Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


xizmat qiladi. Shuni ham aytish kerakki, ma’rifatchilik adabiyotida


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

xizmat qiladi. Shuni ham aytish kerakki, ma’rifatchilik adabiyotida 
badiiy proza ayniqsa faol rivojlantirildi: «epistolyar roman», 
«sayohatnom a roman», «tarbiya rom ani
», 
«falsafiy qissa
» kabi qator 
yangi janrlar ishlab chiqildi; inson xarakterini yaratishning yangi- 
yangi imkoniyatlari kashf etildi, yangi usulu vositalar joriy qilindi. 
Ma’rifatchilik adabiyotida, ayniqsa, hayotni atroflicha badiiy tahlil 
etishu yaxlit badiiy konsepsiyani ifodalash imkonini beruvchi roman 
janri gurkirab rivoj topdi. Shu o'rinda jadidchilaming milliy teatrimizni 
shakllantirish yo'lidagi jonbozliklarini, jadid nashrlarida bot-bot 
uchrab turgan «bizga tiyotr va ro‘mon kitoblari kerak» qabiladagi 
xitoblami eslasak, mushtaraklik yana ham bo'rtib ko'zga tashlanadi.
E’tiborli jihati shundaki, Yevropadagi ma’rifatchilik adabiyoti 
bilan jadid adabiyotining o'xshashlik jihatlari badiiy shakl bobidagi 
izlanishlarda ham ko'zga tashlanadi. Masalan, fransuz adibi 
Monteskening «Fors xatlari», ingliz yozuvchisi Goldsmitning «Dunyo 
fuqarosi yoki xitoylik kishi xatlari» nomli asarlarida Evropa voqeligi 
chet elliklar — birida fors, ikkinchisida xitoylik kishi nigohi orqali 
beriladi. Bu xil badiiy-kompozitsion usulga murojaat qilinishining 
sabablarini qo'ya turaylik-da, Fitratning «Munozara», «Hind 
sayyohi» asarlarida ham shu yo'ldan borilganini eslaylik. Yoki 
«Munozara»ning dialog shaklida qurilganini olaylik. Qadimgi yunon 
faylasuflari foydalangan bu shakl XYIII asrda ma’rifatchilar 
tomonidan tiriltirilgan, Didro, Lessing, Gerderlarning falsafiy- 
publitsistik asarlari (hatto Didroning «Ramo jiyan» romani)dan 
ayrimlari ayni shu shaklda yozilgan edi. Tabiiyki, mazkur masala 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling