Denov tadbirkorlikva pedagogika instituti


YAPONIYA XUDUDIDAGI QADIMIY SHAHARLAR


Download 174.5 Kb.
bet3/6
Sana05.05.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1426828
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YAPONIYA muhayyo

1.2 YAPONIYA XUDUDIDAGI QADIMIY SHAHARLAR
Yaponiya hududida qadimiy odamizlari paleolit davriga oid. taxminan mil. av. 8000—300 yillarda neolit davri madaniyati — dzyomon (idishlarga bitilganipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud boʻlgan. Oʻsha davr moddiy yodgorliklarini oʻrganish Yaponiyaning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Sharqiy Osiyodan kirib borganini koʻrsatadi. Mil.av. 2-ming yillikmobaynida jan. moʻgʻul tipidagi qabilalar kelgan. Mil.av. 1 ming yillikarafasida Yaponiyada asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnikaholi tarkib topdi. Mil.av. 5—4-asrlarda dehqonchilik, chorvachilikrivojlangan, metall qurollar qoʻllanilgan. Mil.ning boshlaridaijtimoiy tabaqalanish kuchaydi; qulchilikpaydoboʻldi. 4-asr oʻrtalarida tashkil topgan yirikqabilalarittifoqi — Yamatoasosidailkyapon davlati tarkib topdi. 5-asrdaniyeroglif yozuvi, 6-asrdan buddizm tarqaldi. Yamatohukmdorlari tashqi aloqalarda "tenno" unvonini qoʻllay boshlagan. Bu unvon hozirgacha ham saqlangan va Yevropa tillariga "imperator" soʻzi bilan tarjima qilinadi. 646 yil yer davlat mulki deb eʼlon qilindi, aholi esa davlat chekyerlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlarzodagonga qaram dehqonlar bilan tenglashtirildi.
Xitoydagi Tan davlati tipida markaziy maʼmuriyat tuzildi. 710 yilda birinchi doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794 yilda poytaxt Kioto(Xeyan)ga koʻchirildi. 8-asrda mamlakat jan.dagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi. 10-asrda davlat chekyer egaligi tizimi barham topib, aslzoda vaibodatxonalarning yermulklari (syoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi. 11-asrdan sardorlar boshchiligida harbiyzodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi. 12-asrning oʻrtalarida Xonsyudan shim.sharqda Minamoto, jan.gʻarbda
Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning oʻzarokurashi 1185 yilda Tayraning magʻlubiyati bilan tugadi. 1192 yilda shim.sharqliklar oʻz sardorlari YoritomoMinamotoni syogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb eʼlon qildilar.imperator sulolasi syogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy boʻlishini kafolatlab turish uchun nomigagina saklab qolindi. Qarorgohi Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar (ular maʼmuriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch boʻldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardaniborat edi.
Xitoy va Koreyanizabt etgan moʻgʻullar 1274 va 1281 yillarda Yaponiyaga qarshi ekspeditsiyalar uyushtirdilar, lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydoboʻlgan kuchli tayfun moʻgʻul qoʻshinlarini halokqildi. Yaponiya tarixida bu tayfun "kamikaze" ("ilohiy shamol") nomini oddi. 13-asrdan savdova hunarmandchilikkorporatsiyalari (dza) soni orta boshladi. 14—16-asrlarda syoendan yirikzamindorlik— knyazlikka oʻtildi. 15—16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. 1485—93 yillarda boʻlib oʻtgan Yamashiroqoʻzgʻoloni ulardan eng yirigi edi. 15—16-asrlarda Yaponiya bilan Xitoy va Koreya oʻrtasida savdosotiq avj oldi. 16-asrning oʻrtalaridan Yaponiyaga kirib kelgan yevropalikmissionerlar xristianlikni tarqata boshladilar. 1603 yilieyasu Tokugava (1542—1616) syogun deb eʼlon qilindi va uning qarorgohi Edo(hoz. Tokio)ga koʻchirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867 yilgacha boshqardi. Ularning hukmronligi davrida Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qatʼiy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar)ni oʻrnatdi. Tokugava hukumatining yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlikxalq harakatining mafkurasiga aylanayotganligiga qarshi qator tadbirlarni koʻrishi natijasida Yaponiya qariyb 2,5 asr mobaynida "yopiq" davlatga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat mustamlaka boʻlishdan saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlari Tokugavalar Yaponiyasi uchun eng yuksalish davri boʻddi.
Bu davrda aholining savodxonlikdarajasi jahon miqyosida hamilgʻor oʻringa chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydoboʻla boshladi. 1854—58 yillarda AQSH, BuyukBritaniyaFransiya bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga koʻra, Yaponiya oʻz holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur boʻldi va suvereniteti cheklangan holda jahon bozoriga qoʻshildi. 1867—68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar kambagʻallari, savdosanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi baʼzi yirikzodagonlardaniborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi. Natijada burjuainqilobi — Meydziisin sodir boʻldi, syogun hukumati agʻdarildi va hokimiyatimperator Mutsuxito(1867—1912 ylarda hukmronlikqilgan) qoʻliga oʻtdi. Shu davrdan boshlab Yaponiyaimperator va uning hukumati boshchiligida tubijtimoiysiyosiy vaiqtisodiyislohotlar yoʻliga oʻtib, tezlashgan modernizatsiya orqali gʻarb davlatlari darajasiga yetishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi.
1869-yilda poytaxt rasman Tokioga koʻchirildi. 1871—72 yillarda knyazliklar tugatilib, oʻrniga prefekturalar tashkil etildi, avvalgi 4 tabaqa oʻrniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiqzodagon knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barcha sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga savdosanoat korchalonlari ham kiritildi)] taʼsis etildi. Barcha tabaqalarning tengligi, kasb tanlash va mamlakat boʻylab koʻchib yurish erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 —73 yillarda oʻtkazilgan yerislohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar qoʻliga oʻtdi. 1873 yildan mamlakatda yil sanasini belgilashdaimperator hukmronlikqilgan davr nomi bilan bir qatorda grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879 yil birinchi siyosiy partiya tuzildi. 1868—85 yillarda xususiy sarmoya yordamida q.x. xom ashyosigaishlov beradigan 1300 korxona qurildi. 1889-yilimperatorga mutlaq vakolatlar beruvchi konstitutsiya qabul qilindi, 1890 yilda parlament taʼsis etildi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yaponiyaning hukmron doiralari agressiv tashqi siyosat tuta boshlab, 1894 yilda Koreyada qoʻtarilgan dehqonlar qoʻzgolonini bostirish niqobi ostida u yerga qoʻshin yubordi va Xitoy bilan boʻlgan urush (1894—95) natijasida Tayvan va Penxuledaoo.larini, rusyapon urushi (1904—05) oqibatida esa Shim. Saxalinni egalladi. Yaponiya va BuyukBritaniya oʻrtasida 1902, 1905 va 1911 yillardaimzolangan shartnomalar asosida oʻzarohamkorlikharbiy-siyosiyittifoq darajasiga qoʻgarildi vaikki tomon Koreya hamda Xitoyda oʻz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910 yil avg .da Yaponiya Koreyani oʻz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boshqa r-nlarini oʻz taʼsir doirasiga kiritdi.
1-jahon urushi boshlanishidan Yaponiya hukmron doiralari Uzoq Sharqdagi oʻz mavqelarini yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun foydalandilar. 1914 yil 23 avg .da Yaponiya Olmoniyaga qarshi urush ochdi va oktyabrda Olmoniyaga qarashli Marshall, Mariana, Karolina o.larini, shuningdek, Xitoyning Shanʼdun provinsiyasini u yerda Olmoniyaijaraga olgan hudud bilan birga bosib oldi. Yaponiyaning mustamlakachiliksiyosati kuchayib 1918—22 yillarda Uzoq Sharqdagi Rossiyaga qarashli bir qancha oʻlkalarniishgʻol etib turdi. 1920 yildan Yaponiyaiqtisodiyotida tushkunlikboshlanib, u 1925 yilgacha davom etdi. 1925 yil 20 yanv. dan Yaponiya bilan sobiq SSSR oʻrtasida oʻzaromunosabatlarning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida Pekin konvensiyasiimzolandi. 1926 yil 25 dek.da Yaponiya taxtigaimperator Hirohito(1901—89) oʻtirdi. 1929—33 yillarda boʻlgan jahoniqtisodiyinqirozi natijasida vujudga kelgan holatda Yaponiyada harbiyfashistikdiktatura oʻrnatishgaintiluvchi oʻta reaksion "yosh ofitserlar" guruhi faollashdi. 1931 yil Yaponiya Manjuriyani bosib olishga kirishdi. 1933—36 yillarda Xitoyga qarshi agressiyani kuchaytirdi. 1936 yil 25 noyab.da Yaponiya fashistlar Germaniyasi bilan "Antikomintern pakti"niimzoladi. 1937 yiliyulda Xitoyni bosib olish uchun urush boshladi va 1938 yil uning butun sharqiy qismini bosib oldi. Yaponiya qoʻshinlari shoʻroarmiyasi tomonidan Hasan koʻli yonida (1938) va XalxinGol jangi (1939)da tormor keltirilgach, Yaponiya hukumati Yevropa davlatlari va AQSH ning Janubiy Sharqiy Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilishga oʻtdi. 1940 yil Hindixitoyning shim. qismini bosib oldi. Shu yil 27 sentyabrda Olmoniya,italiya va Yaponiya oʻrtasida "Uchlar pakti"imzolandi. 2-jahon urushida Olmoniya va Italiyaittifoqchisi sifatida qatnashdi.
1941-yil 7 dek.da Yaponiya AQShning PyorlXarbordagi harbiy bazasiga hujum qilishi bilan 2-jahon urushiga kirdi. 1942 yilYaponiyaimperiyasi BuyukBritaniya va Fransiyaning Janubiy Sharqiy Osiyodagi koʻplab mustamlakalarini egallab ulkan hududni oʻz nazoratiga oldi. Ammo1943 yildan egallagan hududlarini yoʻqota boshladi. 1945 yil AQSH harbiyhavokuchlari Yaponiyaning Hiroshima (6 avg .) va Nagasaki (9 avg .) shahrilariga atom bombasi tashladi. Sovet hukumati 1945 yil 9 avg .da Yaponiyaga qarshi Manjuriya strategikoperatsiyasini boshladi. 1945 yil 2 sentyabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻlganligi toʻgʻrisidagi aktgaimzochekdi va uning hududiniittifoqchilar nomidan AQSH qoʻshinlari okkupatsiya qildi. 1946—48 yillarda boʻlib oʻtgan Tokiosud jarayonida asosiy yapon harbiy jinoyatchilari jazoga tortildi.
Urushdan soʻng Yaponiyada tub siyosiy vaijtimoiyiqgisodiyislohotlar oʻtkazilib, qurolli kuchlar va oʻng tashkilotlar tarqatib yuborildi, dvoryan yer egaligi tugatildi, avvalgi monopolistikkonsernlar qayta tashkil etildi. 1947 yilgi konstitutsiyaga binoan mamlakat xalqaromojarolarni qurol kuchi bilan hal qilishdan va shu maqsadda qurolli kuchlar tuzishdan voz kechdi.
1951 yil 8 sentyabrda Yaponiya bilan AQSH, BuyukBritaniya, Fransiya va boshqalar davlatlar oʻrtasida SanFransiskosulh shartnomasiimzolanib, mamlakat suvereniteti tiklandi hamda Yaponiya bosib olgan barcha mustamlakalaridan voz kechdi. Shu yili Yaponiya bilan AQSH oʻrtasidaimzolangan xavfsizlikni kafolatlash toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra, Yaponiyada AQSH harbiy bazalari joylashtirildi. 1956 yil 19 oktyabrda SSSR bilan Yaponiya oʻrtasida urush holatiga barham berish, diplomatiya munosabatlarini tiklash toʻgʻrisida qoʻshma bayonotimzolandi.
1950-y.lar boshidan Yaponiyaiqtisodiyoti tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1960-y.larning oxiriga kelib "yapon moʻʼjizasi" atamasi paydoboʻldi va u yalpi milliy mahsulot va sanoatishlab chiqarish hajmi boʻyicha kapitalistikdunyoda 2-oʻringa chiqdi. 1990-y.larda Yaponiya jahon miqyosidagi eng katta sarmoyador davlatga aylandi. Yaponiya — 1956 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 23 dek. —imperator tugʻilgan kun (1933). OʻzR suverenitetini 1991 yil 28 dek.da tan olgan va 1992 yil 26 yanv.da diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Liberaldemokratikpartiya, 1955 yil asos solingan; Yaponiya demokratikpartiyasi, 1996 yil tuzilgan; Yangi Komeytopartiyasi, 1964 yil tashkil etilgan; Yaponiya Sotsialdemokratikpartiyasi, 1945 yil asos solingan; Yaponiya Kommunistikpartiyasi, 1922 yil tashkil etilgan; Yangi konservativ partiya, 2002 yil tuzilgan. Yaponiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi — Sinrengo, 1989 yil 21 noyab.da Yaponiya kasaba uyushmalari Bosh kengashi (1950 yil tuzilgan) va Umumyapon xususiy korxonalar xodimlari kasaba uyushmasi (1987 yil tashkil etilgan)ning qoʻshilishi natijasida tuzilgan.



Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling