Depressiya va suitsid


Bundan tashqari, suhbat o’tkazish jarayonida quydagi tamoyillarga amal qilish zarur


Download 1.04 Mb.
bet11/11
Sana30.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1411748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Depressiya va suitsid referat

Bundan tashqari, suhbat o’tkazish jarayonida quydagi tamoyillarga amal qilish zarur:

  • Suhbat uchun joy tanlashda muhimi begonalar bo’lmasligiga e’tibor qaratish kerak.

  • Suhbatni imkon qadar bo’sh vaqtda tashkil qilish;

  • Suhbat jarayonida hech qanday yozma qaydlar qilmaslik va soatga qaramaslik maqsadga muvofiqdir. Suhbatdoshga butun ko’rinishingiz bilan, siz uchun u bilan suhbatdan boshqa hech narsa muxim emasligini ko’rsatish.

Profilaktik suhbat quydagilarni qamrab olishi zarur.
Boshlang’ich bosqich – suhbatdosh bilan emotsional aloqa o’rnatish, “qayg’uruvchi hamkor” o’zaro munosabati.
Suhbatdoshni sabr va hamdardlik bilan tinglash, biror narsaga qarshi bo’lsangiz ham tanqid qilmaslik. Natijada siz sezgir, ishonsa bo’ladigan inson sifatida qabul qilinasiz.
Ikkinchi bosqich – inqirozga olib kelgan voqealarni ketma – ketligini o’rnatish; imkonsizlik hissini yo’qotish. Quydagi usullarini qo’llash maqsadga muvofiqdir: vaziyatni yagona emasligini anglatish; “yutuqlar bilan qo’llab – quvvatlash” va boshqalar.
Uchinchi bosqich – inqirozli vaziyatni engib o’tish bo’yicha hamkorlikdagi faoliyat. Bu erda “rejalashtirish” qo’llaniladi, ya’ni shaxsni bo’lajak xatti – harakatlarini so’z orqali rasmiylashtirish: “pauza saqlash” – maqsadga yo’naltirilgan jimlik, bunda shaxsga tashabbus ko’rsatish imkoniyati beriladi.
Yakunlovchi bosqich – faoliyat rejasini yakuniy ifodlash, shaxsni psixologik qo’llab – quvvatlash. Quyidgi uslublarni qo’llash maqsadga muvofiq; “mantiqan dalillash” ; “ishonchni ratsional singdirish”.
Inqirozli vaziyatda qolgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko’rsatish maqsadida (oilasi, do’stlari va yaqinlari bilan birgalikda) muammoni hal etuvchi ijtimoiy psixologik trening, o’ziga – o’zi beradigan bahoni ko’tarish, o’z shaxsiga nisbatan adekvat munosabat va empatiyani rivojlantirish yuzasidan individual va guruhiy psixokorrektsion mashg’ulotlar o’tkazilishi mumkin. Bundan tashqari, muammolarni hal etishning faol strategiyani amaliyotda qo’llash ko’nikmasini rivojlantirish, ijtimoiy yordamni qidirishni takomillashtirish zarur. Bunday hollarda qochishning sust strategiyasini korrektsiya qilish, o’zini – o’zi nazorat qilishni takomillashtirish maqsadga muvofiqdir

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling