Dilnavoz Yusupova
«Firoqnoma» muashsharidan
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarji’banddan
- 12.9. Jahon Otin Uvaysiy
«Firoqnoma» muashsharidan
Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak, Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak, Yordin ayru mango ko‘p mojaro aylar falak, G‘am ila guldek yuzimni kahrabo aylar falak, Bevafodur oqibat, kimga vafo aylar falak, Hasrat-u dard-u alamga mubtalo aylar falak, Yorni, albatta, yoridin judo aylar falak, Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak, Hech kim, yo rab, jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortuq mehribon dildoridin ayrilmasun. Tarji’banddan Xating ishtiyoqin savod ayladim, Ko‘zumning qorasin midod ayladim. Meni, baski, devona qildi g‘aming, Junun ahlig‘a ittihod ayladim. Ko‘rub tushda yuzingni beixtiyor Fig‘on chektim andog‘ki, dod ayladim. 283 Rafiqim jigar xasta afgorlar, Alar birla ahdi vidod ayladim. Seni jud-u ehsona targ‘ib etib, Xitobingni xayruljavod ayladim. Murodimni sendin toparmanmu deb Xaloyiqqa sa’yi murod ayladim. Visolingdin, ey jon, topolmay so‘rog‘ Nelar tushti boshimga sendin yirog‘? 12.9. Jahon Otin Uvaysiy (XVIII asrning 80-yillari – XIX asr o‘rtalari) Jahon Otin 1789 – 1790-yillarda Marg‗ilonda ziyoli oilada tug‗ildi. Otasi Siddiq kosiblik bilan shug‗ullansa-da, «Hofiz bobo» nomi bilan tanilgan bo‗lib, o‗zbekcha va tojikcha she‘rlar bitardi. Onasi Chinnibibi maktabdor bo‗lib, qizlarga dars berardi. Akasi Oxunjon hofiz xonanda va sozanda bo‗lgan. Jahon Otin o‗n yetti yoshida marg‗ilonlik Hojixon ismli bir kishiga turmushga uzatildi. Muhammadxon ismli farzand ko‗rdilar. Jahon otinning «Uvaysiy» taxallusi bilan bitilgan she‘rlari mashhur bo‗lib, Marg‗ilon hokimi bo‗lib turgan Umarbekning umr yo‗ldoshi shoira Nodirabegimga ham yetib bordi. Ikki oila bir-biri bilan yaqinlashib, Oxunjon hofiz saroy sozandasi qilib olindi. Hojixonga esa hokimlikdagi martabalardan biri in‘om qilindi. Biroq Hojixon erta vafot etdi. Jahon Otin yakka-yolg‗iz o‗g‗li-yu homilasi bilan qoldi. Qizi Quyoshxon tug‗ilganda, Umarxon Qo‗qon xoni, Nodirabegim malikayi davron edi. Nodirabegim Uvaysiy oilasini Qo‗qonga ko‗chirtirib keladi va ularning do‗stona munosabatlari 1842-yil fojiasiga qadar davom etadi. Uvaysiy o‗z faoliyati davomida ko‗plab shogirdlar etishtirib chiqargan. 1822-yili Amir Umarxon vafot etib, o‗rniga o‗g‗li Muhammad Alixon o‗tirgach, Uvaysiy xonadoniga notinchlik kirib keladi. Xon shoiraning o‗g‗li, 14 – 15 yoshli Muhammadxonning «Majnun» taxallusi bilan she‘rlar bitishidan xabar topib saroy xizmatiga mahram qilib oladi. Shu orada Uvaysiy bilan Muhammad Alixon orasida gap 284 qochadi va xon shoiraning o‗g‗lini sarboz sifatida Qashqarga harbiy yurishga jo‗natib yuboradi. Uvaysiyga o‗g‗lini qayta ko‗rish nasib etmaydi. Bu narsa shoiraga qattiq ta‘sir qildi. Uvaysiy Nodirabegimdan ijozat olib Marg‗ilonga qaytdi. Onasining tarbiyasini olgan Quyoshxon «Xokiy» taxallusi bilan ajoyib she‘rlar bitadi. Uni marg‗ilonlik Abdusamad qori degan yigitga uzatadilar. U Quyoshxonning she‘r va musiqaga bo‗lgan har qanday qiziqishini taqiqlab qo‗yadi. Har bir xatti-harakatini ta‘qib va tazyiq ostiga oladi. Bularga chidolmagan Quyoshxon 1839-yili o‗ttiz yoshida vafot etadi. Uvaysiy qizidan bir yoshda qolgan nabirasi Bibi Xadichani tarbiya qila boshlaydi. Biroq bu tarbiya 1850-yili shoiraning vafoti bilan uzilib qoladi. Bibi Xadicha ham «Azmiy» taxallusi bilan she‘rlar yozgan. U Andijonning Mingtepasidan bo‗lgan Abduqodir degan kishiga uzatilgandi. Uning qizi Xoljonbibi ham «Mag‗ziy» taxallusi bilan tanilgan shoira edi. Uvaysiy merosi bizga, asosan, mana shu Xoljonbibi orqali yetib kelgan. XX asrning 60-yillarida olimlarimiz Andijon viloyatining Marhamat tumanida Uvaysiy avlodlari yashayotganini aniqlab, shoiraning chevarasi Xoljonbibi bilan uchrashishga va anchagina ma‘lumotlarni qo‗lga kiritishga muvaffaq bo‗ldilar. Uvaysiyning she‘riy devoni topilib, 1983-yili «Ko‗ngil gulzori» nomi bilan nashr etilgan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling