Detallarini tozalash sifatini tekshirish. Mashinani yuvish va tashhizlash
Download 240.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Detallarini tozalash sifatini tekshirish 3 maruza
DETALLARINI TOZALASH SIFATINI TEKSHIRISH. MASHINANI YUVISH VA TASHHIZLASH, DVIGATELGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH TEXNOLOGIYASI 2.1. Mashinalarni yuvish va tozalash Ifloslantiruvchilarning turlari va ularning tavsifi. Ma’lumki detal sirtlari talab darajasida tozalanmasa ularning resursi 20...50 % ga pasayadi. Tozalash usuli ifloslantiruvchilarning turiga bog’liq. Ular shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi: uglerodli yopishmalar (qurum, lakli pardalar va asfaltsmolali moddalar); mashina va agregatlarning tashqi sirtiga yog’siz tabiatga ega bo’lgan yopishmalar; moylovchi materiallar (chang, suv, qasmoq) qoldiqlari. Yonilg’i va moy yonganda qurum hosil bo’lib, ular yonish kamerasi devorlariga, klapanlarga, uchqunli yondirish svechalariga, forsunkalarga va chiqarish kollektorlariga o’tirib qoladi. Shatunlarda, porshenlarning ichki sirtlarida, tirsakli vallarda va b. yuqori temperatura ta’sirida lokli pardalar hosil bo’ladi. Asfaltsmolali moddalar asfaltenlardan, karbonlardan va karboidlardan iborat. Qasmoq dvigatellarning sovitish sistemasiga kalstiy va magniy tuzlari ko’rinishida yopishib qoladi. Qasmoqning issiqlik o’tkazuvchanligi metallnikidan 60-100 marta kichik bo’ladi. Qasmoq tarkibiga kalstiy va magniy karbonatlari, gipslar, silikatlar kiradi. Texnologik ifloslantiruvchilar (metall qirindisi, sayqallovchi pastalarning, shlifovkalash toshining qoldiqlari va b.) ta’mirlashda, yig’ishda, moslashtirishda hosil bo’lib, detal sirtlarini jadal eyilishiga sabab bo’ladi. Ifloslanishni oldini olish usullariga: nefet maxsulotlarining korrozion faolligini kamaytiruvchi qo’shimchalardan foydalanish; cho’kmalarni detal sirtini yopishib qolishini kamaytirishga olib keluvchi qoplamalar bilan qoplash; toza suv, yonilg’i, sifatli moylovchi materiallardan foydalanish bilan mashinalardan texnik foydalanish darajasini oshirish. Download 240.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling