255
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» manoqibi Sayyid Hasan Ardasher vafotidan ikki
yil keyin – 1490 – 1491-yillarda yaratilgan. Asarda
Alisher Navoiy Sayyid Hasan
Ardasherni komil inson sifatida tasvirlaydi. Asarni o‗qish jarayonida Sayyid Hasan
Ardasherning ma‘naviy-ruhiy dunyosi bilan
yaqindan tanishar ekanmiz, ulug‗ shoir bu
zotni bejiz komil inson sifatida tanlamaganiga guvoh bo‗lamiz.
Hazrati Alisher Navoiy uchun ham do‗st, ham ota, ham ustoz maqomida bo‗lgan
zotlardan biri Pahlavon Muhammadning vafotidan so‗ng ulug‗ shoir «Holoti
Pahlavon
Muhammad» asarini yozadi. Unda Pahlavon Muhammad shaxsiyati,
uning ibratli hayoti
va u bilan bog‗liq xotiralari haqida to‗xtaladi.
«Munshaot» asari Alisher Navoiyning turli vaqtda turli shaxslarga yo‗llagan
maktublaridan iborat to‗plam bo‗lib, musulmon Sharqi insho san‘atining turkiy tilda
yaratilgan yuksak namunalaridan hisoblanadi. Asar 100 dan ortiq maktubni o‗z
ichiga
oladi. Asar o‗z davrining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘naviy
hayoti haqida xabar
beruvchi muhim manba sifatida ham g‗oyat qimmatlidir.
«Mahbub ul-qulub» (Ko‘ngillarning sevgani) hazrat Navoiyning umri poyonida
yozgan so‗nggi asari bo‗lib, 1500-yili yaratilgan. Asar axloqiy-ta‘limiy mazmunda, buyuk
mutafakkirning boy hayotiy tajribasi va xulosalari asosida yaratilgan.
«Mahbub ul-qulub» asari 3 qismga bo‗linadi. Birinchi qism «Xaloyiq ahvol va af‘ol
va aqvolining kayfiyati»
deb atalib, 40 faslni o‗z ichiga oladi. Unda sultonlardan tortib
darveshlargacha bo‗lgan 49 ijtimoiy tabaqa va guruhlarning tavsifi keltiriladi.
Asarning 10 bobdan iborat ikkinchi qismi «Hamida af‘ol
va zamima xisol
xosiyatida» deb nomlanib, axloqiy masalalarga bag‗ishlangan.
Asarning 3 qismi «Mutafarriqa favoyid va amsol surati» deb atalib,
turli foydali
pandlar va hikmatlarni o‗z ichiga oladi. Asarda ular «tanbeh» nomi bilan atalib, jami 127
ta tanbeh keltirilgan. Mazkur asar buyuk mutafakkir merosining muhim va qimmatli
yodgorligidir, u XV asrdan keyingi badiiy nasr taraqqiyotiga samarali ta‘sir ko‗rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: