Depressiya va suitsid
Ma’lumotlarni hisoblash va interpretatsiyalash
Download 1.04 Mb.
|
Depressiya va suitsid referat
Ma’lumotlarni hisoblash va interpretatsiyalash
Belgilangan raqamlar soni aniqlanib, hisoblanadi. Ular ball deb hisoblanadi. Masalan 2 javob sinaluvchi holatiga mos topilib belgilansa, 2 ball qilib belgilanadi. 1-9 depressiya yo’q yoki ahamiyatga ega emas. 10-24 minimal (biroz) depressiya. 25-44 engil depressiya. 68-87 aniq ifodalangan depressiya. 88 va undan yuqori ball, chuqur depressiya. Odamning o’zini shaxs, individual inson sifatida qidirishi va tan olishi bilan bog’liq og’ir kechinmalar depressiv holatga o’tishi mumkin, u esa o’z navbatida suitsidal istaklarni kelib chiqishiga olib keladi. Bu holat ayniqsa o’smirlik yoshiga xos bo’lib, ushbu muammonining etakchi jihati emotsional buzilishlaridir. Darhaqiqat, depressiyadan aziyat chekayotganlarning ko’pchiligida yomon kayfiyat ustunlik qiladi, biroq har doim ham emas. Masalan, aynan o’smirlarda kuchli inqiroz holatlarida ham qayg’uni sub’ektiv tarzda kechirishini ko’pincha ko’rmasligimiz mumkin. Affektiv tarkibning sust namoyon bo’lishi vaziyatlarda, depressiya xolatida fikrlash va ta’sirlanishning aniq tizimlarini, jismoniy holat, odamda namoyon bo’ladigan boshqa mexanizmlar va boshqa insonlar bilan aloqa stereotiplari orqali aniqlash mumkin. Bu xolat esa depressiyani diagnostikasini qiyinlashtiradi. Depressiv xolatni tushunishda shaxs shakllanadigan atrof – muxit muximdir, chunki u hayotni idrok qilish xarateriga, qadriyatlar tizimiga va shaxsiy dunyoqarashga (kechinmalarni kattalashtirish yoki kuchaytirishga moyilik) ta’sir qiladi. Dunyoni depressiv modeli ko’pincha oilaviy qadriyatlar asosida shakllanadi. Ota – onalar va farzandlar o’rtasidagi tushunmovchiliklar ikkala tarafni depressiv xolatga olib keladi, biroq u ko’proq yosh avlodda namoyon bo’ladi. Chunki ota – onalar boladan farqli ravishda turg’un psixika shakllangan shaxsdir. O’spirinlarga o’smirlik davridagi ota – ona munosabatidagi “dushmanlik” ahamiyatli bo’lib chiqadi. Shuningdek, o’spirinlardagi depressiya bilan otalarning nuqsonliligi o’rtasida yaqqol bog’liqlik bor. Qizlar uchun esa onalar amalga oshiradigan tarbiya tizimining noizchilligi katta rol o’ynaydi. I.S.Konning fikriga ko’ra, o’smir depressiyasining profilaktikasi nizoli vaziyatlardan qochishdan iborat emas, buning imkoni xam yo’q, balki shunday psixologik iqlim yaratish keraki, bunda o’smir o’zini yolg’iz, tan olinmagan va nomukammal his etmasin. Shuningdek, bu o’ta jiddiy masala bo’lib, o’qituvchilar, ota – onalar va psixologlardan sezgirlik hakmda jiddiy e’tiborni talab qiladi. Depressiyaning belgilarini erta aniqlash esa to’g’irlab bo’lmaydigan oqibatlarni oldini olishning muxim omilidir. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling