Diagnostikaning tashqi belgilari, parametrlar va


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana16.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1488587
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Chegaraviy me’yor (S
ch
)obyektning shunday miqdoriki, unga 
yetishgandan keyin diagnostikalash obyektining ekspluatatsiyasi xavfsizlik, 
iqtisodiy samaradorlik yoki ekspluatatsiyani davom ettirish nuqtayi nazaridan 
maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi (ayrim hollarda esa imkoni bo‘lmaydi). Bu 
me’yor davlat standartlari talablarida va texnik hujjatlarda keltiriladi. 
Diagnostika o‘tkazish va profilaktik xizmatlarning davriyligini hamda 
diagnostik parametrni o‘lchash vaqtidan texnik ta’sir o‘tkazish vaqtigacha 
tuzilmaviy va diagnostik parametr o‘zgarishlarining ehtimollik xarakterini hisobga 
olgan holda ishlash davomiyligining qandaydir zaxirasi zarur. 
Avvalgi diagnostikalashda o‘lchangan diagnostik parametrning miqdori 
chegaraviy miqdorga yetmaganligini va nazoratlar oralig‘ida bu qiymatning 
me’yorlangan miqdordan oshib ketganligini ko‘rsatishi mumkin. Shu munosabat 
bilan transport vositalari ekspluatatsiyasida parametrning chegaraviy qiymati 
o‘rniga diagnostik parametrning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan 
foydalaniladi.
Chegaraviy va ruxsat etilgan chegaraviy parametrlar qiymatlari orasidagi 
farq nazoratlar oralig‘ida berilgan buzilmasdan ishlash ehtimolligi darajasini 
ta’minlaydigan “zaxira”ni tashkil etadi (5.6-rasm).
Yo‘l qo‘yilgan me’yor (S
yq
) – ekspluatatsiya jarayonida diagnostikalashda 
ko‘p hollarda diagnostik parametrning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan 
foydalaniladi. Yo‘l qo‘yilgan me’yor asosida obyekt holatiga diagnoz qo‘yiladi va 
ekspluatatsiyani davom ettirish, profilaktik ta’sir yoki ta’mirlash ishlari bo‘yicha 
tegishli qaror qabul qilinadi. 
5.6 Diagnostik parametr me’yorlari asosida diagnoz qo‘yish 



Diagnostikalash obyekti, parametrlarning joriy qiymatlari dastlabki va ruxsat 
etilgan chegaraviy qiymatlar oralig‘ida yotganda ishga qobiliyatli holatda bo‘ladi 
(5.6-rasm).
Diagnostikalash obyektining parametri ruxsat etilgan chegaraviy qiymatiga 
yetganida tuzilmaviy parametrlarni profilaktika, sozlash yoki ta’mirlash ishlari 
yordamida tiklash talab etiladi (5.6-rasm).
Shunday qilib diagnostikalash natijasida to‘plangan axborot bo‘yicha 
obyektning texnik holati to‘g‘risida diagnozlarning birini chiqarib beradi: 
– agar diagnostik parametrning joriy vaqtdagi qiymati (S
i
) boshlang‘ich 
me’yoriy qiymat (S
b
)ga teng yoki katta bo‘lgan hollarda “ekspluatatsiya qilish” 
diagnozi qo‘yiladi, ya’ni ushbu shart 
yq
i
b
S
S
S


bajarilishi kerak; 
– agar diagnostik parametrlarning joriy vaqtdagi qiymati (S
i
) yo‘l qo‘yilgan 
me’yoriy qiymat (S
yq
)ga teng yoki katta bo‘lsa hamda uning chegaraviy me’yoriy 
qiymati (S
ch
)dan kichik bo‘lgan hollarda “texnik xizmat ko‘rsatish” diagnozi 
qo‘yiladi, ya’ni 
;
ch
i
yq
S
S
S


– agar diagnostik parametrning joriy vaqtdagi qiymati (S
i
) chegaraviy 
me’yoriy qiymat (S
ch
)ga teng yoki katta bo‘lgan hollarda “ta’mirlash” diagnozi 
qo‘yiladi, ya’ni 
ch
i
S
S



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling