Дифференцирования квази-филиформных алгебр


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/120
Sana20.12.2022
Hajmi1.34 Mb.
#1040088
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120
Bog'liq
4-guldu-axb-2014

Key words: cercariosis, Schistosomatidae, Bilharziellidae, birds, mammals, mollusks. 
UDK 632.937.12 
ZARARLI XASVA (EURYGASTER INTEGRICEPS PUT.) NING 
TABIIY ENTOMOFAGLARI 
SH.A.Xalillaev 
O`zR FA O`simlik va hayvonot olami genofondi instituti 
E-mail: sherzod85-85@mail.ru 
 
Zararli xasva g`alla ekinlari jiddiy zararkunandasi hisoblanib, bug`doyning yosh va sog`lom 
barglarini so`rib oziqlanishi hamda boshog`iga sut pishish fazasida katta zarar keltirishi tufayli 
hosildorlik va uning sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Zararli xasva Sharqiy Yevropa, Rossiya, Markaziy Osiyo va 
Yaqin Sharq mamlakatlarida ko‗p 
uchraydi (Sulaymonova, 2003; Xalillayev va b., 2013). 
Respublikamizda zararli xasva bilan zararlangan g`alla dalalari umumiy maydoni 2011-yil 242.7 
ming ga. ni tashkil qilgan bo`lsa, 2012-yil bu ko`rsatkich 369.2 ming ga. dan oshib ketdi (Respublika 
o`simliklarni himoya qilish…, 2012). Bu esa zararkunandaga qarshi jiddiy kurash choralarini olib 
borishni taqazo etadi.
Hozirgi kunda respublikamizda zararli xasvaga qarshi, asosan, kimyoviy preparatlar qo`llanilib 
kelinmoqda, lekin kimyoviy vositalarni muntazam ishlatish atrof-muhitning zaharlanishi va ortiqcha 
ifloslanishiga, inson salomatligiga, issiqqonli hayvonlar va foydali entomofaglarga, shuningdek, 
ekologik toza mahsulot yetishtirishda katta salbiy ta`sirini ko`rsatadi (Xalillayev va b., 2013). 
Shu sababdan zararli xasvaga qarshi kurashning ekologik bezarar usullarini ishlab chiqish 
muhim ahamiyatga ega. Bu borada shu kungacha bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan bo`lib, 
zararkunandaga 
qarshi 
kurashda 
uning 
tabiiy 
entomofaglaridan 
va 
entomopatogen 


* GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, 2014. 
№ 4 *
22 
mikroorganizmlardan foydalanish imkoniyatlari aniqlangan (
Викторов, 1967; Xalillayev, Nurjanov
2013; Xalillayev, Nurjanov, 2012).
Zararli xasvaning parazit entomofaglari sifatida bir nechta turlar ma`lum bo`lib, ulardan hasva 
imagosi tanasida parazitlik qiluvchi faziya pashshalari va tuxumxo`rlar keng tarqalgan. 
O`zbekiston sharoitida zararli xasvaning parazit entomofaglarini o`rganish borasida tadqiqot 
ishlari o`tgan asrning 50-yillarida olib borilgan bo`lib, lekin bu ma`lumotlar amaliy nuqtai nazardan 
ancha eskirgan, tuxumxo`rlarni o`rganish bo`yicha esa chuqur tadqiqot ishlari o`tkazilmagan, shuning 
uchun ham bu borada izlanishlar olib borish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling