Detallarini tozalash sifatini tekshirish. Mashinani yuvish va tashhizlash
Download 240.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Detallarini tozalash sifatini tekshirish 3 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashinalarni saqlash.
2.2. Mashinalarni tashhizlash
Tashxislash — mashinalarni texnik holatini aniqlash jarayoni. Uning maqsadi mashinalarning haqiqiy texnik holatiga to’g’ri keluvchi ta’mirlash ishlarini bajarishdan iborat. Holat ko’rsatgichlari, fizik miqdor bo’lib, ish jarayonida tashxislash ob’ektining o’zgaruvchan sozligini yoki ish qobilyatligini xarakterlaydi. Mashina tashxislanayotganda, uning tashkil etuvchi qismlarining komplektligi, xujjatlari tekshiriladi. Mashinaning texnik holatini aniqlash uchun iste’molchidan olnadidagan muayyan mashinaning texnik holati to’g’risidagi ma’lumot muayan aniqlikda olinadi, tahlil qilinadi. Gemetiklanadigan joylari tozalanadi va ko’zdan kechiriladi. Asosiy yig’ma birliklar va agregatlar maxsus vositalar yordamida tashxislanadi Tashxislash so’rov va resurs bo’yicha amalga oshiriladigan turlarga bo’linadi. So’rov bo’yicha o’tkaziladigan tashxislashda zaruriyat tug’ilsa nosozlikning joyi va turi yoki mashinaning to’liq holati aniqlanadi. Resurs bo’yicha tashxizlash foydalanish davrida o’tkaziladi, uning natijalariga muvofiq mashinaning tashkil etuvchi qismlarning qoldiq resursi aniqlanadi. Agar ularning qoldiq resursi etarli darajada bo’lsa, ishlash muddati texnik xizmat ko’rsatish turlarining muddatlariga karrali bo’lishi lozim. Mashinadan yanada foydalanish imkoni bo’lmasa uning ta’mirlash turi aniqlanadi. Resurs bo’yicha tashxislash dvigatelning krivoship-shatun mexanizmi (moylash sistemasi bosh magistralidagi moyning bosimi bo’yicha); stilindr porshen guruhi (moyni kuyish darajasi va karterga yorib kiruvchi gazlarning miqdori)ni; transmissiya (mexanizmlardagi, oxirgi va bosh uzatmadagi umumiy tirqish)ni tekshirishni o’z ichiga oladi. Mashinalarni saqlash. Ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatishni kutuvchi mashinalar qisqa muddatga saqlash talablariga muvofiq saqlanadi. Agar saqlash muddati 2 oydan katta bo’lsa, unda mashinalar uzoq muddatli saqlashga qo’yiladi. Mashinalarni saqlashga tayyorlash quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi: loydan, changdan, oqqan moylardan tozalash; suv tushishi ma’n qilingan generatorlar, yurgizish dvigatellari, rele va boshqa yig’ma birliklar va elementlar g’iloflari, parafin qog’ozlar va b. bilan himoyalanadi; gidrostilindr shtoklarining sirti konservastiyalanadi; g’ildirakli traktorlarning ressorlarini va g’ildirak shinalarini yuksizlantirish uchun ularga taglik qo’yiladi; akkumulyator batareyalari olinib, ular omborxonada saqlanadi; to’kish teshiklaridan tashqari, barcha teshiklarni zich yopish; richaglarni va boshqarish meanizmi tepkilarini neytral holatga o’rnatish. Traktorlarni saqlashga qo’yishdagi konservastiya GOST 9.014—78 va GOST 7.751— 85 talablari muvofiq, bunda muayan traktor rusimiga qo’yilgan talablar hisobga olinishi lozim. Mashina traktor parkini ta’mirlash texnologik hujjatlariga: traktorlarni va avtomobillarni, hamda boshqa maxsus mashinalarni joriy ta’mirlashga texnik talablar; joriy ta’mirlashda agregatlarni almashtirish texnologik kartasi; qishloq xo’jalik texnikasini saqlash uchun nostandart uskunalarning chizmalari; pluglarni, seyalkalarni, kultivatorlarni va boshqa qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlashga texnik talablar; don o’ruvchi kombaynlarni ta’mirlashni tashkil qilish texnologiyasi bo’yicha tavsiyalar kiradi. Download 240.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling