Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
«Shayboniynoma» dostoni Unda Shayboniyxonning temuriylarga qarshi olib borgan kurashlari, ularni yengib taxt tepasiga kelishi voqealari, ya‘ni 1499 – 1505-yillarda yuz bergan real tarixiy hodisalar yoritiladi. Shu jihatdan u o‗zbek adabiyotidagi aniq va real tarixiy voqealar tasviriga bag‗ishlangan birinchi jangnomadir. 1510-yili shoir tirikligida Qosim kotib tomonidan ko‗chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. German Vamberi uni 1885-yili nemischaga tarjima qilib nashr ettirgan. So‗ngroq asar boshqa tillarga ham tarjima qilindi. «Shayboniynoma» O‗zbekistonda 1961- va 1989-yillarda chop etildi. «Shayboniynoma» 9000 misraga yaqin bo‗lib, 76 bobni tashkil qiladi. An‘anaga ko‗ra, hamd, munojot va na‘t bilan boshlanadi. So‗ng so‗z ta‘rifi keltirilib, Muhammad Shayboniyxon vasfiga o‗tiladi. O‗n beshinchi bobga kelib «Kitob nazmining sababi» berilgach asosiy qism voqealari hikoya qilinadi. 12.3. Xoja (1480 – 1547) Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja avliyo Zangi Ota avlodlaridan bo‗lib, 1480-yili Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhobxoja oilasida tug‗ilgan. Shayxulislom islom dinidagi eng katta mansab, unvondir. Xojaning o‗g‗li Hasanxoja Nisoriy (1516 – 1597) o‗zining «Muzakkiri ahbob» (Do‗stlar yodnomasi) asarida ota-bobolari haqida batafsil ma‘lumot beradi. Poshshoxoja dastlab otasi qo‗lida, so‗ng e‘tiborli murabbiylar qo‗lida tahsil oladi. Niso, Marv madrasalarida o‗qiydi. Tahsilini tugatar-tugatmas temuriylar xizmatiga kiradi. 1496-yili Husayn Boyqaroning o‗g‗li Muhammad Muhsin mirzo (u Kepak mirzo nomi bilan ham mashhur) hukumatida ishlay boshlaydi. 1507-yili Muhammad Muhsin mirzo Mashhad yaqinida Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon bilan bo‗lgan urushda asir tushib, qatl etiladi. Shundan so‗ng Xoja ona yurtiga ketib badiiy ijod bilan shug‗ullana boshlaydi. Lekin oradan bir yil o‗tmay Niso va Obivard shaharlari ham Shayboniyxon 267 qo‗liga o‗tadi va xon Xojani yo‗qlab Nisoga tegishli Durun viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Shu yili Nisoga Muhammad Solih hokim bo‗lib keladi. 1510-yili Shayboniyxon Eron bilan urushda halok bo‗lgach, Xoja dastlab Samarqandga, so‗ng Buxoroga o‗tib yashab qoladi. Shayboniyxonning o‗g‗li Temur sulton hukumatida xizmat qiladi. 1514-yili u halok bo‗lgach, o‗zbeklar hokimiyatining eng yoshi ulug‗i – Abulxayrxonning o‗g‗li Ko‗chkinchixon huzuriga boradi. 1515 – 1516-yillarda Karmana hokimi Jonibek sulton hukumatida mas‘ul vazifalarda ishlaydi. 1529-yili Xojaga alohida hurmat bilan qaragan Ubaydullaxon uni o‗z yoniga chaqiradi va Hirot shayxulislomligi hamda Abdulla Ansoriy (1006 – 1088) maqbarasi shayxligini topshiradi. 1534-yildan Xoja Ubaydullaxonning iltimosi bilan Kistan Xoja qalamravidagi Balx shahrining shayxulislomi vazifasida ishladi. 1540-yillarning boshida hukmdor va Xoja orasidagi munosabat sovuqlashadi. Adib mansabidan iste‘fo beradi va Buxoroga qaytib badiiy ijod bilan shug‗ullanadi, 1547-yili shu yerda vafot etadi. Xoja XII asrda Buxoroda Abduxoliq G‗ijduvoniy asos solgan mashhur «xojagon» silsilasining ko‗zga ko‗ringan vakillaridan biri hisoblangani uchun Bahovuddin Naqshband qabri yoniga dafn qilinadi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling