Detallarini tozalash sifatini tekshirish. Mashinani yuvish va tashhizlash
Download 240.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Detallarini tozalash sifatini tekshirish 3 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr-kimyoviy usul
- Ultratovush usuli
Tozalash turlari. Tozalashning fizik-kimyoviy, elektr-kimyoviy, ultratovush, termik va
mexanik usullari mavjud. Fizik-kimyoviy usulda detallarni tozalash oqim yordamida va vannalarda olib boriladi. Detal sirtidagi iflosliklar muayyan sharoitda turli xildagi preparatlarning suvdagi eritmasi yoki maxsus erituvchilar bilan tozalanadi. Bularga kimyoviy eritmaning yuqori (75-95 °S) temperaturasi, sezilarli darajadagi bosimga ega bo’lgan tebranuvchi oqimning mavjudligi, samarali yuvuvchi vositalarning qo’llanilishi kiradi. Ushbu usul texnik servisda ta’mirlash korxonalarida ko’proq qo’llaniladi. Elektr-kimyoviy usulda tok o’tkazuvchi elektrolitdan foydalaniladi. Tozalash o’zgrmas va o’zgaruvchan tokda olib boriladi. Ushbu jarayonda ko’p hollarda zichligi 3-10 A/dm 2 ga ega bo’lgan tokdan foydalaniladi. Yog’sizlantirish jarayonining muddati ortib borishi bilan tozalangan detalning faolligi ortib boradi. Elektrokimyoviy tozalash detallarni galvanik, polimer va lok-bo’yoq materiallari bilan qoplashda keng qo’llaniladi. Ultratovush usuli tozalanadigan sirtga suyuq muhit orqali energiyani uzatishga asoslangan. 20- 25 kGst tebranish chastotasida kata tezlanish hosil bo’ladi, bu suyuq muhitda mayda ko’piklar hosil bo’lishiga olib keladi, ularning yorilishi natijasida mikrohajimda katta kuchga ega bo’lgan gidravlik zarblar paydo bo’ladi. Ular uglerodli yopishmalarni 2-3 minut, moylik pardalarni 30-40 s davomida buzilishiga olib keladi. Ultratovush usuli murakkab shaklga ega bo’lgan (karbyurator, yonilg’i nasoslari va elektr jihozlari) detallarni tozalashda qo’llaniladi Termik usuldan eng barqaror bo’lgan uglerodli yopishmalar (qurum, asfalten va b.)dan tozalashda foydalaniladi. Buning uchun detal termik pechga joylashtiriladi, unda 600-700 ºS da 2-3 soat davomida ushlab turiladi, undan so’ng pech bilan birgalikda sovitiladi. Bukilmagan detallardan qurum gaz alangasida kuydirish bilan bartaraf etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling