Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Shayx deb: «Yo‘q ko‘z yoshimdin o‘zga suv,
Qon kelur hardam bog‘irdin ko‘zga suv».
Muridlardan birining Ka‘bani ziyorat qilmoq darkor degan da‘vatiga Shayx 
tomonidan shunday javob bo‗ladi: 
Shayx debkim: «Onda qilg‘onni talab 
Munda topdim, ne chekay ul yon taab».
Shu tariqa Shayx har muridning kuyinib aytgan o‗gitlariga ishq so‗zi bilan javob 
qaytaradi.
Butxonadagi kishilar esa din ahlining bu holatini mazax qilib, o‗z dinlarining 
ustunligini gumrohlarcha ta‘kidlay boshlaydilar. Bu hol tong yorishgunga qadar davom 
etadi. Muridlar nomusga chidolmay Shayxni yolg‗iz tashlab ketadilar. Shayx butxonadagi 
bolalarga ham masxara bo‗ladi. Shu tariqa oradan bir oy o‗tadi. Nihoyat, tarso qizi yana 
butxonada paydo bo‗ladi va islomdek buyuk din peshvosi Shayxning kofirlar butxonasida 
bu tarzda yashashidan maqsadi ne ekanini so‗raydi. Shayx tarso qiziga o‗z holini bayon 
qilib, bularning barchasiga sababchi sening orazing deb javob beradi. Tarso qizi shayx 
ishqining dalili sifatida unga to‗rt shartni bajarishi va ikki jurmona (jarima) to‗lashi 
kerakligini aytadi. Aytilgan to‗rt shart quyidagilar edi: 


247 
1) may ichmoq; 
2) zunnor bog‘lamoq; 
3) Qur’onni o‘tda kuydirmoq; 
4) butparastlar diniga kirmoq.  
Jurmona sifatida esa bir yil davomida cho‗chqaboqarlik qilish va otashgohda o‗t 
yoqishni buyuradi. Shayx bu shartlar va jurmonalarni ortig‗i bilan ado etadi. Shu tariqa 
oradan bir yil o‗tadi.
Shayxning Ka‘bada bir foniy
18
muridi bo‗lib, Shayx Rumga otlanganida, u boshqa 
bir mamlakatda safarda edi. Safardan qaytgach Shayxni topolmay, bo‗lib o‗tgan voqealar 
haqida surishtiradi. Muridlar unga ahvolni bayon qiladilar. Foniy murid ularga ta‘na qiladi 
va barcha muridlarni Rum sari yo‗lga boshlaydi. Yetib borib ko‗radiki, Shayxda na islom, 
na iymon maslagidan asar qolmagan. Sodiq shogird bu holni ko‗rib oh uradi va kecha-
kunduz Yaratganga munojot qilib Shayxning haqiga duo o‗qiydi va, nihoyat, Alloh uning 
duosini qabul etadi. Shayxga g‗oyibdan ogohlik yetib, ko‗zlaridan xijolat yoshlarini 
to‗kib, sadoqatda bemisl bo‗lgan shogirdiga uzrxohlik qiladi. Shayx yana egniga poklik 
xirqasini kiyib o‗z muridlari bilan Ka‘ba sari yo‗l oladi.
Rumda qolgan tarso qizi tush ko‗radi. Tushida Iso (a.s.)dan: «Shayx San‘ondek 
buyuk murshid sening huzuringga mehmon bo‗lib kelsa-yu, sen mezbonlik odatini 
bilmasdan uning boshiga ne kunlarni solding?! Endi vaqtni g‗animat bilib uning ortidan 
bor, diniga musharraf bo‗l», – degan xabar keladi. Tarso qizi oh urgancha, ko‗zlaridan 
nadomat yoshlarini to‗kib Ka‘ba tomon yo‗lga tushadi. Yo‗lda unga xastalik va ojizlik 
yuzlanib, tuproq ustida hushidan ketadi. Shayxga bu hol ayon bo‗lib muridlari bilan ortga 
qaytadi va tarso qizining so‗nggi lahzalarda iymon sohibasi sifatida jon berishiga shohid 
bo‗ladi.
Shu o‗rinda Navoiy agar unga Alloh umr bersa, o‗z ishqi sharhini nazmga solib bir 
doston yozish niyati borligini aytadi: 
Bir necha kun umrdin topsam amon, 
Sharhi ishqim nazm etay bir doston.
18
Foniy – o‗zligidan kechib Haq vasliga yetishgan solik. 


248 
 
Anda bilgay kimgakim insofdur 
Kim, so‘zum chinmudurur yo lofdur.
Ma‘lumki, tasavvufda Haqni tanishning ikki yo‗li mavjud. Birinchisi hayajonli, ruhiy 
kechinmalarni oshkora izhor etib borish mayli bo‗lsa, ikkinchisi osoyishta, ichki dardni 
yashirish maylidir. Birinchi mayl «sukra» (mastlik) yo‗li deb atalib, uning yirik 
namoyandalari sifatida Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Abu Sa‘id Abulxayr, Farididdin 
Attor, Jaloliddin Rumiy, Boborahim Mashrab nomlarini keltirish mumkin. Ikkinchi mayl 
sahv (hushyorlik) yo‗li deb nomlanib, uning tarafdorlari qatorida Junayd Bag‗dodiy, 
Sa‘diy Sheroziy, Bahouddin Naqshband kabi ijodkorlarni sanab o‗tish mumkin.
Adabiyotshunos olim N.Komilovning fikricha, Shayx San‘onning barcha diniy 
ilmlari va Qur‘onni unutishi Haqqa yetish uchun dunyoviylikdan, jumladan, aql va aqliy 
narsalardan qutulish, o‗zligini unutishga ishoradir. Uning xotirasi qaytishi esa sukradan 
sahvga qaytish hisoblanadi. Haqiqiy baqo sahv, ya‘ni hushyorlikka qaytishdan keyin 
boshlanadi. Sukradagi solik bamisoli dengizga sho‗ng‗ib g‗arq bo‗lgan kishi bo‗lsa, 
sahvga qaytgan dengizga sho‗ng‗ib gavhar donalarini olib qaytib chiqqan g‗avvos kabidir.
Hudhud hikoyatdan so‗ng asl manzilga yetish uchun 7 vodiyni bosib o‗tish 
kerakligini aytadi. Qushlar vodiylardan o‗ta boshlaydilar: 
1. Talab vodiysi – qushlarning Simurg‘ vasliga talabgorligi bilan bog‘liq.
2. Ishq vodiysi – bu vodiyda qushlarning qalbini Simurg‘ning ishqi band etadi, 
ular o‘zlarini va dunyoni unutadilar.
3. Ma’rifat vodiysi – bunda qushlar Simurg‘ haqidagi bilimlar, g‘oyalar 
cheksizligini his etadilar, Simurg‘ni taniy boshlaydilar.
4. Istig‘no (ehtiyojsizlik) vodiysida qushlarning ehtiyojmand, Simurg‘ning esa 
ehtiyojsizligi tasviri bayonida solikning mana shu ehtiyojsizlikni anglab yetish zamiridagi 
holati ifodalanadi.
5. Tavhid (birlik) vodiysi. Butun borliq yagona ruh – Simurg‘dan iborat ekanligini 
tushunish.


249 
6. Hayrat vodiysi – Simurg‘ning ulug‘vorligidan hayratga tushib aqldan mahrum 
bo‘lish.
7. Faqr-u fano vodiysida o‘zlikdan voz kechib Simurg‘ bilan birlashish, abadiylikka 
qaytish mohiyati mujassam.
Doston so‗ngida qushlar o‗zlaridagi Simurg‗ni kashf etadilar.
Tasavvuf falsafasiga ko‗ra, bu dunyo Haqning tajalliysi – Allohning jilolanishidir. 
Dunyodagi barcha mavjudot Allohning zuhuridir. Shu ma‘noda inson ham o‗zidagi mana 
shu zarrani kashf etmog‗i, buning uchun esa juda uzun va mashaqqatli yo‗lni bosib 
o‗tmog‗i kerak. Bu, yuqorida keltirilganidek, yetti vodiydir. So‗nggi vodiy Faqr-u fano 
vodiysi, ya‘ni yo‗qlikka aylanib Allohga qo‗shilmoqdir.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Simurg‗ – Haqqa yetishish timsoli. Qushlar – 
Haq vasliga talabgor soliklar timsoli. Hudhud – piri komil ramzi.
Dostondagi ba‘zi qushlarni ramziy timsollar sifatida quyidagicha talqin qilish 
mumkin: 
Tovus – dunyo go‘zalligiga mahliyolik.
Qarchig‘ay – hokimlik qilish istagi.
Bulbul – foniy dunyo oshig‘i.
Kaklik – o‘z raftor-u amallariga mahliyo bo‘lish.
Burgut – maqsadsiz kuch-qudrat.
Tovuq – fikriy, ma’naviy parvozdan mahrumlik.
Bundan kelib chiqadiki, ko‗pchilik Haqqa yetishish da‘vosi bilan sulukka kirishi 
mumkin, lekin hamma ham bu yo‗ldagi imtihon va sinovlardan o‗ta olmasligi mumkin 
ekan.
«Lison ut-tayr» dostoni Attor dostoni singari ramal bahrining ramali musaddasi 
mahzuf vazni (ruknlari va taqti‘i: foilotun foilotun foilun – V – – – V – – – V –) 
vaznida yozilgan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling