STRIVE
POSITIVE
INSIST
Ta’limda innovatsiyalarni qo’llash metodikasi fani
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute “Maktabgacha ta’lim”kafedrasi o’qituvchisi Ermatova Mehriniso Bekmurodovna
LOGO
https://www.PPTXTEMPLATES.com
Nazorat savollari
Job overview
Ta’lim
tizimining modernizasiyasi nima?
Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi
Ta’lim tizimining modernizasiyalashda qanday ustuvor vazifalar hal qilinadi:
Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish
Aniqlashtirlgan o’quv maqsadlarini shakllantirish
O’quv jarayonini tashkil etish yo’llari
O’quv maqsadlariga erishish monitoringini loyihalashtirish
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini shakllantirish .O’quv maqsadiga erishilganligini tekshirish uchun ishonchli usul bo’lgandagina, pedagogda uni baholash imkoniyati tug’iladi.
Aynan shu bilan, ya’ni aniq qo‘yilgan maqsad va maqsadga erishilganligini baholashning ishonchli usul mavjudligi bilan, pedagogik texnologiya an’anaviy pedagogikadan ajralib turadi. O‘quv fanlarining an’anaviy o‘quv dasturlarda maqsadlar odatda «tushunmoq», «o‘zlashtirmoq» kabi fe’llarni qo‘llab umumiy ifodalanadi. Aniq qo‘yilmagan maqsadlarga erishilganligini baholash imkoniyati bo‘lmaydi.
Pedagoglar maqsadlarni odatda qo‘yidagicha qo‘yadilar (M.V.Klarin bo‘yicha)
O‘quv maqsadlarini talabaning ichki rivojlanish (aqliy, hissiy, shaxsiy…) jarayonlari orqali aniqlash. O‘quv maqsadini talabalar faoliyati asosida belgilash. O‘quv maqsadini bunday qo‘yganda, darsni rejalashtirish va aniqligi nazarda tutiladi. Ammo bunda ham eng muhim narsa, kutilajak natija hisobga olinmaydi.
O‘quv maqsadini o‘rganiladigan mazmun orqali aniqlash. O‘quv maqsadini bu usulda qo‘yish bilimning fan mazmuniga yo‘naltirilganligidan darak beradi.
O‘quv maqsadini pedagog faoliyati orqali aniqlash, o‘quv maqsadini bu usulda qo‘yilganida, pedagog diqqat markaziga o‘z faoliyatini qo‘yadi.
Pedagogik texnologiya negizida aniq qo‘yilgan maqsadlarga ketma-ket yo‘naltirish, yaxlit o‘quv jarayonini qamrab olgan tezkor aloqa va talaba xatti-harakati orqali o‘qitish yotadi.
Job overview
Talabalar xatti-harakati orqali o‘qitish – pedagogik texnologiyalar falsafasining negizidir.
Pedagogik texnologiyada o‘quv maqsadlarni qo‘yish usuli, bu o‘quv maqsadlarining talaba xatti-harakatlari bilan ifodalangan o‘quv natijalari orqali shakllantirishdan iboratdir.
Bunda pedagog yoki boshqa ekspert talaba xatti-harakatini aniq ko‘rishi yoki o‘lchashi mumkin. Talabalar xatti-harakatlari orqali ifodalangan rejalashtirilgan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishni qayta takrorlanish imkoniyat yaratish uchun, o‘quv maqsadlari shundan aniq qo‘yilishi kerakki, unga erishilganligini ikkilanmasdan aniqlash mumkin bo‘lsin.
Ba’zan ularni identifikatsion o‘quv maqsadlari deb ham ataydilar. Maqsadni to‘la identifikatsiya qilish g‘oyasi asosida, talabalar faoliyatini an’anaviy umumiy qilib emas, balki aniq kuzatiladigan, o‘lchamli qilib ifodalash nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |