Дифференцирования квази-филиформных алгебр


-rasm. Zararli xasva tanasidan ajratib olingan Helomiya lateralis pashshasining lichinkasi (chapda)


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/120
Sana20.12.2022
Hajmi1.34 Mb.
#1040088
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120
Bog'liq
4-guldu-axb-2014

1-rasm. Zararli xasva tanasidan ajratib olingan Helomiya lateralis pashshasining lichinkasi (chapda), 
zararlangan xasva va hosil bo`lgan g`umbak (o`rtada), faziya pashsha imagosi (o`ngda) 
Toshkent viloyati sharoitida zararli xasva tanasidan Helomiya lateralis faziya pashshasining 
g`umbakka aylanishi aprel oyi birinchi o`n kunligidan boshlandi va may oyi uchinchi o`n kunligiga 
qadar davom qildi. Ushbu faziya pashshasining g`umbaklik davri 16-18 kun davom etdi. Uchib 
chiqqan faziya pashshalarni shakar eritmasi bilan parvarish qilinganda, ularning o`rtacha 9 kun 
yashashi kuzatildi. Tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati sharoitida zararli xasvaning o`rtacha 
1.82% qismi Helomiya lateralis tomonidan zararlangani kuzatildi. Ushbu faziya pashsha aprel oyining 


* GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, 2014. 
№ 4 *
23 
birinchi o`n kunligida paydo bo`ladi va xasva imagosi tanasiga tuxum qo`ya boshlaydi. Helomiya 
lateralis 
faziya pashshasi bir mavsumda 2 marta avlod beradi va lichinka bosqichida qishlaydi.
Ikkinchi tur Phasia subcoleoptrata faziya pashshasi lichinkasi qishlab chiqqan xasva tanasida 
parazitlik qiladi va aprel oyining ikkinchi o`n kunligiga kelib tabiiy sharoitda Helomiya lateralis faziya 
pashshasiga nisbatan kech, ya`ni o`rtacha 6-7 kundan so`ng g`umbakka aylandi. G`umbagi Helomiya 
lateralis 
faziya pashshasi g`umbagiga nisbatan kattaligi bilan ajralib turadi.
G`umbaklardan faziya pashshalarining uchib chiqishi o`rtacha 10-12 kundan keyin amalga 
oshadi va bu tabiiy sharoitda aprel oyi oxirlariga to`g`ri keldi. Phasia subcoleoptrata faziya pashshasi 
bir mavsumda 2 marta nasl beradi va lichinka bosqichida qishlaydi.
Tabiiy sharoitda Phasia subcoleoptrata bilan zararli xasvaning zararlanishi o`rtacha 6.04 % ni 
tashkil qildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Phasia subcoleoptrata faziya pashshasining biologik 
samaradorligi zararli xasvada Helomiya lateralis faziya pashshasiga nisbatan ancha yuqoriligi (6.04 
%) aniqlandi.
Zararli xasva parazit entomofaglarining ayrim turlari uni tuxumlik bosqichida ham zararlaydi. 
Ular asosan sug`oriladigan yer maydonlari hududlarida uchraydi. Tadqiqotlar natijasida 
telenomuslarning Toshkent viloyati sharoitida ham parazit tuxumxo`r sifatida muhim ahamiyatga ega 
ekanligi to`g`risida ma`lumotlar yig`ildi. Tuxumxo`r parazitlar bilan zararlangan xasva tuxumlari 
miqdori dala sharoitida yig`ib olingan namunalar asosida baholandi. Bunda parazitlar bilan zararlangan 
tuxumlar daladan yig`ib olinib, o`simlik qoldiqlari bilan birgalikda shisha idishlarga solindi va 
idishning og`
zi doka bilan yopildi. Bu ko`rinishdagi idishlar laboratoriya sharoitida, 24±2ºC haroratda 
tuxumlardan parazitlar chiqqunga qadar saqlandi. Zararlanish foiz ko`rsatkichlari turli xil vaqtlarda va 
turli xil hududlardan yig`ib olingan namunalar bo`yicha hisoblab chiqildi. Zararli xasvaning Trissolcus 
va Telenomus avlodlariga mansub bo`lgan parazitlari tuxumlari bilan zararlanish holatlari Toshkent
viloyatining turli hududlarida aprel va may oylarida davomida qayd qilinib, bunda parazitizm darajasi 
mos ravishda 86.4-91.2 % ni tashkil qilishi aniqlandi. Hududlar bo`yicha parazitlarning faollik darajasi 
asosan iqlim sharoitlariga bog`liq holatda o`zgarishlarga ega hisoblanadi. 
Tuxumxo`rlar aprel oyining oxiri va may oyining birinchi o`n kunligiga kelib, xasva 
tuxumlarini yoppasiga zararlaydi. Zararlanmagan xasva tuxumlaridan o`rtacha 9 kundan so`ng xasva 
lichinkalari ochib chiqishi kuzatilsa, zararlangan xasva tuxumlaridan telenomuslarning uchib chiqishi 
o`rtacha 12-14 kundan keyin qayd qilindi. Trissolcus sp. turi odatda o`rtacha 80 ta tuxumni zararlaydi 
va ulardan voyaga yetgan urg`ochi individlarning paydo bo`lishi 98.2% ni tashkil qildi. Laboratoriya 
sharoitlarida zararli xasva tuxumlarining o`rtacha 177 tasi o`rtacha hayot sikli 26 kun davom etdi. 
Bunda parazitlarning samarali tarzda ta`siri xo`jayin tuxumining 1-3 kunlik tuxumlarida qayd qilindi. 
Parazit bilan zararlangan xasva tuxumining rangi qora bo`lishi bilan xasvaning zararlanmagan 
tuxumlaridan yaqqol farq qiladi (2-rasm). 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling