Depressiya va suitsid
Download 1.04 Mb.
|
Depressiya va suitsid referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Depressiyaning astenik varianti
- O’smirlik davriga xos bo’lgan belgilar tizimidan iborat depressiv variant
- Oddiy belgili depressiv holat
Deviant varianti – (10-12-14 yosh) ilgari xos bo’lmagan buzilishlar kuzatiladi; zerikish, chekish, ichish, daydilik, intizomsizliklar, kayfiyatsizlik kabilar – isyon va namoyishkoronalik deb tushiniladi.
Ipoxondrik varianti (12-14-16 yosh). Somatik arzlar ko’payadi. Affektlari – xavotir, zerikish, ta’sirchanlik, yolg’izlik, tashlandiqlik hissi, tanadagi yoqimsiz hislar davosi yo’q kasaldek ko’rinadi. Kasallik bahonasida darslardan qoladi. Kattalar bilan muloqoti qiyinlashadi. Depressiyaning astenik varianti (12-16 yosh). O’qishdagi qiyinchiliklar ko’payadi. Avvalgi qiziqishlar yo’qoladi, ruxan bo’shashish, tashabbusizlik, zerikish va umidsizlik haqida gapiradi. Xavotirlanish ortib boradi, uyqu etarli, biroq tushlar yo’qdek. O’smir maktabga borishni davom ettiradi, avvalgidek yashashga intiladi, biroq eplay olmaydi. Nizolarni og’ir qabul qiladi. Suitsidal harakat emotsional zo’riqish vaqtida emas, balki psixik jarohatdan so’ng amalga oshiriladi. Sababi – psixogen, takrorlanuvchan. O’smirlik davriga xos bo’lgan belgilar tizimidan iborat depressiv variant (16-18 yosh). Hayot haqida va o’tmish mohiyati borasidagi fikrlar, o’limga rozi bo’lish (sustroq ko’rinishda) zerikish past darajada namoyon bo’ladi. Suitsidal harakatlar nizolar bilan bog’liq emas, o’lim va hayot haqida uzoq davom etgan fikrlash oqibatida sodir etiladi. Suitsid muvaffaqiyatsizlikka uchrasa yana takrorlanadi. Katamnez sust kechuvchi shizofreniyani ko’rsatadi. Oddiy belgili depressiv holat (16-18 yosh) Xavotir, qo’rquv, autoagressiya kuchayadi. Psixik zo’riqish vaqtida suitsid ro’y beradi. Suitsidal harakat amalga oshmay qolsa xavotir va depressiya pasayadi, biroq bu holat aldamchi bo’lib, yana takrorlanishi mumkin SUITSIDAL HULQ-ATVORNING SABAB VA MOTIVLARI O’z joniga qasd qilish sabablari ko’p hollarda quyidagi sabablar orqali ro’y berishi kuzatiladi: 1. O’z joniga qasd qilish ko’p hollarda (ayniqsa xotin qizlarda) oilaviy janjallar xususan, er-xotin, qaynona-qaynotalar, erning qavm-qarindoshlari yoki o’zining boshqa birovlar bilan janjallashib qolishi tufayli yuzaga keladi. 2. Ayrim hollarda o’z joniga qasd qilish ishxonadagi ixtiloflar, boshqa birovning shaxsga tegadigan darajada haqorat qilishi ham sabab bo’lishi mumkin. 3. O’z joniga qasd qilish sabablari orasida ruhiy kasallik ham uchraydi. 4. Shaxsdagi surunkalik aktsentuatsiya ya’ni, asabiy xarakterli, xulq-atvorida salbiylik alomatlari yuqori bo’lish holatlari ham suitsid sababi bo’lishi mumkin. 5. O’z joniga qasd qilish ba’zan kishi (kasallik, qarilik) o’z og’irligini yaqinlariga solishni istamasligi tufayli ham sodir etilishi mumkin. 6. Yosh tangligi (yosh davri krizislari) ham sabab bo’ladi.Bunday holatda shaxs ijtimoiy muhitga, o’zgarishlarga, muammolarni engib o’tishga moslasha olmaydi.Natijada o’z joniga qasd qilish yo’lini tanlaydi. 7. Oilada er-xotin, ota-ona va farzandlar o’rtasida iliq munosabatlarning yo’qligi ham suitsidga sabab bo’lishi mumkin. 8. Oilalarda kimnidir (o’smir, o’g’il, qiz, kelin va boshqalar) o’ta kamsitilishi ham suitsidga sabab bo’ladi. 9. Iqlim, ekologiya, bahor va yoz oylari suitsid uchun qulay davr deb topilgan. 10. Ba’zan oiladagi janjalli vaziyatlarni hoktmiyat va mahalliy tashkilotlar vaqtida hal qilib bermaganligi holati ham suitsidga sabab bo’lishi mumkin. 11. Kelinlarning yangi oilaga, uning tartib-qoidalariga ko’nikib keta olamsligi ham suitsidga sabab bo’lishi mumkin. 12. Turmush tarzi og’ir bo’lgan sharoitda inson uchun hayotning qadr-qimmati yo’qolgan sharoitlarda ham suitsidga qo’l o’riladi. 13. Moddiy-maishiy jihatdan kam ta’minlanganlik ham ba’zan suitsidga sabab bo’lishi mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling