Denov tadbirkorlikva pedagogika instituti


YAPONIYA VA TARIXIY RIVOJLANISHI, BUGUNGI KUNDA


Download 174.5 Kb.
bet5/6
Sana05.05.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1426828
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YAPONIYA muhayyo

2.2 YAPONIYA VA TARIXIY RIVOJLANISHI, BUGUNGI KUNDA
YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, tinch okeandagi Orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin Orol bo’lib, shimoli sharqdan Janubi g’arbga qariyb 3,5 ming kilometrga cho’zilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shimoldan Oxota dengizi, Sharq va Janubi sharqdan tinch okean, g’arbdan Yapon va Sharqiy xitoy dengizlari bilan o’ralgan. Maydoni 377,8 ming kilometr kvadrat. Aholisi 127,8 million kishi (2004). Poytaxti — Tokio shahri. Yaponiya ma’muriy jihatdan 47 prefekturaga bo’linadi. Davlat tuzumi. Yaponiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi Konstitutsiyasi 1947 yil 3 mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshlig’i — imperator (1989 yildan Akixito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga ko’ra, u “davlat va xalq birligi ramzi”dir. Imperator oilasining yer a’zolari imperatorlik taxti uchun merosxo’r hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador bo’lgan har qanday faoliyati Vazirlar Mahkamasi maslahati va ma’qullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar Mahkamasi) amalga oshiradi. Tabiati. Yaponiya mo’tadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirg’oq chizig’ining umumiy uzunligi 30 ming kilometrga yaqin. Xonsyu orolining Janub sohili, Sekoku va Kyusyu orollarining qirg’oqlarida qo’ltiq ko’p; bu yerda murakkab qirg’oq chizig’iga ega bo’lgan ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning Janub orollari marjon riflari bilan o’ralgan. Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va tog’lardan iborat; pasttekisliklar sohil bo’ylab ayrim-ayrim joylashgan. Xokkaydo oroldagi tizmalarning ba’zi cho’qqilari 2000 metrdan oshadi (Asaxi cho’qqisi — 2290 metr). Xonsyu orolining shimol qismida 3 ta bo’ylama tog’ tizmalari bo’lib, ular vodiy va soyliklar bilan bo’lingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, ya.dagi eng baland vulkan — Fudziyama (balandligi 3776 metr) qad ko’targan. Xonsyu orolining Markaziy qismidagi tizmalarning cho’qqilari Alp tselefli va yilning ko’p qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku orolining eng baland joyi 1981 metr (Isidzuti cho’qqisi), Kyusyu orolniki 1788 metr (Kudzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar bo’lgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi so’nmagan. Vulkanli rayonlarda mineral va termal buloqlar ko’p. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan ko’mir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganes, qo’rg’oshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, Kaolin, talk va simob konlari mavjud. Iqlimi mussonli, shimolda mo’tadil, Janubda subtropik, Ryukyu orollarida asosan tropik iqlim. Xokkaydo orolda, Sapporoda yanvarning o’rtacha temperaturasi -5°, iyulniki 22°, Okinavada yanvarning o’rtacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson металлопрокат в ассортименте hududiga sovuq havo olib keladi va ko’p yog’in keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun bo’ladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, o’rtacha yillik yog’in 1800 millimetr; Xokkaydo orolining sharqida yillik yog’in 800-1200 millimetr, Sekoku va Kyusyu orollarida 3000 millimetr, ba’zi joylarda 4000 millimetrgacha. Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining uzunligi 200 kilometrdan oshadi, jumladan, Sinano daryosining uzunligi 367 kilometr. Tayfun vaqtida daryolar toshadi. Ko’pgina daryolarning suvi sug’orishga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda ko’l ko’p va ular ichimlik suvi manbai bo’lib xizmat qiladi. Eng katta ko’l — Biva (maydoni 670,2 kilometr kvadrat, chuqurligi 103,8 metr). Tuproqlari shimolda podzol va o’tloqibotqoq, Janubda qo’ng’ir o’rmon, subtropik va tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda Allyuvial tuproqlar tarqalgan. Yaponiya hududining 67% o’rmon va butazorlardan iborat; o’rmonlarining 41,4% ekib o’stirilgan. Jami 700 turdan ko’p daraxt va buta hamda 5599 tur o’t o’simligi o’sadi. Endemik o’simlik ko’p. O’rmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.8 Yaponiyada sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirg’oqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning 3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi. Aholisining 99% dan ko’pi yaponlar. Xokkaydo orolda mamlakatning eng qadimiy aholisi — aynlar (50 ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys, Xitoy va boshqalar yashaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va daosizm aqidalari katta ta’sirga ega. Xristianlik, Islom va hinduizmga e’tiqod qiluvchilar ham mavjud. Xristianlik 16-asr o’rtalaridan, Islom 19-asr oxiridan kirib borgan; xristianlar 1,5 millionga yaqin, musulmonlar 100 ming kishi chamasida. 1935 yil Tokio va Kobe shahrilarida dastlabki masjidlar qurilgan. 1956 yildan Yaponiya Musulmonlar uyushmasi va 1966 yildan Yaponiya Islom markazi mavjud. Aholining 77% shaharlarda yashaydi (2002). Yirik shaharlari: Tokio, Yokoxama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto. Tarixi. Yaponiya hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid. Taxminan miloddan avvalgi 8000-300 yillarda neolit davri madaniyati — dzyomon (idishlarga bitilgan ipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud bo’lgan. O’sha davr moddiy yodgorliklarini o’rganish Yaponiyaning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Sharqiy Osiyodan kirib borganini ko’rsatadi. Miloddan avvalgi 2-ming yillik mobaynida Janub mo’g’ul tipidagi qabilalar kelgan. Miloddan avvalgi 1 ming yillik arafasida Yaponiyada asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnik aholi tarkib topdi. Miloddan avvalgi 5-4-asrlarda dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan, metall qurollar qo’llanilgan. Milodning boshlarida ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi; qulchilik paydo bo’ldi. 4-asr o’rtalarida tashkil topgan yirik qabilalar Ittifoqi — Yamato asosida ilk yapon davlati tarkib topdi. 5-asrdan ieroglif yozuvi, 6-asrdan buddizm tarqaldi. Yamato hukmdorlari tashqi aloqalarda “tenno” unvonini qo’llay boshlagan. Bu unvon hozirgacha ham saqlangan va Yevropa tillariga “imperator” so’zi bilan tarjima qilinadi. 646 yil yer davlat mulki deb e’lon qilindi, aholi esa davlat chek erlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlar zodagonga qaram dehqonlar bilan tenglashtirildi. Xitoydagi tan davlati tipida Markaziy ma’muriyat tuzildi. 710 yilda birinchi doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794 yilda poytaxt Kioto (Xeyan)ga ko’chirildi. 8-asrda mamlakat Janubdagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi. 10-asrda davlat chek yer egaligi tizimi barham topib, aslzoda va ibodatxonalarning yer-mulklari (syoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi. 11-asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi. 12-asrning o’rtalarida Xonsyudan shimoli Sharqda Minamoto, Janubi g’arbda Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning o’zaro kurashi 1185 yilda Tayraning mag’lubiyati bilan tugadi. 1192 yilda shimoli sharqliklar o’z sardorlari Yoritomo Minamotoni syogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb e’lon qildilar. Imperator sulolasi syogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy bo’lishini kafolatlab turish uchun nomigagina saqlab qolindi. Qarorgohi Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar (ular ma’muriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch bo’ldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi. Xitoy va Koreyani zabt etgan mo’g’ullar 1274 va 1281 yillarda Yaponiyaga qarshi ekspeditsiyalar uyushtirdilar, lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydo bo’lgan kuchli tayfun mo’g’ul qo’shinlarini halok qildi. Yaponiya Tarixida bu tayfun “kamikadze” (“ilohiy shamol”) nomini oldi. 13-asrdan savdo va hunarmandchilik korporasiyalari (dza) soni orta boshladi. 14-16-asrlarda syoendan yirik zamindorlik — knyazlikka o’tildi. 15-16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qo’zg’olonlari bo’lib turdi. 1485-93 yillarda bo’lib o’tgan Yamasiro qo’zg’oloni ulardan eng yirigi edi. 15-16-asrlarda Yaponiya bilan Xitoy va Koreya o’rtasida savdosotiq avj oldi. 16-asrning o’rtalaridan Yaponiyaga kirib kelgan yevropalik missionerlar xristianlikni tarqata boshladilar. 1603 yil Ieyasu Tokugava (1542-1616) syogun deb e’lon qilindi va uning qarorgohi Edo (hozirgi Tokio)ga ko’chirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867 yilgacha boshqardi. Ularning hukmronligi davrida Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qat’iy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (Samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar) ni o’rnatdi. Tokugava hukumatining Yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlik xalq harakatining mafkurasiga aylanayotganligiga qarshi qator tadbirlarni ko’rishi natijasida Yaponiya qariyb 2,5 asr mobaynida “yopiq” davlatga aylandi. Shu yo’l bilan mamlakat mustamlaka bo’lishdan saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlari Tokugavalar Yaponiyasi uchun eng yuksalish davri bo’ddi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilg’or o’ringa chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydo bo’la boshladi. 1854-58 yillarda AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga ko’ra, Yaponiya o’z holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur bo’ddi va suvereniteti cheklangan holda jahon bozoriga qo’shildi. 1867-68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar kambag’allari, savdo-sanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi ba’zi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi. Natijada burjua inqilobi — Meydzi isin sodir bo’ldi, syogun hukumati ag’darildi va hokimiyat imperator Musuxito (1867-1912 yillarda hukmronlik qilgan) qo’liga o’tdi. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo’liga o’tib, tezlashgan modernizatsiya orqali G’arb davlatlari darajasiga etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.9 1869 yilda poytaxt rasman Tokioga ko’chirildi. 1871-72 yillarda knyazliklar tugatilib, o’rniga prefekturalar tashkil etildi, avvalgi 4 tabaqa o’rniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiq Zodagon knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barcha sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga savdosanoat korchalonlari ham kiritildi)] ta’sis etildi. Barcha tabaqalarning tengligi, kasb tanlash va mamlakat bo’ylab ko’chib yurish erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 -73 yillarda o’tkazilgan yer islohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar qo’liga o’tdi. 1873 yildan mamlakatda yil sanasini belgilashda imperator hukmronlik qilgan davr nomi bilan bir qatorda Grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879 yil birinchi siyosiy partiya tuzildi. 1868-85 yillarda xususiy sarmoya yordamida qishloq xo’jaligi xom ashyosiga ishlov beradigan 1300 korxona qurildi. 1889 yil imperatorga mutlaq vakolatlar beruvchi Konstitutsiya qabul qilindi, 1890 yilda parlament ta’sis etildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yaponiyaning hukmron doiralari agressiv tashqi siyosat tuta boshlab, 1894 yilda Koreyada qo’tarilgan dehqonlar qo’zgolonini bostirish niqobi ostida u yerga qo’shin yubordi va Xitoy bilan bo’lgan urush (1894-95) natijasida Tayvan va Penxuledao orollarini, rusyapon urushi (1904-05) oqibatida esa shimol Saxalinni egalladi. Yaponiya va Buyuk Britaniya o’rtasida 1902, 1905 va 1911 yillarda imzolangan shartnomalar asosida o’zaro hamkorlik harbiy-siyosiy ittifoq darajasiga ko’tarildi va ikki tomon Koreya hamda Xitoyda o’z mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910 yil avgustda ya. Koreyani o’z mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boshqa rayonlarini o’z ta’sir doirasiga kiritdi. 1-jahon urushi boshlanishidan Yaponiya hukmron doiralari uzoq Sharqdagi o’z mavqelarini yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun foydalandilar. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush ochdi va oktyabrda Germaniyaga qarashli Marshall, Mariana, Karolina orollarini, shuningdek, Xitoyning Shan’dun Provintsiyasini u yerda Germaniya ijaraga olgan hudud bilan birga bosib oldi. Yaponiyaning mustamlakachilik siyosati kuchayib 1918-22 yillarda uzoq Sharqdagi Rossiyaga qarashli bir qancha o’lkalarni ishg’ol etib turdi. 1920 yildan Yaponiya iqtisodiyotida tushkunlik boshlanib, u 1925 yilgacha davom etdi. 1925 yil 20 yanvardan Yaponiya bilan sobiq SSSR o’rtasida o’zaro munosabatlarning asosiy tamoyillari to’g’risida Pekin konventsiyasi imzolandi. 1926 yil 25 dekabrda Yaponiya taxtiga imperator Xiroxito (1901-89) o’tirdi. 1929-33 yillarda bo’lgan jahon iqtisodiy inqirozi natijasida vujudga kelgan holatda Yaponiyada harbiyfashistik diktatura o’rnatishga intiluvchi o’ta reaktsion “yosh ofitserlar” guruhi faollashdi. 1931 yil Yaponiya Manjuriyani bosib olishga kirishdi. 1933-36 yillarda Xitoyga qarshi agressiyani kuchaytirdi.10 1936 yil 25 noyabrda ya. fashistlar Germaniyasi bilan “Antikomintern pakti”ni imzoladi. 1937 yil iyulda Xitoyni bosib olish uchun urush boshladi va 1938 yil uning butun Sharqiy qismini bosib oldi. Yaponiya qo’shinlari sho’ro armiyasi tomonidan Hasan ko’li yonida (1938) va Xalxingol jangi (1939)da tormor keltirilgach, Yaponiya hukumati Yevropa davlatlari va AQSh ning Janubiy Sharqiy Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilishga o’tdi. 1940 yil Hindixitoyning shimol qismini bosib oldi. Shu yil 27 sentyabrda Germaniya, Italiya va Yaponiya o’rtasida “Uchlar pakti” imzolandi. 2-jahon urushida Germaniya va Italiya ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1941 yil 7 dekabrda Yaponiya AQShning Pyorl- Xarbordagi harbiy bazasiga hujum qilishi bilan 2-jahon urushiga kirdi.

XULOSA
Qadimda Yapon arxipelagi orollarining asosiy aholisi Kumaso va Ebisu qabilalari bo’lgan. So’ngra bir necha asrlar mobaynida yapon orollariga Xitoy qabilalari, shuningdek Indoneziya, Koreya, Xindixitoy sohillari va Tinch okean orollaridan boshqa qabilalar ko’chib o’tgan. Mahalliy aholi va ko’chkindilarning Mil. III asrda aralashuvi natijasida Yaponiyada yapon xalqi vujudga kelgan, u yapon millatining asosini tashkil etgan. Orollarda ayrim qabila va urug’lar o’rtasida hukmronlik qilish uchun shafqatsiz kurash borgan. g’olib chiqqan urug’lar tobe etilgan qabilalar bilan birgalikda qabila ittifoqi—kelgusidagi davlatlarning namunasini tuzganlar. Eng kuchli urug’ boshlig’i—sumg’rash, ya’ni, podsho, imperator degan unvonini olgan. U bu qit’ada butun hokimiyatni to’plab, ayni paytda yo’lboshchi, oliy qumondon, bosh sudya va kohin bo’lgan. Keyinchalik Yaponiya imperatorlari o’zlarining sulolalri quyosh ma’budasi Amaterasudan tarqalgan deb hisoblashgan, u yaponlar davlatining homiysi hisoblangan. Shuning uchun Yaponiyani “chiqayotgan quyosh mamlakati” deb atashadi. Milodning dastlabki asrlarida Yaponiyaning doimiy poytaxti bo’lmagan, shuning uchun har bir imperator o’z istagiga ko’ra uni boshqalarga ko’chirgan. 3-asr oxiriga kelib Yamato tekisligidagi qabila boshliqlaridan biri mamlakat hududining katta qismini tobe etib, Yaponiya tarixida birinchi davlatni barpo qilgan . Teklashi nomi bilan davlat va Yaponiyaning qadimgi xalqi Yamato nomini olgan. Bu davlat poytaxti kichik Nara shahri bo’lgan. Biroq keyinchalik poytaxt bir necha marta boshqa yerlarga ko’chgan. IV—V asrlarda Yamato davlati kuchaygan va Koreyaning sohilbo’yi rayonlariga hujum uyushtira boshlagan. Yamato davlatida dehqonchilik va hunarmandchilikning tez rivojlanishi kuzatilgan. Boshqa mamlakatlar, avvalo Xitoy va Koreya bilan savdo aloqalari kengaygan. V asrda maxsus gavan—Naniva (hozirgi Osaka) qurilgan. Sinteizm yapon xalqining hukmron diniga aylangan. Bu so’z “xudolar yo’li” ma’nosini anglatadi. U Xitoydagi konfusiylik ta’siri ostida vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Ularni ajdodlar ruhiga sig’inish va tabiat kuchlarini ilohiylashtirish birlashtirib turgan. Sintoizm urug’chilik tuzumi dini bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan u ko’zga ko’rinib qolgan feodal zodagonlarning manfaatlariga javob bermaydigan bo’lib qolgan. Buddizmda axilis ta’limoti bo’lib, unga ko’ra tirik jonzotlarga jabr etkazish man qilingan. U feodallarni qoniqtirgan, zero uning yordamida isyonlarni qoralash va dehqonlarni itoatda tutib turish mumkin edi. Ayni vaqtda buddizmda fuqarolar yagona monarx oldida teng ekanliklari aytilshan, bu esa yagona davlat tuzish ehtiyojlariga mos kelgan. Buddizm Yaponida 552 yildan tarqala boshlagan, shu yili koreys qirolliklaridan biri Yaponiyaga ruhoniylar, muqaddas kitoblar va Budda tasvirini yuborgan.



Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling