Dialektika nazariyasi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari
Download 185.86 Kb.
|
DIALEKTIKA NAZARIYASI. RIVOJLANISHNING UMUMFALSAFIY QONUNLARI VA KATEGORIYALARI
Taraqqiyot (arabcha - yuksalish,olg’a harakatlanish,rivojlanish,o’sish) - rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo’nalgan shakli, uning yuksalishi. Taraqqiyot borliqning eng umumiy xossalaridan biri bo’lib, u predmetning yangi sifat holatiga o’tishida, tarkibi va strukturasi- ning xossalari, aloqalari va munosabatlarining o’zgarishi va sh.k.larda o’z ifodasini topadi. Vaqt taraqqiyotning muhim xususiyatlari qatoriga kiradi. Har qanday taraqqiyot real vaqtda sodir bo’ladi va bu uning orqaga qaytmas yo’nalishga ega o’zgarish ekanligini namoyon qiladi. Taraqqiyot falsafiy adabiyotlarda progressiv rivojlanish tarzida qo’llaniladi. Odatda rivojlanishning 2 muhim yo’nalishi bo’lib, biri taraqqiyot (progressiv rivojlanish), ikkinchisi inqiroz (regressiv rivojlanish) deyiladi. Taraqqiyot nisbiydir. Rivojlanish bir sistema uchun taraqqiyotaraqqiyot, boshqa sistema uchun regress bo’lishi mumkin. Har qanday sistema o’zining rivojlanishi mobaynida taraqqiyotni ham, inqirozni ham boshidan kechiradi. Sistemaning ravnaq topishi taraqqiyotni anglatsa, uning emirilishi inqi- rozni anglatadi. taraqqiyot jonsiz, anorganik tabiatga ham, jonli, organik tabiatga ham, jamiyatga, inson tafakkuriga, ruhiyatiga ham xos bo’lgan tabiiy va zaruriy jarayondir. Taraqqiyot mikro-makro-megadunyoda ham sodir bo’ladi. taraqqiyot g’oyasining shakllanishi va asoslanishida yangi davrda eksperimental fanlarning vujudga kelishi, ayniqsa ilmiy kosmologiyaning paydo bo’lishi, biologiya va geologiyada evolyutsiya nazariyalarining yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
XX asrda ilmiy bilishning rivojlanishi, ayniqsa biologiya, madaniyat tarixi sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlar ta’sirida taraqqiyotning ichki mexanizmlari haqidagi tasavvurlar kengaydi. Xususan, taraqqiyot o’zining katta yo’nalishlarida, masalan, organik dunyo evolyutsiyasi yoki sivilizatsiya rivojida bir jinsli emasligi, turli xil tendentsiyalar: progress, regress, turg’unlik kabi jarayonlardan tashkil topishi (masalan, organizm va sivilizatsiyaning ba’zi turlarining yo’q bo’lib ketishi, boshqalarining paydo bo’lishi, mavjudlarining modifikatsiyaga uchrashi) ma’lum bo’ldi. Falsafa tarixida G.Gegel tomonidan taraqqiyot masalasi har tomonlama chuqur o’rganildi va uning natijasi sifatida taraqqiyot haqidagi yaxlit falsafiy ta’limot - dialektika nazariyasi shakllandi. Unda taraqqiyot manbaini ziddiyatlar, taraqqiyotning amalga oshish mexanizmini miqdor va sifat o’zgarishlarning o’zaro aloqadorligi, taraqqiyot yo’nalishini dialektik inkorga asoslangan abstraktlilikdan konkretlilikka tomon bo’lgan harakat tashkil etishi haqidagi chuqur ma’noga ega fikrlar mantiqan asoslandi1. Download 185.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling