Diagnostikaning tashqi belgilari, parametrlar va
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
ishchi jarayonlar - obyektning ish funksiyalarini belgilaydigan
jarayonlar (masalan, dvigatelda yonilg‘i va boshqa ekspluatatsion materiallarni sarflash, energiya ishlab chiqarish, ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlash) va h.k; 2) birga sodir bo‘ladigan (hamroh) jarayonlar – ishchi jarayonlar bilan bir yo‘lakay paydo bo‘ladigan jarayonlar (tebranishlar, urilishlar, issiqlik chiqarish va h.k.). Bunday jarayonlar xarakteristikalari va parametrlarini kuzatish va tashqaridan o‘lchash mumkin. Ishchi va hamroh jarayonlar va ularning hosilalari parametrlari diagnostik parametrlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Transport vositasi texnik diagnostikasi nazariyasi va amaliyoti chiqish xarakteristikalari parametrlari miqdorlarining obyekt tuzilmaviy parametrlariga bog‘liqligiga asoslangan. Ishchi yoki birga sodir bo‘ladigan (hamroh) chiqish jarayonlarini obyektning nosoz texnik holatidan darak beruvchi bilvosita tashqi belgi (simptom) deb qarash mumkin. 5.2 Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o‘zaro bog‘lanishlari 1 2 Y ch Y b Y L b ∆L b L, km 12.1 - rasm. Tutash detallar yyeyilishi jadalligining o‘zgarishi (1-bo‘laklarga ajratmasdan, 2-bo‘laklarga ajratib yig‘gandan so‘ng): moslashuv davri; mo‘tadil ish; jadal yyeyilish 3 Tuzilmaviy va diagnostik parametrlar o‘rtasidagi bog‘lanish turlari diagnostikalashning u yoki bu vazifalarini yechish imkoniyatiga ta’sir etadi, diagnostik parametrlarning serma’noliligini tavsiflaydi va parametrlarni o‘lchash navbati hamda olinayotgan axborotga ishlov berish usuliga ta’sir ko‘rsatadi. Bog‘lanish turlari va ularga tegishli misollar 5.2-rasmda keltirilgan. Sodda bog‘lanishlar bitta diagnostik parametrning o‘zgarishi bo‘yicha bitta tuzilmaviy parametrning o‘zgarishi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ko‘p miqdorli aloqalarning borligi bir necha diagnostik axborotni tahlil etish, texnik holat to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash va takrorlash, mazkur sharoitlarda o‘lchash uchun eng texnologik parametrlarni tanlashga imkoniyat yaratadi. Tuzilmaviy parametr bilan noaniq bog‘lanishlarda bo‘lgan diagnostik parametrdan, diagnostikalash vaqtini qisqartirish va texnik holat nazorati vazifasini o‘z vaqtida yechishda foydalanilishi mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling