Detallarini tozalash sifatini tekshirish. Mashinani yuvish va tashhizlash
Dvigatelga texnik xizmat ko’rsatish
Download 240.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Detallarini tozalash sifatini tekshirish 3 maruza
2.3. Dvigatelga texnik xizmat ko’rsatish turlari Smenalararo texnik xizmat ko’rsatishda (ish smenasi boshlangunga qadar va undan so’ng) dvigatel chang va iflosliklardan tozalanadi; tashqi nazorat orqali moy oqishi, yonilg’i, sovutuvchi suyuqlik, uzel va detallarning tashqi mahkamlanish holati, moyning agregat karteridagi, sovutuvchi suyuqlikning radiatordagi sathi tekshiriladi va kerak bo’lsa, agregatlarga ushbu materiallar quyiladi; generator tasmasining tarangligi tekshiriladi; yonilg’ini mayin tozalash filtrining filtrlovchi elementi tozalanadi. 1- texnik xizmat ko’rsatish (TXK-1) semenalar oralig’ida to’liq hajimda bajariladi, undan tashqari moyning sathi tekshiriladi va kerak bo’lsa uning sathi me’yor darajasigacha etkaziladi, havo tozalagichga texnik xizmat ko’rsatiladi (SMD-60 dvigateli uchun). 2- texnik xizmat ko’rsatish (TXK-2) da TXK-1 ning barcha operastiyalari bajariladi va unga qo’shimcha ilashish muftasi ajratish podshipnigi va siqish richagi orasidagi tirqish tekshiriladi va kerak bo’lgan hollarda u rostlanadi; yurgizib yuborish dvigateli va dizelning havo tozalagichlari yuviladi; yonilg’ini dag’al tazolash filtridagi cho’kmalar to’kiladi; dizel karteridagi moy almashtiriladi; val podshipniklari va ilashish muftasining ajratish mexanizmi moylanadi; stentrafuga rotori cho’kindilardan tozalanadi; turbokompressor filtri yuviladi; yurgizib yuborish dvigateli ilashish muftasi klapanlaridagi tirqish tekshiriladi va kerak bo’lsa u me’yor darajasigacha rostlanadi; yurgizib yuborish dvigateli reduktori yuritmasi karteriga moy quyiladi. 3- texnik xizmat ko’rsatish (TXK-3) da TXK-2 ning barcha operastiyalari bajariladi va tirsakli val podshipniklari va stilindr porshen gruhining texnik holatini aniqlash maqsadida dizel diagnostika qilinadi; yonilg’ini mayin tozalash filtrining filtrlovchi elementi almashtiriladi; yonilg’ini boshlang’ich uzatish burchagi rostlanadi, forsunka va yonilg’i nasosi tekshiriladi va kerak bo’lsa rostlanadi; generator yakorining ravon va erkin aylanishi tekshiriladi, magneto uzgichlari va yurgizib yuborish dvigateli svechasi elektrodlari orasidagi tirqish tekshiriladi va kerak bo’lsa rostlanadi; dizelning sapuni yuviladi; suv nasosi echib olinib, moyi va kerak bo’lsa uning salnigi ham almashtiriladi; dizelning quvvati va yonilg’ining bir soatlik sarfi aniqlanadi; yurgizib yuborish dvigatelining karbyuratori yuviladi, kerak bo’lgan hollarda texnik holatini tekshirish maqsadida startyor echib olinadi. Dizelning stilindrlar kallagi echib olinib, qurumdan tozalanadi, klapanlar pritirka qilinadi, kerak bo’lsa stilindrlar kallagi qistirmasi almashtiriladi, karter tagligi echib olinib yuviladi va moy so’rgich to’ri ham yuviladi; moy yiqqich va moy nasosining mahkamlanishi tekshiriladi. Mavsumiy texnik xizmat ko’rsatish (MTK)da TK-3 ning barcha operastiyalari bajariladi, ulardan tashqari sovutish tizimi yuviladi va antifriz bilan to’ldiriladi, dizel karteridagi moy navbatdagi mavsumga mos keluvchisiga almashtiriladi. Download 240.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling