Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Asardagi hikoyatlar 

«Kabutar bilan zog‘» 
Bir tabib bog‗da daraxt shoxida urushishga shaylangan kabutar va zog‗ – qarg‗ani 
ko‗radi. Shunda ikki qush suv ichmoqchi bo‗lganda rustoiy uni otib o‗z qushiga yem 
qiladi, kabutar qochib qutuladi. Xulosa: agar zog‗ o‗z jinsidagilar bilan o‗z makonida 
yurganda edi, qushga yem bo‗lmas edi.

«Toshbaqa bilan chayon» 
Chayon (kajdum) va toshbaqa (sangpusht) Iroqdan Hizojga ketishda do‗st bo‗ladilar. 
Yo‗lda uchragan daryodan o‗tishda toshbaqaning yelkasiga chiqib olgan chayon do‗stiga 
nish sanchadi va toshbaqa bir suvga sho‗ng‗ib chayonni g‗arq qiladi. Xulosa: do‗st 
tanlashda yanglishmaslik zarur.

«Dumsiz eshak» 
Dumi yo‗q eshak dum izlab ekinzorga borib qolganda, dehqon uning ikki qulog‗ini 
ham kesib tashlaydi. Xulosa: shukr qilmagan boridan ham ayriladi.

«Yolg‘onchi tuya» 
Qishda loyga yiqilgan tuya yo‗lda tulkini uchratib qoladi va unga: «Hammomdan 
kelyapman», – deydi. Tulki kulib: «Hammayog‗ing toza-yu, lekin hammomchi o‗lgan 
ekanmi?» – deydi. Xulosa: yolg‗onchilik kishini sharmanda qiladi.

«Yodgor po‘stindo‘z» 
Yodgor po‗stindo‗z o‗zini maqtab doim lof uradi, o‗zining 15 yoshida Nuh 
payg‗ambarga, 20 yoshida Ibrohim payg‗ambarga, 25 yoshida Ahmad Yassaviyga 
aloqador bo‗lganini aytaveradi, qilgan ishi esa firib: tikkan po‗stini chokidan barmoq 
o‗tadi, Yodgor po‗stindo‗z esa musht o‗tmasa xo‗p tikish deb o‗zinikini ma‘qullab 


278 
yuraveradi. Xulosa: hayotda shunday odamlar borki, ularning ishi va so‗zi umuman mos 
kelmaydi.
12.7. Amiriy 
(1787 – 1822
«Qo‗qon adabiy muhiti» asoschisi, Qo‗qon xoni (1810 – 1822) Umarbek 1787-yili 
ming urug‗i vakili Norbo‗tabiy xonadonida tug‗ildi. Umarbek Muhammad Yoqub qo‗lida 
tahsil oldi. Qo‗qon xoni – akasi Olimxon Umarbekni 1807-yili Farg‗ona hokimi qilib 
tayinlaydi. Shu yillari u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim – Nodiraga 
uylanadi.
1810-yili Toshkent hokimligiga yurish qilgan Olimxon («Zolim xon») o‗ldiriladi va 
taxtga Umarxon chiqadi. Umarxon Amiriy taxallusi bilan she‘rlar yozgan. Uning davrida 
Uvaysiy, Nodira, Dilshod Barno singari ayol shoiralar, Akmal, Gulxaniy, Maxmur, Fazliy, 
Mushrif, Mirzo Qalandar, Mulla Abdukarim, Xon va boshqa ko‗plab shoirlar ijodi ravnaq 
topdi. «Majmuat ush-shuaro» tazkirasi Amiriy homiyligida dunyoga keldi. Amiriy Alisher 
Navoiydan kuchli ta‘sirlangan, uning yigirma besh g‗azaliga taxmis bog‗lagan.
Umarxonning o‗g‗li Madalixon Xon taxallusi bilan she‘r yozgan. Amiriy bilan ijodiy 
hamkorligi haqida Nodira devon debochasida yozadi: «… goho ul hazrat ba‘zi toza 
mazmunlardan bir misra bilan savol tariqasida so‗rar erdilar, …misra bilan javob aytur 
erdim va tabiatlarini xush qilur erdim. Biri buldurkim, bir kun savol qildilarkim. Misra: 
«Nega arbobi xirad ahli junundin ori bor?» Javob aytdimki, misra: «Kim bular uryon 
(uryon – yalang‗och)larning jubba-u dastori (jubba-u dastor – hashamatli) bor».
Shoir Amiriy 1822-yili 35 yoshida vafot etgan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling