Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Boshimg‘a tushub harza andeshaye,
Dedim olam ochmoq erur peshaye. Ne qilg‘on xayolim bori xom emish, Havas jomi ko‘nglumga oshom emish. Kerak erdi, to kirdi mag‘zimg‘a hush, Xirad toki soldi dimog‘img‘a jo‘sh. Demon qilsam erdi o‘g‘ulluq sanga, Qabul aylasam erdi qulluq sanga. 243 Sanga aylabon xoki dargohliq, Aning otin aytsam edi shohliq. Asosiy qismning so‗nggi bobida yetti faylasuf hakim: Aflotun, Suqrot, Balinos, Buqrot, Hurmus, Farfinyus va Arastu Iskandarning onasiga ta‘ziya bildirgani keladilar va shu bilan Iskandar voqeasi poyoniga yetadi. Doston boshqa dostonlardan farq qilib, kattagina xotima bilan yakunlanadi. Xotima 6 bobdan iborat bo‗lib, «Saddi Iskandariy» dostonini tugallash bilan muayyan ma‘noda «Xamsa»ga ham yakun yasaydi. Xotima quyidagi boblarni o‗z ichiga oladi: 84-bob – Husayn Boyqaro va uning farzandlari ta’rifi 85-bob – Hakimlar (donishmandlar) ta’rifi 86-bob – Gadoning shohga nasihati xususida 87-bob – So‘z gavhari xususida 88-bob – Darveshaliga nasihat 89-bob – Xulosa Dostonning so‗nggi bobida Navoiy unga baxt-davlat rahnamolik qilib, nihoyat, «Xamsa»ni yakunlaganini yozar ekan, «Hayrat ul-abror» dostoni yozilishidan boshlab «Saddi Iskandariy» yakunlanguncha bo‗lgan jarayonni birma-bir eslab o‗tadi. Navoiy tong otib kech kirguncha el-yurt tashvishi bilan band bo‗lgani holda salaflari uzoq muddat yozgan «Xamsa»ni juda qisqa muddatda – ikki yilda yakunlaganini, agar bevosita faqat yozish uchun ketgan vaqt hisoblab chiqilsa, olti oyga ham bormasligini faxriya tarzida bayon qiladi. «Saddi Iskandariy» mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (ruknlari va taqti‘i: fauvlun fauvlun fauvlun faul V – – / V – – / V – – / V – ) vaznida yozilgan. Navoiy o‗z beshligi kitobxonlar tomonidan qanday baholanishini bilish uchun ustozi Abdurahmon Jomiyning huzuriga boradi va unga «Xamsa»ni taqdim etadi. Jomiy asarni birma-bir varaqlab, shoirga lutf bilan munosabatda bo‗ladi va bir qo‗lini shoirning yelkasiga qo‗yadi. Ustoz va pir Jomiyning qo‗li yelkasiga tekkach, shoir bir lahza hushini yo‗qotadi va taxayyul olamiga g‗arq bo‗ladi: Navoiy ajoyib bir gulistonda sayr qilib yurib 244 bir guruh suhbatdoshlarni ko‗rib qoladi. Ulardan biri shoir tomonga kelib o‗zini fors-tojik shoiri Hasan Dehlaviy deb tanishtiradi va davradagilar shoirni ko‗rmoqchi ekanligini aytadi. Navoiy hayajon bilan davra ahliga yaqinlashadi. Hasan Dehlaviy davradagilarni Navoiyga tanishtiradi. O‗rtada Nizomiy Ganjaviy, uning ikki yonida Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy, ularning atrofida o‗tirganlar esa Firdavsiy, Unsuriy, Sa‘diy, Sanoiy, Xoqoniy va Anvariylar edi. Davradagilar Navoiyni ko‗rishlari bilan o‗rinlaridan turadilar. Uning bir qo‗lidan Xusrav Dehlaviy, ikkinchi qo‗lidan Abdurahmon Jomiy tutib Nizomiyning yoniga o‗tqizadilar. Navoiy Nizomiyga ta‘zim bajo keltirib, uning yoniga o‗tiradi. Nizomiy Navoiyning «Xamsa»siga yuksak baho beradi va Jomiydan shoir haqqiga duo o‗qishini so‗raydi... Shu onda Navoiy taxayyul olamidan qaytib qarasa, Jomiy qo‗lini uning yelkasidan olgan va unga qarab turgan ekan. Jomiy Navoiyni ulug‗ muddaoga yetishganligi bilan qutlab, Tangriga shukrona keltirishga chorlaydi. Nihoyat, Allohdan madad so‗rab, ilohiy jumla bilan ibtido topgan «Xamsa» buyuk Yaratganga shukronalik bilan yakun topadi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling