Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Yig‘ib yaxshiliq birla yaxshi qiliq,
Qiliqdek boshingdin ayoq yaxshiliq. 240 11 – 14-boblarda qadimgi fors-eron shohlarining to‗rt tabaqasi: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar tarixi haqida ma‘lumotlar keltiriladi. Dostonning asosiy qismi 15-bobdan boshlanadi. Asosiy qism o‗ziga xos kompozitsiyaga ega. Uni shartli ravishda quyidagi 4 qismga bo‗lish mumkin: 1) Iskandar voqeasi – Iskandar hayoti bilan bog‘liq biror voqea yoki hodisa bayoni; 2) nazariy masala – muayyan axloqiy muammoning ta’rifi; 3) hikoyat – shu axloqiy masalaga doir hikoyat; 4) hikmat – Arastu va Iskandarning suhbati. Birinchi qism lirik xotimaga ham ega. Bu soqiy, mug‗anniy va Navoiyga murojaat tarzidagi baytlar bo‗lib, Nizomiyda «Iskandarnoma»ning birinchi qismi bo‗lmish «Sharafnoma»da soqiyga, ikkinchi qism «Iqbolnoma»da mutribga murojaatni ko‗rsak, dehlaviy dostonida ham soqiy, ham mutribga murojaat mavjudligini kuzatamiz. Navoiyda esa soqiy va mutribdan so‗ng o‗z-o‗ziga ham murojaat qilinganligi ko‗rinadi. Asosiy qism voqealari Iskandarning tug‗ilishidan boshlanadi. Rum mamlakatining shohi Faylaqus tangridan farzand so‗raydi. Bir kuni ovdan qaytar ekan, shaharga kiraverishdagi vayronada yangi tug‗ilgan chaqaloq va o‗lik onani uchratadi. Shoh o‗likni dafn ettirib, chaqaloqni o‗ziga farzand qilib oladi va unga Iskandar deb nom beradi. Shoh Iskandarning ta‘lim-tarbiyasiga katta e‘tibor beradi va Arastuning otasi Naqumojisni unga ustod qilib tayinlaydi. Iskandar toj-taxt va boylikka emas, balki ilm-fan va olijanob fazilatlarga muhabbat ruhida ulg‗ayadi. Doston bilan tanishish jarayonida Navoiy shunchaki Iskandar tarixini yozishni emas, balki u bilan bog‗liq voqealarning ma‘nosini ochishni maqsad qilganini ko‗ramiz. Buni yuqorida keltirganimiz muayyan axloqiy masalaning ta‘rifi, hikoyatlar, savol-javob va lirik xotimalarning o‗zaro almashinib kelishidan ham sezish mumkin. Faylaqus vafot etgach, valiahd sifatida taxtni Iskandar egallashi kerak edi, lekin u taxtga chiqishga oshiqmaydi. Xalq uning shoh bo‗lishini qattiq talab qilib turib olgandan keyingina, Arastu unga toj kiygizadi. Iskandar xalq oldiga shart qo‗yib, kimning arz-dodi bo‗lsa, shohni o‗zi bilan teng ko‗rib ahvolini aytishini so‗raydi: 241 Ki, berdi manga dodgarlik Iloh, Bor ersa xaloyiq aro dodxoh, Kelib ollima arzi hol aylasun, O‘z ahvolini qiyl-u qol aylasun! Iskandar taxtga o‗tirgach adolat bilan mamlakatni boshqara boshlaydi. Xalqni ikki yillik xirojdan ozod etadi. Dostonda shu o‗rinda adolatning ta‘rifi beriladi. Bu ta‘rif hadislar vositasida tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi barcha insonlarning toatidan afzal degan hadis keltiriladi. So‗ng shoh Mas‘udning bir kuni tushida otasi Mahmudni nurga g‗arq bo‗lgan holda jannat bog‗larida yurganini ko‗rgani va otasidan bu holga qanday sazovor bo‗lganini so‗raganida, otasi Hindistonni egallash vaqtida elga qilgan birgina adolati tufayli Alloh unga shunday martabani loyiq ko‗rgani haqida so‗zlab berganiga doir hikoyat ilova qilinadi. «Hikmat» bobida esa Iskandarning Arastu bilan adolat haqidagi savol-javobi keltiriladi. Arastuning fikricha, shoh har bir ishda adolat mezoni asosida ish tutsa, uning mulk-u mamlakati obod, xalqi badavlat bo‗ladi. Xalq badavlat bo‗lsa, askarlarning maoshi ham ortadi va qo‗shin hamisha g‗olib chiqadi. Shu tariqa Iskandar adolat mezoni asosida ko‗plab mamlakatlarni egallaydi, suv tubiga tushadi. 23-bobdan dostonga Doro obrazi kirib keladi. Navoiy Doroga tavsif berarkan, uning kayoniylar sulolasi vakili ekanligini, jahon podshosi sifatida Kayxisrav-u Kayqubodlarning avlodiligini, uning davlatni boshqarishida Luxrosbning tartiblari, qo‗shinida Gushtosbning qonunlari ustuvor ekanligini bayon qiladi. Doro va Iskandar orasidagi xiroj mojarosi bu ikki shoh o‗rtasida ixtilofning paydo bo‗lishiga olib kelganligini afsus bilan ta‘kidlaydi. Urush boshlanadi. Ammo tez orada Doroning noiblari xiyonat qiladilar va Doro yarador holda Iskandar qo‗liga asir tushadi. O‗limi oldidan xiyonatkorlarni jazolash, uning qarindosh-urug‗lariga ozor bermaslik va qizi Ravshanakka uylanishni Iskandarga vasiyat qiladi. Iskandar Doroning barcha vasiyatlarini ortig‗i bilan ado etadi, Doroni izzat-ikrom 242 bilan dafn qiladi. Shu o‗rinda Iskandarning jahongir shoh bo‗lish bilan birga cheksiz mehr sohibi ekanligi ham g‗oyat mohirlik bilan tasvirlanadi. Iskandar Eronni egallagach jahonni fath etishga kirishadi. Ko‗plab o‗lka podsholariga xat yozib mamlakatda adolat va osoyishtalik o‗rnatmoqchiligini va shunga mos holda o‗z ixtiyorlari bilan unga taslim bo‗lishlarini so‗raydi. Aksariyat podsholar unga bo‗yin egib keladilar. Faqat Kashmir, Hind va Chin xoqonlarigina unga bo‗ysunishni istamaydilar. Iskandar Kashmirga yurish qilishga majbur bo‗ladi va mamlakat shohi Malluni bo‗ysundiradi. Uning vasiyatiga binoan qizi Mehrnozga uylanadi, o‗g‗li Feruzni Kashmirga podsho qiladi. Hirot va Samarqand shaharlarini barpo etadi. Tez orada Hind va Chin xoqonlari ham Iskandarning sha‘n-u shavkatiga tan berib, unga jangsiz taslim bo‗ladilar. Iskandar yer yuzini egallagach dengiz sirlarini ham bilish uchun uzoq safarga chiqadi. Shishadan sandiq yasab ummon tubiga tushadi va ko‗plab ajoyibotlarni ko‗radi. Ammo safardan qaytishda xastalanadi va tutingan onasi Bonuga o‗g‗illikni o‗rniga qo‗ya olmaganidan uzr so‗rab maktub yozadi. Mazkur maktub butun dunyoni zabt etsa-da, oxir- oqibat u dunyoga hech bir narsasiz, ochiq qo‗l bilan ketayotgan, bu olamga shoh bo‗lgandan ko‗ra onadek buyuk zotga qullik qilish sharafi yuksakroq ekanligini anglagan ulug‗ jahongirning iqrornomasi edi: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling