Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

She’rlaridan namunalar 
 

Garchi avval sadr aylab bizni badnom ettilar,
Lutf etib, oxir Hirida shayxulislom ettilar. 
 

Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur,


270 
Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur.
Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari,
Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.
Ulki, jondin kechadur sham’i visolingni ko‘rub,
Vah, na xush vaqt-u na xush soat, na oson kechadur.
Ravshan o‘lg‘ay davlati vaslida hijron oqshomi,
Gar gunohimdin bilib ul mohi tobon kechadur.
Xoja yanglig‘ nola qil zulfi g‘amidin kechalar 
Kim, mahalli nola-vu faryod-u afg‘on kechadur.
(Zahiriddin Muhammad Boburga yuborilgan bu g‘azal shohga ma’qul kelgan) 
12.4. Boborahim Mashrab 
(1653 – 1711) 
Boborahim Mullavali o‗g‗li Mashrab mumtoz adiblarimiz orasida o‗zidan keyin 
alohida va takrorlanmas maktab yaratgan ulug‗ ijodkorlarimizdan biridir. Sharqda 
mashrabxonlik xuddi hofizxonlik, fuzuliyxonlik, navoiyxonlik, bedilxonlik singari keng 
yoyilgan.
Bog‗istoniyning «Tazkirayi qalandaron» asaridagi ma‘lumotlarga ko‗ra, Boborahim 
Valibobo o‗g‗li Mashrab 1653-yili Namanganda kosib oilasida tug‗ilgan. Mashrabni shu 
hududda katta ulamo, Haq yo‗liga boshlovchi tariqat rahnamosi sanalgan Mullo Bozor 
oxundga uchrashtiradilar. Mashrab undan ta‘lim oladi, tarbiya ko‗radi. Mullo Bozor 
oxund Koshg‗arga – Ofoq xoja huzuriga borishi kerakligini aytadi. Islom dunyosining 
ulug‗laridan biri bo‗lmish bu zot yangi muridi qalbidagi ilohiy muhabbat nurlarini ilg‗ab 
unga Mashrab (ma‘nosi ishq sharobini ichgan) nomini beradi. Mashrab Ofoq xoja 
huzurida yetti yil tahsilda, xizmatda, riyozatda bo‗ldi va Haqqa yaqin avliyo zot bo‗lib 
yetishdi.
Mashrab, ustozi Ofoq xoja bashorat qilganidek, 1711-yili Balx hokimi Mahmud 
Qatag‗on amri bilan Qunduz shahrida qatl etilgan.
Mashrab o‗z asarlarini jamlab devon tuzgan emas. She‘rlari «Devoni Mashrab» 
qissalarida, turli bayozlar va to‗plamlar tarkibida tarqoq holda bizgacha yetib kelgan. 1958 


271 
– 1980-yillar oralig‗ida uning she‘rlari to‗plam holida bir necha marta nashr qilingan. 
Mashrabning nisbatan mukammal to‗plami Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990-yili 
«Mehribonim, qaydasan» nomi bilan nashrga tayyorlanib chop etildi. To‗plam shoirning 
g‗azal, mustazod, murabba‘, muxammas, musaddas, musabba‘ janrlarida yozgan 
she‘rlaridan iborat.
«Mabdayi nur», «Kimyo» kabi badiiy-falsafiy, diniy-axloqiy asarlar ham Mashrab 
qalamiga mansub deb qaraladi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling