Denov tadbirkorlikva pedagogika instituti


Download 174.5 Kb.
bet1/6
Sana05.05.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1426828
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YAPONIYA muhayyo


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

DENOV TADBIRKORLIKVA PEDAGOGIKA INSTITUTI


Filologiya fakulteti


“Osiyoxalqlari tarixi” FANIDAN
kurs ishi

Mavzu: Osiyoxalqlari tarixidan


Yaponiyaning qadimgi va órta asrlar tarixi

Bajardi: “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabasi Berdimurodova Muhayyo




Ilmiy rahbar: Mengliboyev Akmal
Annotatsiya: Ushbu kursishi Eron hududidagi eng qadimgi davlatlarning yuksalishi, rivojlanish bosqichlari, tarixi va hududlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib beradi.
Denov-2022
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………..…………………………
I-bob ILK O‘RTA ASRLARDA YAPONIYA MADANIYATI……..............

    1. ILK O‘RTA ASRLARDA YAPONIYA ……………………………………...

    2. YAPONIYA XUDUDIDAGI QADIMIY SHAHARLAR……………………

II-bob O’RTA ASRLAR YAPONIYA MADANIYATI……………………..
2.1 O’RTA ASRLAR YAPONIYA……………………………………………….
2.2 YAPONIYA VA TARIXIY RIVOJLANISHI, BUGUNGI KUNDA………
XULOSA……………………..................................................……..........................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……….......…......................


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yaponiya hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid. taxminan mil. av. 8000—300 yillarda neolit davri madaniyati — jomon (idishlarga bitilgan ipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud boʻlgan. Oʻsha davr moddiy yodgorliklarini oʻrganish Yaponiyaning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Sharqiy Osiyodan kirib borganini koʻrsatadi. Mil.av. 2-ming yillik mobaynida janubiy moʻgʻul tipidagi qabilalar kelgan. Mil.av. 1 ming yillik arafasida Yaponiyada asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnik aholi tarkib topdi. Mil.av. 5—4-asrlarda dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan, metall qurollar qoʻllanilgan. Mil.ning boshlarida ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi; qulchilik paydo boʻldi. 4-asr oʻrtalarida tashkil topgan yirik qabilalar ittifoqi — Yamato asoshida ilk yapon davlati tarkib topdi. 5-asrdan iyeroglif yozuvi, 6-asrdan buddizm tarqaldi. Yamato hukmdorlari tashqi aloqalarda "tenno" unvonini qoʻllay boshlagan. Bu unvon hozirgacha ham saqlangan va Yevropa tillariga "imperator" soʻzi bilan tarjima qilinadi. 646 yil yer davlat mulki deb eʼlon qilindi, aholi esa davlat chek yerlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlar zodagonga qaram dehqonlar bilan tenglashtirildi. Xitoydagi Tan davlati tipida markaziy maʼmuriyat tuzildi. 710 yilda birinchi doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794 yilda poytaxt Kioto (Heyan)ga koʻchirildi. 8-asrda mamlakat janubidagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi. 10-asrda davlat chek yer egaligi tizimi barham topib, aslzoda va ibodatxonalarning yermulklari (shoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi. 11-asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi.1 12-asrning oʻrtalarida Honshudan shimoli-sharqda Minamoto, janubi-gʻarbda Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning oʻzaro kurashi 1185-yilda Tayraning magʻlubiyati bilan tugadi. 1192-yilda shimoli-sharqliklar oʻz sardorlari Yoritomo Minamotoni shogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb eʼlon qildilar. Imperator sulolasi shogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy boʻlishini kafolatlab turish uchun nomigagina saklab qolindi. Qarorgohi Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar (ular maʼmuriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch boʻldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi. Xitoy va Koreyani zabt etgan moʻgʻullar 1274 va 1281-yillarda Yaponiyaga qarshi ekspeditsiyalar uyushtirdilar, lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydo boʻlgan kuchli tayfun moʻgʻul qoʻshinlarini halok qildi. Yaponiya tarixida bu tayfun "kamikaze" ("ilohiy shamol") nomini oddi. 13-asrdan savdo va hunarmandchilik korporatsiyalari (dza) soni orta boshladi. 14—16-asrlarda syoendan yirik zamindorlik — knyazlikka oʻtildi. 15—16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. 1485—93 yillarda boʻlib oʻtgan Yamashiro qoʻzgʻoloni ulardan eng yirigi edi. 15—16-asrlarda Yaponiya bilan Xitoy va Koreya oʻrtasida savdosotiq avj oldi. 16-asrning oʻrtalaridan Yaponiyaga kirib kelgan yevropalik missionerlar xristianlikni tarqata boshladilar. 1603-yil Ieyasu Tokugava (1542—1616) syogun deb eʼlon qilindi va uning qarorgohi Edo (hoz. Tokio)ga koʻchirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867-yilgacha boshqardi. Ularning hukmronligi davrida Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qatʼiy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar)ni oʻrnatdi. Tokugava hukumatining yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlik xalq harakatining mafkurasiga aylanayotganligiga qarshi qator tadbirlarni koʻrishi natijasida Yaponiya qariyb 2,5 asr mobaynida "yopiq" davlatga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat mustamlaka boʻlishdan saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlari Tokugavalar Yaponiyasi uchun eng yuksalish davri boʻddi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilgʻor oʻringa chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydo boʻla boshladi. 1854—58 yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga koʻra, Yaponiya oʻz holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur boʻddi va suvereniteti cheklangan holda jahon bozoriga qoʻshildi. 1867—68 yillarda Yaponiyada dehqonlar,2 shahar kambagʻallari, savdosanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi. Natijada burjua inqilobi — Meyji isin sodir boʻldi, shogun hukumachi agʻdarildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qoʻliga oʻtdi. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy islohotlar yoʻliga oʻtib, tezlashgan modernizatsiya orqali gʻarb davlatlari darajasiga yetishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi.

Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling