Dialektika nazariyasi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari


Download 185.86 Kb.
bet17/21
Sana18.06.2023
Hajmi185.86 Kb.
#1563031
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
DIALEKTIKA NAZARIYASI. RIVOJLANISHNING UMUMFALSAFIY QONUNLARI VA KATEGORIYALARI

6. Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko’ra, ularning mazmuni va shakli o’zgarib turadi. O’z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o’rtasidagi strukturaviy bog’lanish konkret mazmunga ega bo’lib, unga mos mazmunlarda o’z ifodasini topadi. Mazmun va shakl o’rtasidagi aloqadorlik, bog’lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo’lishi, muayyan sabab oqibatidir.
Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra, sabab - biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir. Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo’ladi. Ikkinchi tomondan esa bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi hisoblanadi.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo’lgan sabablar tizimi mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo’lmagan; muhim va muhim bo’lmagan sabablarga ajratish mumkin.
Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko’ra, sababni bir vaqtning o’zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki sabab mavjudlikning genetik bog’lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi Gegel tili bilan aytganda, sabab mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
1) uning ob’ektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, tarkibiy elementlari munosabatlariga xos bo’lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi;
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi hamda uning individualligini ta’minlaydi;
3) sabab umumiy xarakterga ega bo’lib, hech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo’lmaydi;
4) sabab zaruriy bo’lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi;
5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog’lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog’liqligini xarakterlaydi

Download 185.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling