Dialektika nazariyasi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari
Dialektika, avvalo, umumiy alokadorlik va bog’lanishlar haqidagi fandir
Download 185.86 Kb.
|
DIALEKTIKA NAZARIYASI. RIVOJLANISHNING UMUMFALSAFIY QONUNLARI VA KATEGORIYALARI
Dialektika, avvalo, umumiy alokadorlik va bog’lanishlar haqidagi fandir. Chunki borliqdagi barcha narsa va hodisalarni umumiy aloqadorlikda va o’zaro bog’lanishda olib qarash borliq haqida dialektik fikr yuritishdir. Haqiqatan ham, borliqdagi hamma narsalar, hodisa va jarayonlar o’zaro bog’liq bo’lib, ular umumiy aloqadorlikda bir-birlariga ta’sir va aks ta’sir qilib turadilar, bir-birlarini taqozo qiladilar. Xoh tabiat va jamiyatda, xoh inson hayoti va tafakkurida bo’lsin, hech bir hodisa yoki voqea, o’zgarish yoki jarayon boshqa hodisa yoki voqealardan, boshqa o’zgarish va jarayonlardan alohida, ulardan ajralgan, ularga bog’liq, bo’lmagan, ular bilan aloqadorliksiz mavjud bo’lmaydi, aksincha, ular bilan doimo o’zaro aloqadorlikda bo’ladi.
Borliqning turli tomonlari, materiyaning turli ko’rinishlari, uning asosiy mavjudlik usullari, harakatning turli shakllari bir-birlari bilan o’zaro umumiy aloqadorlikda bo’lib, bir-birlariga ta’sir va aks ta’sirida, lekin o’zaro bog’lanishda bir-birlarini taqozo qilib turadi. Dialektikaning o’zaro aloqadorlik printsipi yalpi umumiy xarakterga egadir. Uning bu yalpi umumiyligi shundaki, birinchidan, bu aloqadorlik bir butun borliqqa, ya’ni tabiat, jamiyat, inson, inson tafakkuri va bilishga xosdir; ikkinchidan, bu aloqadorlik borliqning hamma ko’rinishlariga oid barcha narsa va hodisalarni, ularga xos hamma narsa va holatlarni, bir butun inson bilish jarayonini, xullas, bir butun moddiy va ma’naviy olamning hamma bog’lanishlarini o’z ichiga oladi. Dunyoda boshqa narsalar, hodisalar va jarayonlar bilan tabiiy aloqadorlikda bo’lmagan hech bir narsa, jarayon yo’q. Lekin biz o’z bilish jarayonimizda biron narsa yoki hodisani o’rganar ekanmiz, dastlab uni boshqa narsalar yoki hodisalarning umumiy bog’lanishlaridan ajratamiz. Bu jarayonda biz uning o’ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berish uchun bu narsa yoki hodisaning boshqa narsalar va hodisalar bilan bo’lgan hamma aloqa va bog’lanishlarini, hamma aloqadorliklarini aniqlab, bilib boramiz. Narsa va hodisalarni haqiqatdan bilish uchun ularning barcha tomonlarini, barcha aloqalarini va bog’lanishlarini birga olib o’rganmoq, lozim. Biz garchi bunga hech qachon to’la-to’kis erisha olmasak ham, lekin har tamonlama o’rganish talabi bizni xatolardan, noto’g’ri xulosa chiqarishlardan saqlab qoladi. Shu asosdagina biz bu narsa yoki hodisaning bir butun tabiati va mohiyatini to’g’ri bilib olishga erishamiz. Dialektik aloqadorlik va bog’lanishlar bir butun borliqning turli tomonlari va materiyaning turli ko’rinishlari o’rtasidagina mavjud bo’lmasdan, balki har bir narsa yoki hodisaning ham o’zidagi barcha tomonlari, hamma belgi va xususiyatlari o’rtasida ham mavjuddir. Chunki har bir narsa yoki hodisaning hamma tomonlari bir-biriga bog’liq bo’lishi va bir-birlari bilan juda mahkam va chambarchas aloqadorligi qonuniy va tabiiy holdir. Download 185.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling