Suitsidal xulq – atvor diagnostikasining o’ziga xos jihatlari
Shaxsdagi depressiv holatlar va suitsidal xulq – atvor belgilarini bilish sutsidal xatti – harakatlarni oldini olish va aniq tashxis qo’yib, psixologik yordam ko’rsatish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu belgilar turli yosh davrlarida ham namoyon bo’lishi mumkin.
O’z joniga qasd qiluvchilar guruhiga quyidagi shaxslarni kirishi mumkin.
shaxslararo munosabatlari buzilgan shaxslar “yolg’izlar”;
deviant va delikvent axloq bilan ajralib turuvchi, spirtli va narkotik moddalarni iste’mol qiluvchilar;
uzoq davom etayotgan depressiv holat;
o’zini – o’zi o’ta yuqori darajada tanqid qiluvchilar;
kamsitilish yoki yaqin kishisini yo’qotishdan, surunkali yoki oxiri o’lim bilan tugovchi kassaliklaridan azoblanayotganlar;
frustratsiya, kassaliklardan yoki atrofdagilarning tashlab ketganligidan azoblanuvchilar;
ijtimoiy muvaffaqiyatsiz oilalar vakillari;
suitsid sodir bo’lgan oila a’zoliari.
Suitsid asosidagi emotsional buzilish belgilari.
Ishtahaning yo’qolishi yoki ochko’zlik, oxirgi kunlardagi uyqusizlik yoki ko’p uxlash.
Somatik holatdan tez – tez arz qilish (qorin og’rig’i, bosh og’rig’i, doimiy charchoq, ko’p uxlash).
O’z tashqi ko’rinishiga nisbatan odatiy bo’lmagan befarqlik.
Doimiy yolg’izlik, kerak emaslik, aybdorlik va g’am hissi.
Avval rohat bag’ishlagan ishdan va yaqinlaridan zerikish.
Aloqalardan qochish, do’stlar va oiladan yakkalanish.
Diqqatning buzilishi, ish sifatining pasayishi.
O’lim xaqidagi fikrlarga berilish.
Kelajak rejalarining yo’qligi.
Arzimagan narsalar uchun g’azablanish.
Suitsidga tayyorgarlik belgilari.
O’z ishlarini tartibga keltirish, qimmatbaho buyumlarini tarqatish, yig’ishtirish.
Xayrlashuv. Odamlarga turli vaqtlarda ko’rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirish shaklida bo’lishi mumkin. Uzoqdagi kamdan – kam ko’rishadigan qarindoshlari yoki tanishlarini yo’qlash.
Tashqi mamnunlik, quvvatining ko’payishi. Agar o’zini o’ldirish xaqidagi qaror qabul qilingan, reja tuzilgan bo’lsa, bu xaqidagi fikrlar uni qiynamay qo’yadi, kuch – quvvat ko’payadi. Tashqi xotirjamlik – o’zini o’ldirish fikridan qaytgandek ko’rinadi. Kuch –quvvatning ko’payishi chuqur depressiyadan xavfliroq bo’lishi mumkin.
Yozuvli ko’rsatmalar (xatlarda, kundalikda).
So’zli ko’rsatmalar yoki tahdidlar.
Impulsivlik, g’azablanish.
Uyqusizlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |