Dialektika nazariyasi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari


Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni


Download 185.86 Kb.
bet9/21
Sana18.06.2023
Hajmi185.86 Kb.
#1563031
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
DIALEKTIKA NAZARIYASI. RIVOJLANISHNING UMUMFALSAFIY QONUNLARI VA KATEGORIYALARI

2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.
Borliqdagi har bir narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarning birligidan iborat bo’ladi. Har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini o’zaro inkor etuvchi tomonlar, xususiyatlar va tamoyillarga ega. Masalan, elektr manfiy va musbat, tabiatda esa o’zaro tortilish va itarilish, tirik organizmda assimilyatsiya va dissimilyatsiya kabilar. Ana shu bir-birini taqozo etuvchi va o’zaro bir-birini inkor qiluvchi tomonlar o’rtasidagi munosabat ziddiyat deb ataladi. Xuddi shu ziddiyat qarama-qarshi tomonlar o’rtasidagi kurash va rivojlanishning sababi, manbai bo’lib hisoblanadi. Rivojlanishning har bir bosqichi o’ziga xos ziddiyatlar va turli qarama-qarshiliklarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va hal bo’lishidan iborat.
Qarama-qarshiliklar va ularning o’zaro munosabati, ziddiyat va ularning birligi jamiyatga, ijtimoiy hodisalarga, insonga, inson faoliyatiga, hatto uning bilish jarayoniga ham xosdir.
Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va bartaraf etilishi jarayonidan iborat ekanligini tushunib olish uchun ayniyat, tafovut, ziddiyat, qarama-qarshilik kabi tushunchalarning o’aaro munosabatlarini bilib olish loaim. Narsa va hodisalardagi o’zaro o’xshash tomonlar birligi ayniyat deyiladi. Ayniylik narsa aa hodisalarning tomonlari va xususiyatlarining birga mavjudligini ifodalaydi. Har bir narsa yoki hodisada ayniylik bilan birga, tafovut ham mavjud bo’ladi. Tafovut narsa va hodisalar tomonlarining har birining farq qilzgvchi jihatlarining ifodalanishidir. Borliqda o’z qarama-qarshi tomonlariga ega bo’lmaydigan narsa va hodisa bo’lmaydi. Binobarin, ularda ayniyat ham, tafovut ham bo’ladi.
Tafovutlarning rivojlanishi ziddiyatning kelib chiqishiga olib keladi. Ziddiyatning mavjudligi taraqqiyotning manbai va harakatga keltiruvchi kuchini taqozo etadi.
Dialektikada qarama-qarshilik deb borliqdagi narsa, hodisa va jarayonlarning o’zaro bir-birini istisno qiladigan, shu bilan birga, bir-birini taqozo etuvchi tomonlari. tamoyillari va kuchlarining o’zaro munosabatlari tushuniladi. Umuman. qarama-qarshiliklarni, ular orasidagi ayniyat, tafovut, ziddiyatlarni o’rganish qarama-qarshiliklar birligi va kurashi haqidagi ta’limotning mohiyatini bilishga yordam beradi
Chunki, har qanday narsa va hodisalarning o’zgarishi va rivojlanishi ulardagi mavjud ziddiyatlar birligi va kurashi natijasida yuz beradi Ziddiyatlar rivojlanib, keskinlashgan holatida hal qilinmasa, konfliktga aylanishi mumkin. Ziddiyatlarning hal qilinishi o’zgarish va rivojlanishga, bir sifatdagi narsa yoki hodisaning boshqa sifatdagi narsa yoki hodisaga aylanishiga, yoki narsa yoki hodisa o’rniga yangi narsa va hodisa paydo bo’lishiga olib keladi.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi hamma sohada amal qiladi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyoti ayni shu sababga binoan eodir bo’ladi. Ziddiyatlarning mohiyatini bilmay taraqqiyotning sabablarini tushunib bo’lmaydi. Lekin har bir sohadagi ziddiyatlarni konkret o’rganmoq va ularni alohida o’ziga xos hal bo’lish yo’llarini to’g’ri bilmoq katta ahamiyatga ega. Buning uchun ziddiyatlarning xillari, ularning narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi rolini to’g’ri va aniq bilib olish lozim.
Ziddiyatlar juda xilma-xildir. Ular narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol o’ynaydi hamda har xil vazifani bajaradi. Ular, odatda, ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo’lmagan, antagonistik va noantagonistik ziddiyatlarga bo’lib o’rganiladi.
Ichki ziddiyat — bu narsa va hodisalarning o’z ichidagi qarama-qarshi tomonlar, kuchlar o’rtasidagi ziddiyatlardir.
Tashqi ziddiyat esa narsalar va hodisalar o’rtasidagi ziddiyatlardir. Lekin ichki va tashqi ziddiyatlarni bunday bo’lish nisbiy xarakterga ega. Chunki, bir munosabatda ichky ziddiyat boshqa munosabatda tashqi ziddiyat bo’lishi mumkin. Masalan, turli tuzumdagi davlatlararo ziddiyat tashqi ziddiyat, ammo kishilik jamiyati miqyosida olinsa ular ichki ziddiyatlardir.
Ichki va tashqi ziddiyatlar rivojlanish jarayonida bir xil rol o’ynamaydi. Rivojlanishning mohiyatini asosan, ichki ziddiyat belgilaydi. Tashqi ziddiyatlar - rivojlanishga bilvosita, ya’ni ichki ziddiyatlar orqali ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, biz hozir mustaqil O’zbekistonning istiqboli, uni rivojlantirish rejalarini tuzyapmiz. Bunda| respublikamizning rivojlanishi, istikboli ko’p jihatdan mamlakatning ichidagi iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy muammolarni to’g’ri, ishning ko’zini bilib hal qilishimizga bog’liq. Biroq, respublikamiz xalqaro hamjamiyatlarda, mustaqil davlatlar hamdo’stligida yashamoqda. Tashqi aloqa va munosabatlardagi muammolarni ham to’g’ri aniqlab hal qilinmasa, respublikamiz oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirib bo’lmaydi. Demak, rivojlanish, asosan ichki muammolarni hal qilishga bog’liq, bo’lsa ham, lekin tashqi ziddiyatlarni ham nazardan chetda qoldirib bo’lmaydi. Hayotda ichki va tashqi ziddiyatlarning o’zaro aloqadorligi va o’zaro ta’sirini qat’iy hisobga olib ish tutgan taqdirdagina muvaffaqiyat qozonish mumkin.
Ziddiyatlarni o’z xarakteriga, ularning narsa va hodisalarning rivojlanishidagi ahamiyatiga qarab asosiy va asosiy bo’lmagan ziddiyatlarga ham bo’lish mumkin. Narsa va hodisalarning mohiyatini, ularning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilab beradigan ziddiyat asosiy ziddiyat deyiladi. Asosiy ziddiyat taraqqiyotda hal qiluvchi rol o’ynaydi va boshqa barcha ziddiyatlarga ta’sir ko’rsatadi. Asosiy bo’lmagan ziddiyatlar esa narsa va hodisalarning ma’lum bir taraqqiyot bosqichida ular mohiyatini belgilamaydigan, rivojlanishini o’zgartirish kuchiga ega .bo’lmagan ziddiyatlar bo’lib, ularning rivojlanishga ta’siri qonkret vaqtga va sharoitga bog’liqdir.
Shuni ham aytish kerakki, ziddiyatlarning qaysi biri asosiy va asosiy emasligini aniqlash rivojlanishning asosiy sabablarini to’g’ri belgilashning yo’lidir. Bu esa oson ish emas. Asosiy ziddiyatni mavjud ziddiyatlar orasidan topish uchun ziddiyatlarni maydonga chiqargan sharoitni, vaziyatni, bundagi qarama-qarshi tomonlarni va ular birligidan tashkil topgan narsaning mohiyatini, boshqalardan farqini, har bir ziddiyatning shu mohiyatga bo’lgan munosabatini aniqlash lozim. Asosiy ziddiyatlarni aniqlash esa ijtimoiy amaliyot jarayonida va bu amaliy natijalarini tafakkur orqali analiz va sintez qilshp natijasida amalga oshadi.
Asosiy ziddiyatlar orasida ularning biri bosh ziddiyatni tashkil qilishi mumkin. Bosh ziddiyat deb, rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan asosiy ziddiyatga aytiladi. Bosh ziddiyat asosiy ziddiyatlar ichida mudim o’rin tutadi, ularga nisbatan taraqqiyot jarayonida belgilovchi rol o’ynaydi. Ijtimoiy taraqqiyotda bosh ziddiyatni aniqlab olish mamlakat taraqqiyotini to’g’ri belgilab olishda muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat hayotiga xos ziddiyatlarni tahlil qilganda, yana antagonistik va noantagonistik ziddiyatlarni ham farq qilish zarur. Antagonistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir-biriga tubdan zid bo’lgan kuchlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlardir. Noantagonistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir-biriga mos keladigan yoki manfaatlarini o’zaro kelishtirish mumkin bo’lgan ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlardir. Antagonistik ziddiyatlar konfliktlarga olib kelishi ham mumkin. Bunday holda ular bir tomonning mag’lubiyati va ikkinchi tomonning g’alabasi bilan hal qilinadi. Umuman, hamma ziddiyatlarni o’z vaqtida hal qilib borish zarur, aks halda ularning keskinlashib borishi kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga, ziddiyatlar masalasiga, ularni hal etishning shakl va usullariga ham dialektik tafakkur asosida yondashish lozim. Jamiyat ziddiyatlari xilma-xil shakl va usullar bilan bartaraf etilishi mumkin. Ulardan ba’zilari eskining emirilib borishi va yangining qaror topib borishi asosida hal qilinib borilsa, boshqalari ayni shu ziddiyatlarni tashkil qilgan qarama-qarshi tomonlarni o’zaro kelishtirish, murosayu-madoraga keltirish, bir-birlari bilan o’zaro siyosiy muzokaralar alib borish, bitimlar tuzish, hamjihatlik va hamkorlikka erishish yo’llari bilan bartaraf etilishi va shu asosda taraqqiyotni ta’minlash mumkin. Keyingi vaqtda jamiyatdagi ziddiyatlarni hal qilishda qo’llanilayotgan samarali usullardan biri konsensus (o’zaro kelishuv)dir.
Hozirgi davrda konsensus usuli jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynamoqda. Ayniqsa, uzoq muddatlar davomida bir-biriga qarama-harshi bo’lib kelgan davlatlar, jamiyatdagi qarama-qarshi tomonlar, kuchlar, ijtimoiy guruhlar, harakatlar va partiyalar o’rtasidagi ziddiyatlarni. jamiyatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishda konsensus usuli juda qo’l kelmoqda. Bu usul jahon xalqlarini milliy totuvlikka, o’zaro hamkorlikka, hamjihatlik va birlikka, barqarorlikka erishishida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Konsensus usuli o’zaro tinch yo’l bilan olib borilayotgan muzokaralar, muloqotlar, referendumlar, xalqaro huquq normalari asosida ma’lum bir bitimga kelishuvlar, shular asosida eng muhim hujjatlar qabul qilishlar orqali olib borilmoqda. Jamiyatdagi bunday ziddiyatlarni hal qilishda, ayniqsa, xalqaro tashkilot (BMT va shu kabi)larning obro’-e’tiboridan foydalanish, xalqaro hamjamiyatga teng huquqli a’zo bo’lish va ularning jahon taraqqiyotiga ta’sirining ortib borishi ham muhim omil bo’lmoqda.
Ziddiyatlarni o’rganayotganda konkret sharoitni hisobga olish kerak. Davr va sharoitning o’zgarishi bilan antagonistik va noantagonistik ziddiyatlarni echish shakllari ham o’zgarishi mumkin. Chunki ziddiyatlar ham o’zgarib, bir-biriga o’tib turadi.
Har bir sohaga xos ziddiyatlarning o’ziga xos hal bo’lish shakllari mavjud. Tabiatdagi ziddiyatlar, odatda stixiyali o’z-o’zicha paydo bo’lib, rivojlanib, so’ng o’zlariga xos qonuniyatlar asosida hal etiladi. Jamiyatda esa ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va hal qilinishi o’ziga xos qonuniyatlar asosida kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, jamiyatdagi antagonistiq ziddiyatlar yo bu ziddiyatni tashkil etgan tomonlar o’zaro muzokaralar olib borish orqali, yoki birining g’alabasi, ikkinchisining mag’lubiyati bilan hal qilinadi.
Umuman ziddiyatlar paydo bo’lishi, rivojlanishi va turlicha hal qilinishi mumkin. Bu bilan ziddiyatlar butunlay tugamaydi. Ularning eskilari o’rniga yangilari paydo bo’lib, ular ham ma’lum vaqtdan so’ng eskirib, o’rnini yana yangilari olib, shu asosda rivojlanish cheksiz davom etaveradi.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo’lmagan, antagonistik va noantagonistik zidsiyatlarni bir-biridan farq qilish zarur, lekin ular o’rtasida mutlaq chegara yo’q. Voqelikda ular o’zaro chirmashib ketadilar, bir- biriga o’tib turadi va taraqqiyotda xilma-xil rol o’ynaydilar. Shuning o’chun ziddiyatlarning har biriga konkret yondoshish, ular namoyon bo’ladigan sharoitni, vaziyatni, shu taraqqiyot jarayonida o’ynaydigan rolini to’g’ri hisobga olish muhim ahamiyatga ega.



Download 185.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling