Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
11.9. «Lison ut-tayr» dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari «Lison ut-tayr» dostoni shoir umrining so‗nggi yillarida, 1499-yili yozib tugallangan. Doston hajman 193 bob, 3666 baytdan iborat. «Lison ut-tayr» dostoni falsafiy-tasavvufiy mavzuda yaratilgan bo‗lib, ulug‗ fors- tojik adibi Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostoniga javoban yozilgan. Alisher Navoiyning o‗zi shu dostonida bolalik davridayoq «Mantiq ut-tayr»ni ishtiyoq bilan o‗qiganligi va yod olganligini aytadi. «Lison ut-tayr» dostoni an‘anaviy tarzda muqaddima, asosiy qism va xotimani o‗z ichiga oladi. Muqaddima 13 bobdan iborat. Dostonning asosiy qismi 14-bobdan boshlanadi. Bir kuni barcha qushlar majlis qurmoq uchun yig‗ilibdilar. Lekin majlisda o‗rin talashib janjallashib qolibdilar. Shunda ular agar bir adolatli podsho bo‗lganda, bahsga hojat qolmagan bo‗lardi deb o‗ylabdilar. Shu vaqt Hudhud degan qush shunday podshoh borligini, uning nomi Simurg‗ ekanligi va 245 Simurg‗ning huzuriga bormoqchi bo‗lganlar uzoq hamda mashaqqatli yo‗lni bosib o‗tishlari zarurligini aytadi. Qushlar Hudhud boshchiligida yo‗lga tushadilar. Bir necha kun yo‗l yurgach mashaqqatli safar ularni toliqtiradi. Ular ortga qaytmoqchi bo‗ladilar va birin-ketin Hudhudga o‗z uzrlarini ayta boshlaydilar. Dastlab To‗ti uzr aytadi. Hudhud unga javoban «Hiylagarlikni kasb qilgan yashil chakmonli kishi» bilan bog‗liq hikoyatni keltiradi. To‗tidan so‗ng Tovus uzr aytib: «Tangri meni atrofdagilar ko‗rib, husnimga tahsin aytishlari uchun yaratgan, shunday ekan, menga bu safardan ne hojat?» – deydi. Hudhud unga javoban masxaraboz bir hinduning o‗zini turli naqsh-u nigorlar bilan bezab maydonda tomosha ko‗rsatgani, uning atrofi bir gala beboshlar to‗dasi bilan to‗lgach, nazoratchilar tomonidan tutib olinib, darra bilan savalangani haqidagi hikoyatni keltiradi. Undan so‗ng Bulbul uzr aytadi. U o‗z chamanidagi bir gulga oshiqligini, guldan ayriliqqa chidolmasligi va bu safar unga cheksiz hajr azobini olib kelayotganligini bayon qiladi. Hudhud unga bir podshohga oshiq bo‗lib qolgani haqida lof urgan gado hikoyatini keltiradi. Shu tariqa Qumri, Kabutar, Kabki dariy (Tog‗ kakligi), Tazarv, Qarchig‗ay, Shunqor, Burgut, Kuf (Boyo‗g‗li), Humoy, O‗rdak, Tovuq (Xo‗roz) kabi qushlar o‗z uzrlarini aytadilar. Hudhud ularning har biriga mos holatda turli hikoyatlar bilan javob qaytaradi. Qushlar yo‗llarida davom etadilar. Ular Hudhuddan Simurg‗ga yetishish yo‗li haqida so‗raydilar. Hudhud ularga dostondagi eng katta va alohida mavqega ega bo‗lgan «Shayx San‘on» haqidagi hikoyatni so‗zlab beradi. Hikoyatda keltirilishicha, Shayx San‘on 15 ismli avliyo Ka‘badagi barcha shayxlarga murshid – ustoz darajasida edi. Uning 400 ga yaqin muridi bo‗lib, ularning har biri Junayd 16 va Boyazidlarga 17 teng edi. Shayx San‘on tushida biror narsani ko‗rsa, bu voqea o‗ngida ham yuz berardi. Bir kuni u tushida Rum mamlakatida butxona ichida mast holda sayr qilib yurganligini ko‗radi. Uyg‗onib bu holiga tavba qiladi. Lekin mazkur tush bir necha bor takror bo‗lgach, uning ta‘biri taqdiri bilan aloqador ekanligini his qilib o‗z muridlari bilan Rum sari yo‗lga tushadi. Nihoyat, Rum o‗lkasiga yetib kelishadi. U yerda 15 Shayx San‘on (ibn Saqqo) – XI – XII asrlarda yashagan tarixiy shaxs. 16 Junayd Bag‗dodiy – tasavvufdagi sahv (hushyorlik) konsepsiyasining asoschisi. 910-yili vafot etgan. 17 Boyazid Bistomiy – tasavvufdagi sukra (ilohiy sharobdan mastlik, devonalik) yo‗lining asoschisi. 961-yili vafot etgan mashhur shayx. 246 g‗aroyib bir butxonani ko‗radilar. Shayx butxonaga kirgach, holatida o‗zgarish sodir bo‗ladi, ko‗ngli iztirobdan betoqat bo‗la boshlaydi. Shunda beixtiyor uning qarshisida yuziga parda tortgan tarso (xristian diniga mansub) qiz paydo bo‗ladi. Shamol ko‗tarilib, go‗zalning yuzidagi parda ochilgach, Shayx o‗zidan ketib tuproqqa yiqiladi. Shu tariqa Shayx ishq dardiga mubtalo bo‗ladi. Shayxning bu musibatli holatini ko‗rib muridlari nasihatlar bera boshlaydilar. Ular Shayxga aql mezoni bilan xitob etadilar, Shayx esa ishq yo‗sinida javob qaytaradi. Muridlar unga tahorat olib, ibodat qilmoqni maslahat berganlarida, Shayx ularga shunday javob qaytaradi: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling