kambaralchilikni targ’ib qilish va a`zolarining taqvodorlik bilan hayot kechirishini namuna qilish 
orqali tez—tez tarqalib boraetgan eretiklikni bartaraf etish mumkin degan maqsad bilan XIII 
asrning birinchi yarmida tashkil etilgan edi. Gadoylik ordeni monarxlari uz nizomiga muvofiq 
shaxsiy mol—mulkka, uy-joyga ega bo`lmas va sadaqa orqaligina kun kechirar edilar. 
Kambag’allikda yashash axdiga hamma vaqt ham rioya qilinavermas edi. Gadoylik ordeni 
hozirgi kunda ham mavjud, ammo ular faqat nomigagina «gadoylik qiluvchilar» holos. 1964 
yilda gadoylik qiluvchilarning ordenining barcha ko`rinishlarida 79.133 kishi bor edi. 
Anafema — cherkovdan xaydash va la`natlash, Anafema — xristianlar cherkovi o`rta 
asrlar mobaynida va yangi davrda ba`zi ijtimoiy tafakkurga qarshi kurash uchun qo`llangan 
ijtimoiy va diniy terror qurolidir. Masalan, Rim papalari 1846 yildayok kommunistik fikrlarni 
anafema qildilar, so`ngra buni bir necha bor tasdikladilar. Rossiyada provoslaviya cherkovi 
dehqon qo`zg’olonlarining yo`lboshchilari Bolotnikov, Razin, Pugachyovni anafema qildi. 
Messa — katolik lituriyasi (xristianlarning ertalab yoki peshin chogi cherkovda qiladigan 
ibodati). 
Monarxomaxlar — XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr boshlarida G’arbi Yevropada 
qirol absolyutizmiga qarshi chiqqan yozuvchi pulitsistlar. Monarxomaxlar podsho 
hokimiyatining ilohiy yo`l bilan kelib chiqqanligini inkor etganlar va suverenitet xalqqa tegishli 
bo`lib va u shartnoma bo`yicha hokimiyatni monarx ixtiyoriga beradi va u shartnomani buzgan 
takdirda uni taxtdan ag’darib tashlashi yoki uni xatto o`ldirish hukmiga ham ega deyishar edi. 
Monarxomaxlar «xalq deb xalq ommasini emas, balki yo burjuaziyani, yoki dvoryanlarni 
tushunishar edi». 
Monahlik — ko`pchilik dinlarda ruhoniylarning alohida bir ko`rinishi. Monahlik 
qiluvchilar, ya`ni monaxlar o`zlarining oldiga asketik maxsus cheklashlar, jumladan, oila 
qurmaslikka o`xshash cheklashlar qo`yadi, Monahlik hamisha oliy cherkov ierarxiyasining 
buyuk tayanchi bo`lgan. CHerkov va davlat homiyligi monahlikning rivoj topishiga va 
monastirlik jamoasi — dastlab erlar, keyinchalik xotin— qizlar, xatto aralash monastirlarning 
kelib chiqishiga olib keldi. Yirik monastirlar abbatlik deb ataladigan bo`ldi. Monastirlar 


41 
cherkovga feodal tuzumidan ancha ta`sirchan kuchga ega bo`lgan qattiq intizom o`rnatilgan 
apparat, uyushgan kuchlarni berdi. Feodal jamiyatning hukmron sinfi tomonidan qo`llab — 
quvvatlangan monastirlarning ta`siri va boyligini oshirishga, ularning qullarida katta er mulklari 
va krepostnoylarning to`planib qolishga yordam berdi. Ular Rossiyada shunday Sergievlarning 
daromadi XVII asr boshlariga kelib butun Moskva davlatining barcha daromadini uchdan bir 
qismini tashkil etgan. XVIII asrda esa 400 monaxga 625 ming krepostnoy dehqon to`g’ri kelar 
edi. g’arbiy Yevropa o`rta asrlar cherkovi monahlikni rivojlanishini xar taraflama rag’batlantirar 
va papa abslyutizmning tarafdorlari sifatida chindan monahlik ordenlarining jumladan, 
frantsiskanlar va dominikanlar ordenining kelib chiqishiga xar taraflama imkon bergan edi. 
Reformatsiya davrida ayrim mamlakatlarda burjuaziya yoki knyaz’, hokimiyati protestantizm 
bilan birlashib monahlikni yo`q qilib yubordi, monastir’ erlari va mulklarni musodara qildi. 
Kontrreformatsiya tiklashda katta rol’ o`ynaydi. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling