sintezlashuv natijasidir.
Adabiy turlaming muayyan davr adabiy jarayonida tutgan o‘mi,
mavqei har vaqt ham bir xil boMmaydi. Adabiyot taraqqiyotining
ma’lum bosqichlarida ularning ayrimlari yetakchilik mavqeini
egallaydiki, bu narsa turli omillar (ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy
sharoit, adabiy-madaniy an’analar va h.k.) bilan izohlanishi mumkin.
Masalan, o‘zbek adabiyotida uzoq vaqt lirikaning yetakchilik qilgani
adabiy-madaniy an’ana bilan bog'liq bo'lsa, XX asr boshlariga kelib
epik turning yetakchilik mavqeini egallashi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
ma’rifiy sharoit (epik turda badiiy konseptual funksiyani bajarish,
dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlarining kengligi va buning
XX asr boshlarida dolzarblik kasb etgani) bilan izohlanadi. Asrimizning
60-70-yillaridagi ijtimoiy-siyosiy sharoitning o‘ziga xosligi she’riyatni
yana oldingi mavqega olib chiqdi. Buning sababi endi ijod erkinligining
bo‘g‘ilganligi, natijada badiiy proza o‘zining eng muhim funksiyasi
— badiiy-konseptual funksiyasini bajara olmay qolganligi bilan
izohlanishi mumkin bo'ladi. 80-yillarga kelib esa badiiy prozaning
yo'qotgan mavqeini tiklay boshlagani kuzatiladi. Buning boisi shuki,
yangi avlod nosirlari - M.M.Do‘st, E.A’zam, A.A’zam, X.Sulton
kabi ijodkorlar asarlarida jamiyatni, zamona kishilari ruhiyatini va
buning vositasida jamiyatning mavjud holatini chuqur badiiy idrok
etishga intilish kuchaydi.
Adabiy turlar haqida gap ketganda, ulardan birini ikkinchisidan
ustun qo‘yishga intilish nomaqbul hodisadir. Har bir adabiy tur
o'ziga xos ustun jihatlarga egaki, bu narsa ulaming har birida dunyoni
anglash va anglatish imkoniyatlari turlicha ekanligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |