Dialektika nazariyasi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari


Narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligi miqdor deb ataladi


Download 185.86 Kb.
bet8/21
Sana18.06.2023
Hajmi185.86 Kb.
#1563031
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
DIALEKTIKA NAZARIYASI. RIVOJLANISHNING UMUMFALSAFIY QONUNLARI VA KATEGORIYALARI

Narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligi miqdor deb ataladi. Narsa va hodisalarda miqdor turlicha ifodalanadi. Ularda miqdor bir holatda son tariqasida, ikkinchi holatda o’lchov daraja tariqasida, uchinchi holatda esa narsa va hodisalarning makondagi o’zaro munosabati (uzunligi, kengligi, balandligi) tariqasida ifodalanadi.
Ijtimoiy hodisalarning miqdor muayyanligini, tabiat hodisalarida bo’lganidek, hamma vaqt ham aniq ifodalab bulmaydi Lekin bunda ham sifat va miqdor birlikda bo’ladi. Masalan, bir ijtimoiy tuzum ikkinchi ijtimoiy tuzumdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri jihatidan farq qilishi bilan birga (sifat), ishlab chiqarishning o’sish sur’ati, unumli mehnat bilan shug’ullanuvchi odamlarning soni, milliy daromadning ma’lum miqdori, uning jamiyat a’zolariga taqsimlanishi (miqdor) va shu kabilar bilan farq qiladi.
Miqdor ham sifat kabi ob’ektiv mavjud bo’lib, u predmet va hodisalarning eng muhim tomonini ifodalaydi.
Shuning uchun narsa va hodisalarni o’rganishda ularning miqdor va sifatini, uzviy bog’liqligini e’tiborga olmoq lozim. Har bir narsa va hodisa muayyan miqdor va sifat birligidan iborat me’yorga ham ega bo’ladi. Me’yor narsa va hodisalarning miqdor va sifat birligini qamrab oluvchi chegaradir. Boshqacha qilib aytganda, sifat bilan miqdorning birligi me’yor, deyiladi. Me’yor narsa va hodisalarning shunday muayyanligiki, uning buzilishi narsa yoki hodisaning sifatining o’zgarishiga, uning boshqa sifatga o’tishiga, ya’ni boshqa narsa va hodisaga aylanishiga olib keladi.
Ijtimoiy hodisalarda me’yorning roli juda kattadir. Ayniqsa, san’atda me’yor juda muhimdir. Tabiat va inson go’zalligini me’yordan chiqib ifodalash mumkin emas. Me’yor ma’naviy-ahloqiy hodisalarga ham taalluqlidir. Har bir ijtimoiy tuzumda uning ahloqiy normalari doirasidan chiqib ketilsa, u jinoyatga aylanib ketadi. Chunki bu chegaradan, ya’ni me’yor doirasidan chiqish bilan bir faoliyat boshqa bir faoliyatga aylanadi. Bunday holda odatda boshqa sifat va miqdor birligiga asoslangan yangi me’yor vujudga kelgan bo’ladi.
Narsa va hodisalar o’z mavjudligining ma’lum davrlarida sifat va miqdor birligini, ya’ni oldingi sifatlarini saqlaydilar. Bu davrda ularda faqat muhim bo’lmagan miqdor o’zgarishlari sodir bo’ladi. Biroq, bu jarayon vaqtinchadir. Taraqqiyotning ma’lum bosqichida miqdor o’zgarishlari shunday darajaga etadiki, endi yangi miqdor o’zgarishlari mumkin bo’lmay qolishi tufayli, zaruran sifat o’zgarishlariga o’tadi. Masalan, misning harorati 600°S yoki 1000 Sga yetkazilganida ham, uning agregat holati o’zgarmaydi, ammo harorat 1083°Sga yetganda mis eriy boshlaydi, ya’ni u yangi sifatiga o’tadi. Bunda narsaning eski sifat chegarasining buzilishi natijasida, uning oldingi me’yori ham o’zgaradi, ya’ni yangi sifat va miqdorga ega bo’lgan yangi me’yordagi narsa vujudga keladi.
Borliqdagi narsa va hodisalarda sifat o’zgarishi ulardagi miqdor va sifatning o’zgarishlari natijasida sodir bo’ladi. Bunda miqdor o’zgarishlari sifat o’zgarishlariga o’tgani kabi sifat o’zgarishlari ham miqdor o’zgarishlariga o’tadi. Rivojlanish jarayonidagi bir-biridan farq qiluvchi bu ikki xil sifat va miqdor o’zgarishlari, uzluksizlik va uzilishning birligi sifatida namoyon bo’ladi. Uzluksizlik - bu narsa va hodisalarning rivojlanishidagi miqdor o’zgarishlarini o’z ichiga oladi Bu uzluksiz rivojlanish davrida narsa va hodisalarning rivojlanishi miqdor o’zgarishlarini o’z ichiga oladi. Bu uzluksiz rivojlanish davrida narsa va hodisalarda ichki o’zgarishlar yuz bersa-da, bu o’zgarishlar shu narsa yoki hodisa mohiyatini butunlay o’zgartirib yubormaydi. Bunda narsa yoki hodisa o’zining oldingi sifatini saqlab qoladi. Uzilish esa shu narsa va hodisalar rivojpanishida endi yangi miqdor o’zgarishlari mumkin bo’lmay qolgan bir paytda yuz beradigan sifat o’zgarishlarini ifodalaydi. Uzilish — bu o’zgarish va rivojlanish jarayonida narsa yoki hodisaning bir sifat muayyanligidan ikkinchi sifat muayyanligiga o’tishi demakdir. O’zgarish va rivojlanishda miqdorning sifatga o’tishi, eski sifatning yangi sifatga aylanish jarayoni falsafada uzluksizlikning uzilishi deyiladi. Ayni shu uzluksizlikning uzilishi tufayli bir sifatdan ikkinchi sifatga o’tish jarayonini falsafada sakrash deb ataladi. Sakrash narsa va hodisalarning butun uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo’lishi oilan zaruriy ravishda yuz beradi Masalan, moddiy olam rivojlanishida noorganik tabiatdan organik gabiatning paydo bo’lishi, ayni vaqtda buyuk sakrash bo’lgan. sakrash birdaniga, to’satdan bo’ladigan holatina emas, balki yangi sifat elementlari ko’payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
Sakrash o’z xarakteriga ko’ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo’lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Masalan, tabiatdagi sakrashlar undagi eski sifatdan yangi sifatga o’tirlar insonning irodasiga bog’liq, bo’lmagan holda, tabiiy-tarixiy jarayonning oqibati sifatida yuz beradi
Ijtimoiy hayotdagi sakrashlar esa tabiatdagi sakrashlardan farq, qilib, ular kishilar tomonidan ob’ektiv zaruriyatlarni anglash natijasida tayyorlanadi va amalga oshiriladi. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o’ziga xos tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo’q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o’rnatadigan ijtimoiy inqiloblar, tadrijiy rivojlanishlar orqali amalga oshiriladi. Sakrashlar inson tafakkuri taraqqiyotiga, uning bilimlar tizimining rivojlanib borishiga ham xosdir. Ilm-fan sohasida sekin-asta to’planib borgan faktlar, ma’lumotlar va bilimlar asosida inson o’z aql-idroki bilan ixtiro va kashfiyotlar qilishi, yangi qonuniyatlarni ochishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib sakrashlarni ikki turga bo’lish mumkin: birinchisi – portlash yo’li bilan bo’ladigan sakrashlar, ikqinchisi – sekin-asta tadrijiy yo’l bilan bo’ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda narsa va hodisalarning yangi sifatga o’tishi tezlik bilan yuz beradi Masalan, kimyoviy jarayonlarda reaksiyaga kirishgan modda tezlik bilan eski sifatdan yangi sifatga o’tadi, boshqa kimyoviy moddaga aylanadi.
Sakrashning ikkinchi turida esa eski sifat elementlarining asta-sekin yo’qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin to’planishi natijasida yangi sifat paydo bo’ladi. Bunday sakrash turiga tilning rivojlanishini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Demak, har qanday o’zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o’zgarishlarining o’zaro bir-biriga o’tishi orqali sodir bo’ladigan jarayonlardan iborat.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tishini bilish faqat ilmiy bilish uchungina emas, balki amaliy faoliyat uchun ham katta ahamiyati bor. Masalan, respublikamiz mustaqillikka erishdi. Lekin uni saqlash, mustahkamlash va rivojlantirish bizdan har doim chidam va matonat bilan ishlashni talab qiladi. Chunki, O’zbekistonning o’z taraqqiyot yo’li soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish ­ tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. O’zbekistan haqiqiy demokratik va rivojlangan davlatga aylanishi uchun (ya’ni yangi sifatga ega bo’lishi uchun) juda ko’p iqtisodiy, siyosiy va ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda yoshlarning, bo’lajak yuqori malakali mutaxassislarning jonbozlik ko’rsatishlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.



Download 185.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling