Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

«Risolayi tiyr andoxtan» risolasi har bir fikrning sof diniy dalillar – hadis va 
rivoyatlar ila izohlanganligi bilan alohida xarakterlanadi. Risola hajman kichik, muallif 
bunda kamondan o‗q uzishning qanchalik savobli amal ekanini asoslashga e‘tibor 
qaratadi.
Risolada bir nechta hadis va rivoyatlar keltirilgan. Navoiy kamondan o‗q otishning 
qanchalik savobli amallardan ekanligiga asosiy urg‗uni beradi. Bu bejiz emas, chunki 
o‗rta asrlarda yurt himoyasi askarlarning fidoyi va jasurligi hamda bevosita qurollarni
ayniqsa, kamonni mahorat bilan ishlata bilishi bilan ta‘minlangan. Mazkur asar Vatan 
himoyasiga chog‗langan yigitlarni o‗z ishlarining Tangri va payg‗ambar tomonidan 
sevilgan, ma‘qul ko‗rilgan amal ekanligiga ishontirishga xizmat qilgan.


254 
«Nasoyim ul-muhabbat» (to‗liq nomi «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyil ul-
futuvvat» – «Mardlik xushbo‗yliklarini taratuvchi muhabbat shabadalari») asari 1495 – 
1496-yillarda yaratilgan bo‗lib, Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot ul-
quds» (Do‗stlik tarovati) asarining ijodiy tarjimasidir.
Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns» asarida 616 ta shayx haqida ma‘lumot 
keltirilgan. Hazrat Navoiy bu ma‘lumotlarni qayta ishlab, to‗ldirib shayxlar sonini 770 
taga yetkazadi, ulardan 35 tasini avliyo ayollar tashkil etadi.

Tarixiy, yodnoma va turli mavzudagi asarlari 
Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» risolasi islom dini manbalariga 
asoslangan bo‗lib, payg‗ambarlar – rasul va nabiylar hamda hakim zotlar – allomalar 
tarixiga bag‗ishlangan. Unda 60 dan ziyod payg‗ambar, 13 nafar hakim – allomalar tarixi 
bayon qilingan.
Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» (Arab bo‘lmagan shohlar tarixi) asari 
o‗z davri nuqtayi nazaridan ilmiy dalillarga asoslangan risola hisoblanadi. Asarda Eron va 
Turon mulkida hukmronlik qilgan to‗rt sulola: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, 
sosoniylar tarixi batafsil hikoya qilinadi.
Alisher Navoiy peshdodiylar sulolasiga mansub 11, kayoniylar sulolasidan 9, 
ashkoniylar sulolasidan 15, sosoniylar sulolasidan 28, jami to‗rt suloladan 63 
hukmdorning nomlari, ularning tarjimayi holi, hayoti va yuritgan siyosatiga doir 
ma‘lumotlarni taqdim etadi.
Navoiyning piri, ustozi Abdurahmon Jomiy xotirasiga bag‗ishlangan «Xamsat ul-

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling