Dda. Ushbu Qonunning maqsadi
-modda. Fermer xo‘jaligini tugatish tartibi
Download 61.71 Kb.
|
fermer xo`jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-modda. Nizolarni hal etish
- 35-modda. Fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha javobgarlik
33-modda. Fermer xo‘jaligini tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang. Fermer xo‘jaligi: fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qaroriga binoan; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan; (33-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga binoan tugatiladi. (33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Fermer xo‘jaligini tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—56-moddalariga qarang. 34-modda. Nizolarni hal etish Oldingi tahrirga qarang. Fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi nizolar qonunchilikka muvofiq hal etiladi. (34-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 35-modda. Fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha javobgarlik Oldingi tahrirga qarang. Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun o‘z vaqtida haq to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘z mol-mulki bilan javob beradi. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi. Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. (35-moddaning birinchi — uchinchi qismilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 61.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling