Detallarini tozalash sifatini tekshirish. Mashinani yuvish va tashhizlash
Download 240.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Detallarini tozalash sifatini tekshirish 3 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tozalash vositalari
Mexanik usulda detal qo’lda tirnagichlar, shchetkalar va b. bilan tozalanadi. Bu maqsadda
maydalangan meva po’choqlarini, abraziv zarrachalarni va boshqa materiallarni ifloslangan sirtga havo, suv yoki yuvuvchi eritmani uzatuvchi uskunalardan foydalaniladi. Tozalash vositalari uch xildagi reagentlarga bo’linadi: organik erituvchilar va erituvchi emulsiya hosil qiluvchi vositalar; kislotalik erituvchilar; texnikaga mo’ljallangan sintetik yuvuvchi vositalar. Erituvchi emulsiya hosil qiluvchi vositalar yuvuvchi kompozistiya bo’lib, erituvchidan va emulgatordan iborat. Masalan yuza aktiv moddalar va suv mustahkam smolali yopishmalarni xona (20-25 °S) temperaturasida tezda tozalash uchun xizmat qiladi. Ularga AM-15 (asosiy erituvchi — ksilol), emulsin (asosiy erituvchi — kerosin) kiradi. Changdan loydan va boshqa ifloslantiruvchilardan suv va kaustik sodaning eritmasidan foydalaniladi. Ulardan 70-80°S temperaturagacha isitilib foydalaniladi. Detal sirti yonilg’imoylovchi materiallardan kaustik sodaning 1-2% suvli eritmasidan foydalaniladi. Eritmadagi kaustik sodaning miqdori 6 % dan ortiq bo’lsa, (ayniqsa aliminiydan yasalgan) detal sirtida korroziyaning paydo bo’lish ehtimoli mavjud. Bunday eritma inson terisiga salbiy ta’sir ko’rsatish mumkin. Sintetik yuvuvchi vositalar ishqor tuzlari va yuza aktiv moddalardan iborat bo’lib, ular moylovchi materiallardan va uglerodli yopishmalardan tozalash uchun mo’ljallangan. Sintetik yuvuvchi vositalar oq va ochsariq ko’rinishda kukun yoki granula shakliga ishlab chiqariladi. Ular zaharsiz, yonmaydi, portlashga havfsiz, suvda yaxshi eriydi. Ulardan rangli metall va kotishmalardan yasalgan detallarni tozalashda qo’llaniladi. Sintetik yuvuvchi vositalarning kamchiliklariga, ularning 35 g/l dan kattaroq miqdorida va temperatura 70 °S dan past bo’lganda ko’proq ko’pirishi kiradi. MS-6, MS-16 va MS-18 preparatlari detal va agregatlarni moyli-loyli, smolali, asfalt- smolali yopishmalardan oqimli va stirkulyastion tozalash mashinalarda tozalashda qo’llaniladi. Eritmadagi vositaning miqdori 75-85°S temperaturada 15...25 g/l ni tashkil qiladi. Botirib tozalashda eritmadagi vositaning miqdori 80-100 °S temperaturada 20-25 g/l ni tashkil qiladi. «Labomid» tipidagi sintetik preparatlar MS xilidagipreparat kabi tozalash uchun ko’zda tutilgan oqim va botirish mashinalarida qo’llash uchun mo’ljallangan. «Labomid-101» va «Labomid- 102» preparatlari moyli-loyli va asfalt-smolali yopishmalarni oqim usulida tozalash uchun qo’llaniladi. Eritmadagi preparatning miqdori 10-15 g/l. 70...85 ºS temperaturda «Labomid-203» preparati MS-8 preparatinig 80... 100 ºS tempera- turasidagi 20...30 g/l miqdoriga o’xshash. Bulardan tashqari «Labomid-315» preparatidan ham foydalaniladi. «Temp-100», «Temp- 100A» texnik preparatlari ishqor tuzlari, yuza aktiv moddalar va passivlashtiruvchilar aralashmasidan iborat. Ulardan detallarni, yig’ma-birliklarni moy-loy yopishmalardan oqim bilan tozalash va yuvilgan sirtlarni korroziyadan saqlash uchun qo’llaniladi, eritmaning miqdori 60-75°S temperaturada 10...20 g/l ni tashkil qiladi. «Kompleks» yuvuvchi preparati purkovchi apparatlarni zaharli ximikatlardan va boshqa zararli iflosliklardan oqim va bug’-suv oqimi bilan tozalash uchun qo’llaniladi. Eritmaning miqdori 80...95 °S temperaturada10...15 g/l ni tashkil qiladi. AM-15 organik preparati vannada dvigatel detallarini qattiq va mustahkam smolali yopishmalardan tozalash uchun qo’llaniladi. U yuza aktiv moddalarni organik eritgichlardagi eritmasidan iborat. Preparat zaharli yong’in va portlashga hovfli. Foydalanish temperaturasi 40 ºS dan yuqori bo’lmasligi lozim. Barqaror ifloslantiruvchilar (qurum, qasmoq)dan tozalash uchun detallar 400-480ºS temperaturaga ega bo’lgan tuz va ishqorga tushiriladi. Detallarning ifloslanish darajasigabog’liq bo’lgan holda tuzli vanna quyidagi tarkiblarni (massasi bo’yicha, %) o’z ichiga oladi: kaustik soda 50-70, natriyli selitra 25-40, osh tuzi 4-6. Ifloslangan detallar eritmaga botirilib 5- 15 min davomida ushlab turiladi, undan so’ng suda yuviladi, kislota eritmasida neytrallashtiriladi va yakunida issiq suv bilan yuviladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling