Diagnostikaning tashqi belgilari, parametrlar va


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana16.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1488587
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Diagnostik matritsa 
Diagnostik 
parametrlar 
Kutilishi mumkin bo‘lgan nosozliklar 
X
1
X
2
X
3
X

X
5
S
1
S
2
S
3
S
4




















1 – nosozlikning mavjudligi va uning kutilishi; 
0 – nosozlikning yo‘qligi. 
5.4 Diagnostikalash algoritmi 
Murakkab mexanizmlarni diagnostikalash ko‘pincha avtomatlashtirishni 
talab etadi va tegishli algoritm bo‘yicha olib boriladi. 
Diagnostikalash algoritmi orqali quyidagilar bajariladi: 
– obyektni test rejimiga olib chiqish; 
– birlamchi axborotga ishlov berish, ya’ni birinchi diagnoz qo‘yish; 
– talab etilsa, nosozlikning chuqurlashgan (elementar) o‘rnini aniqlash; 
– keyingi elementga o‘tish; 
Diagnostikalash algoritmi umum diagnostika algoritmidan, texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta’mirlash bilan birga bajariladigan elementlar diagnostikasi 
algoritmlaridan tashkil topishi mumkin. Demak, diagnostikalash algoritmi deb 


14 
diagnoz qo‘yish, sozlash va ta’mirlash operatsiyalari maqbul ketma-ketligining 
tuzilmaviy tasviri aytiladi (5.3-rasm). Algoritm obyektning va diagnostika 
vositalarining xususiyatlarini nazarga olgan holda tuziladi va iqtisodiy mezon 
bo‘yicha boshqa variantlar bilan taqqoslab muqobillashtiriladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash uchun algoritm asosida 
diagnostikalash xaritalari tuziladi. Ularda operatsiyalarning tartib soni, mehnat 
hajmi, ishlatiladigan jihoz va materiallar, ijrochilar, qaytarilish koeffitsientlari 
keltiriladi. 
Diagnostikalash algoritmi obyektning ishlash qobiliyatini aniqlash va 
nosozliklarni qidirish algoritmlari sintezidan tashkil topadi. Bu algoritmning 
vertikal shoxchasi–obyekt nosozligini ketma-ket qidiruvchi asosiy algoritm 
tizimidir. Yon tomon shoxchasi esa maxsus (elementar) algoritm bo‘yicha nosozlik 
qidirish boshlanishini ko‘rsatadi. Diagnostikalash algoritmi, o‘z navbatida, ikki 
natijadan iborat: "Ha" holatida yo‘nalish bo‘yicha pastga qarab navbatdagi qadam 
qo‘yiladi, "yo‘q" holatida – yon shoxcha bo‘ylab nosozlik qidiriladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling