Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12. XONLIKLAR DAVRI ADABIYOTI 12.1. Zahiriddin Muhammad Bobur
Savol va topshiriqlar:
256 1. Navoiyning lirik merosi haqida ma’lumot bering. 2. «Xazoyin ul-maoniy»ning tarkibiy tuzilishi haqida so‘zlang. 3. Navoiyning xamsa janri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nimalarda namoyon bo‘ladi? 4. Navoiyning adabiyotshunoslikka doir asarlarini sanang. 5. Navoiyning tarixiy va yodnoma asarlari haqida nimalarni bilasiz? 6. Navoiyning tilshunoslik nazariyasiga qo‘shgan hissasi qaysi asarida namoyon bo‘ladi? 7. «Mahbub ul-qulub» asarining tarkibiy tuzilishi haqida so‘zlab bering. 12. XONLIKLAR DAVRI ADABIYOTI 12.1. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483 – 1530) Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Farg‗ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‗ildi. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx mirzo (1455 – 1494) Temurbekka evara (Abusaid mirzo – Sulton Muhammad mirzo – Mironshoh – Amir Temur) edi. Onasi Qutlug‗ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o‗zbeklashgan mo‗g‗ul urug‗idan bo‗lib, o‗n ikki avlod orqali Chingizxonga tutashgan. Bobur uni: «Chingizxonning ikkinchi o‗g‗li Chig‗atoyxon naslidandir», – deb tanishtiradi. Umarshayx mirzoning Zahiriddin Muhammad Bobur, Jahongir mirzo, Nosir mirzo ismli uch o‗g‗li, Xonzodabegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim ismli besh qizi bo‗lib, Bobur o‗g‗illarining eng kattasi edi. O‗zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar. Umarshayx Andijonning g‗arbida joylashgan Axsi (Axsikat deb ham aytilgan, Sirdaryoning o‗ng sohilida, hozirda Namangan viloyati Shaxand qishlog‗i hududida xarobalari saqlanadi) shahrini poytaxt qilgandi. 1494-yili Boburning tog‗asi va amakisi Sulton Mahmudxon hamda Samarqand podshohi Sulton Ahmad mirzo bilan ittifoq tuzib qo‗shin tortib kelganlarida, Axsi 257 qo‗rg‗onidagi jar yoqasida turgan Umarshayx mirzo xobxona-yu xosxonasi bilan birgalikda jarga qulab halok bo‗ladi. 12 yoshli Bobur dastlab Shayx Mazidbek, so‗ng Boboquli Boboalibek, Qosim qavchin kabi beklar yordamida hokimiyatni idora qilishga kirishadi. 1495-yili Boburning amakivachchalari, Sulton Mahmudning o‗g‗illari: Sulton Mas‘ud va Boysung‗ur mirzolar Samarqand uchun kurash boshlaydilar. Bobur qo‗shin tortib Samarqandni qamal qiladi. 1497-yili Bobur mingga yaqin kishi bilan yana Samarqandga otlanadi va shaharni egallaydi. Lekin unga xiyonat yuz berib, Samarqand ham, Andijon ham qo‗ldan ketadi. Bobur 1499-yilning iyun oyida, salkam ikki yildan keyin Andijonga qaytib qo‗ldan chiqqan yurtini qayta egallashga muvaffaq bo‗ldi. 1501-yilning kech kuzida Shayboniyxon olgan Samarqand shahrini egallashni maqsad qilgan Boburning 70 – 80 yigiti tun yarmidan og‗ganda qal‘aga narvon qo‗yib Feruza darvozasini ishg‗ol etadilar. Shu yil qishda Bobur va Shayboniy qo‗shinlari to‗qnashadi. Jang Shayboniyxon foydasiga hal bo‗ladi. 1503-yilning sentyabri oxirlarida Bobur shiddat bilan borib Kobul va G‗aznani jangsiz oladi. Bobur Kobulni olgach Hindistonni egallash rejasini tuza boshlaydi. Bu boradagi birinchi harakat 1507-yilning yanvariga to‗g‗ri keladi. 1526-yil 2l-aprelda Panipatda Boburning 12 ming kishilik qo‗shini hind sultoni Ibrahim Lo‗diyning 100 ming kishilik askari bilan to‗qnashadi. Jangda Bobur g‗alaba qozonib, Yevropada «Buyuk mo‗g‗ullar imperiyasi» nomi bilan shuhrat topgan davlatga asos soladi. 1526-yilning 21-dekabrida Bobur dushmanlari tomonidan zaharlanib, tasodif tufayligina omon qoladi. Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‗chiriladi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling