Dialektika nazariyasi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari


Download 185.86 Kb.
bet1/21
Sana18.06.2023
Hajmi185.86 Kb.
#1563031
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
DIALEKTIKA NAZARIYASI. RIVOJLANISHNING UMUMFALSAFIY QONUNLARI VA KATEGORIYALARI


DIALEKTIKA NAZARIYASI. RIVOJLANISHNING UMUMFALSAFIY QONUNLARI VA KATEGORIYALARI
Tabiatdagi o’simlik olami, hayvonot dunyosi, odamlar hayoti va kishilik jamiyatid doimo harakatdadir. Harakat esa rivojlanish manbaidir. Harakatsizlik ­ – bu nisbiy bo’lib, u narsa va hodisalarning ichki imkoniyati va tashqi ta’sir omillariga bog’liqdir. Harakatsiz narsa vaqti kelib harakatlanadi va aksincha, harakatdagi narsalar nisbatan harakatsizlanish,ya’ni bir joyda to’xtab,tepsinib turish xususiyatiga ham egadir. Harakatlanish rivojlanish,taraqqiyotga olib kelsa, harakatsizlik esa bir joyda to’xtab qolish, qolaversa tanazzulni keltirib chiqarishi ham mumkin. Har ikkala jarayonni ham dialektika nazariyasi o’rganadi.
1. Dialektika ­– rivojlanish haqidagi ta’limot
1. Shakllanish, o’zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalari. Olamdagi barcha narsa, hodisa, voqealar makon ichra shakllanib zamondagina mavjud bo’ladi. Mavjudlik o’zgarib rivojlanish orqali o’zining taraqqiyot darajasiga etadi. Bunda shakllanish (shakllanmoq) deb olamdagi narsa, hodisa, voqealarning ma’lum bir ko’rinishga kelishiga, ya’ni tus olishiga aytiladi. Shakllanish inson nasliga nisbatan olib qaraganda odatda o’zoq davom etadigan jarayon hisoblanadi.O’zgarish(o’zgarmoq) ­ deb biron bir narsa, hodisa ,voqealar silsilasida o’zgacha holatning yuz berishi, aniqrog’i, mohiyat jihatidan avvalgisiga o’xshamagan holatga o’tishiga,xususan o’rni,vazifasi,maqomi bo’yicha yangicha,boshqacha bo’lishiga aytiladi. Bunga kishilik jamiyati tarixida yuz beradigan keskin burilish,bir holatdan boshqa holatga o’tish, ya’ni o’zgacha,boshqacha bo’lish misol bo’la oladi. O’zgarishning ziddi o’zgarmaslik hisoblanadi. O’zgarmaslik (o’zgarishsizlik) – bu narsalarning hech qanday o’zgarish yuz bermagan holati, ya’ni odatda eskicha qolishidir.
Rivojlanish tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli o’zgarish, ya’ni bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga o’tishni ifodalaydi. Rivojlanish natijasida ob’ektning tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir.
Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda yuz berayotgan evolyutsiya jarayonlarini, jonli tabiatda turli organizmlarning o’sishini, jamiyatda fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining o’sishi, ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi va shu kabilar misol bo’ladi.
«Rivojlanish» tushunchasi nafaqat moddiy, balki ma’naviy dunyoga, xususan, inson tafakkuriga nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, g’oya, nazariyaning rivojlanishi to’g’risida so’z yuritilgan holda, qo’llanilishi mumkin. Fikrning rivojlanishi uning «pishib yetilishi»ni, ya’ni murakkablashuvi, takomillashuvi, yanada aniqroq ma’no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq shuni ta’kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning ob’ektiv dunyosidan farqli o’laroq, sub’ektiv konstruksiyalar (tafakkur, g’oyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan ko’lam ko’rsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi vaqtda kechadi.
Rivojlanishning ikki shakli mavjud bo’lib, birinchisi, ob’ektning asta-sekin sodir bo’luvchi miqdor o’zgarishlari bilan bog’liq evolyusion rivojlanish, ikkinchisi, ob’ekt tuzilmasidagi sifat o’zgarishlaridan iborat inqilobiy rivojlanishdir.
Evolyutsion rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga o’tishini, inqilobiy rivojlanish esa keskin portlash yo’li bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga o’tishini bildiradi. Evolyutsion rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz o’tishiga imkon beradi Bunday utishda muayyan vaqt zarur bo’ladi. Inqilobiy rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yo’q qilinib, keskin sifatiy o’zgarishlar amalga oshiriladi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga o’tishning evolyutsion rivojlanish yo’lini tanladi. Bu yo’l jamiyat a’zolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali bo’ladigan yo’ldir.
Rivojlanishning progressiv, taraqqiyot turi bilan regressiv, tanazzul turi farqlanadi. Hozirgi zamon fanida rivojlanishning maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochiziqli, sakrashsimon o’zgarishlar bayon qilinadi.
Kundalik hayotda «harakat» deganda, odatda, narsa va hodisalarning oddiy o’rin almashuvi tushuniladi. Dialektikada esa harakat chuqurroq tushuniladi. Bundagi «o’zgarish» tushunchasi hajm jihatdan «harakat» tushunchasiga kiradi. Chunki har qanday o’zgarish harakatdir, lekin har qanday harakat o’zgarish emasdir. O’zgarish narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchi holatga, bir ko’rinishdan boshqa ko’rinishga o’tishidir. Masalan, yangi buyumning eskirishi va shular kabi. Biroq «o’zgarish» o’z ichiga «rivojlanishni» oladi, garchi har qanday o’zgarish rivojlanish bo’lmasa ham.

Download 185.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling