* GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, 2014.
№ 4 *
24
Tuxumxo`r parazitlar zararli xasva son miqdorini biologik nazorat
qilishda juda yuqori
biologik samaradorlik namoyon qiladi. Bu esa tabiiyki zararli xasva tuxumlarining telenomuslar bilan
zararlanishi natijasida uning yangi avlodi miqdorining keskin kamayishiga olib keladi.
Tadqiqotlar davomida zararli xasva tabiiy entomofaglariga kimyoviy preparatlarni ta`sir qilishi
ham o`rganildi. Dala sharoitlarida deyarli barcha qo`llaniladigan
insektitsidlar xasva tabiiy
entomofaglari voyaga yetgan individlarini 0,5
– 4,5 soat davomida qirib tashlashi aniqlandi.
Zararli
xasvaga qarshi qo`llaniladigan Ximfos-D 55% k.e (ta`sir moddasi sipermetrin va xlorpirifos), Ximfoks
k.e. 400 g/l (ta`sir moddasi sipermetrin), Alfatsid em.k (ta`sir moddasi alfasipermetrin) kabi kimyoviy
preparatlar yuqori darajada samarali
insektitsid hisoblanib, qo`llanilganda
dala sharoitida voyaga
yetgan va lichinka bosqichidagi parazitlar individlarini deyarli 100% nobud qilishi aniqlandi.
Qo`llanilgan insektitsidlar ta`sirida voyaga yetgan parazitlarning paydo bo`lishi kamayishi (25.9 -
93.0%) qayd qilindi.
XULOSA. Faziya pashshalari va tuxumxo`r parazitlarning rivojlanish muddatlari zararli xasva
rivojlanish muddatlariga mos ravishda kechadi va tuxumxo`r parazitlar xasvaga qarshi yuqori biologik
samaradorlik namoyon qiladi. Ulardan zararli hasvaga qarshi biologik kurash choralarini olib borishda
foydalanish istiqbolli usul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: