Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ruboiylar
 

Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikkisi muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
 

Yo qahr-u g‘azab bila meni tufroq qil,
Yo bahri inoyatingda mustag‘roq qil.
Yo rab, sangadur yuzum qaro yo oq qil,
Har nav’i sening rizong erur, andoq qil.
 

G‘urbat tug‘i yopqon ruxi zardimnimu dey
Yo hajr chiqarg‘on ohi sardimnimu dey?
Holing nedurur, bilurmusen dardimni,


265 
Holingni so‘raymu, yo‘qsa, dardimnimu dey? 
 

Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
 
12.2. Muhammad Solih 
(1455 – 1534
Muhammad Solih 1455-yili Xorazmda tug‗ildi. Bobosi Amir Shohmalik Mirzo 
Ulug‗bekning tarbiyachisi bo‗lgan. Otasi Nur Saidbek Mirzo Ulug‗bek saroyida xizmat 
qilgan.
Muhammad Solih Abdurahmon Jomiy qo‗lida tahsil oladi. Adabiyot, tarix, falsafani, 
arab, fors tillarini o‗rganadi, naqqoshlik, xattotlik bilan shug‗ullanadi. Otasi Nur 
Saidbekning sirli o‗limi unga qattiq ta‘sir qilsa-da, 1489-yilga qadar Husayn Boyqaro 
saroyida ishlaydi. Navoiy «Majolis un-nafois» asarida u haqda shunday yozadi: 
«Muhammad Solih ismi munosabati bilan Solih taxallus qilur. Nur Saidbek o‘g‘li turur. 
O‘zi muloyim yigitdur... Tab’ida xeyli choshni (maza) bor. Xatqa ham qobiliyati 
ko‘pdur...»
1499-yili, Temuriylar saltanati tanazzulga uchrayotgan paytda, Shayboniy huzuriga 
boradi. Shayboniy unga «amir ul-umaro» (amirlar amiri), «malik ush-shuaro» (shoirlar 
shohi) unvonlarini beradi. Shayboniy 1500-yili Boburga qarshi Samarqand sari otlanar 
ekan, poytaxt qilib turgan Buxoro hokimligini Muhammad Solihga topshiradi. 1504 – 
1505-yili Xorazm yurishida Muhammad Solih amir ul-umaro sifatida ishtirok etadi. 
Ma‘lum muddat Chorjo‗yda, so‗ng Ashxobod yaqinidagi Niso shahrida hokim bo‗ladi, 
shayboniylar tomonda turib temuriylarga qarshi kurashadi. Muhammad Solihning o‗g‗li 
Mirzo Ulug‗bek iste‘dodli shoir bo‗lgan.
Muhammad Solih 1534-yili Shayboniylar saltanati poytaxti Buxoro shahrida vafot 
etgan.


266 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling