Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

IV. Pyesalari 

«Jaloliddin Manguberdi» (tarixiy drama, 1944, to‗liq nashri 1988) 
«Jaloliddin Manguberdi» dramasida ona Vatan uchun, uning ozodligi uchun 
bosqinchilarga qarshi kurash olib borgan jasur sarkarda siymosi tasvirlangan bo‗lib, 
dramada quyidagi qahramonlar ishtirok etadi: Xorazm shohi Sulton Muhammad 
Alovuddin Xorazmshoh, Sultonbegim (Jaloliddinning singlisi), Amir Badriddin 
(Samarqand hokimi, shoh qizi Sultonbegimning qaylig‗i, ya‘ni Jaloliddinning kuyovi), 
Temur Malik (sardor, Xo‗jand hokimi), Muhammad Nasaviy (tarixchi, Jaloliddinning 
kotibi), Chingizxon va boshqalar.

«Mirzo Ulug‗bek» (tarixiy fojia, 1960) – buyuk olim va temuriy hukmdor 
Mirzo Ulug‗bek hayoti va faoliyatiga bag‗ishlangan. Fojia qahramonlari: Mirzo 
Ulug‗bek ibn Shohrux, Abdullatif mirzo (uning o‗g‗li), Ali Qushchi (Ulug‗bekning 
«farzandi arjumandi», shogirdi va mahrami, munajjim), Sakkokiy (mashhur shoir, 
Ulug‗bekka bag‗ishlab 4 qasida yozgan), Shayxulislom Burhoniddin (zamonasining 
taraqqiyparvar ulamolaridan), Abbos (Sayid Obidning o‗g‗li, Abdullatifning 
mahrami), Abdurazzoq Samarqandiy (mashhur tarixchi), Vек Arslon (sardor), 
Mavlono Shamsiddin Muhammad Miskin (Samarqand qozisi), Piri Zindoniy (Hasan 
ohangar, mahbus), Berdiyor (Ulug‗bekning navkari), Ota Murod (dehqon), Chin, 
Hind, Farang, Misr, Rus elchilari, Amir Temurning arvohi.
V. Tarjimalari 
Shayxzoda 
tarjimon 
sifatida 
Sh.Rustaveli, 
V.Shekspir, 
A.S.Pushkin, 
M.Y.Lermontov, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, 
Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqalarning asarlarini o‗zbek tiliga o‗girgan.
 
Mirtemir 


345 
(1910 – 1978) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Mirtemir (Mirtemir Tursunmat o‗g‗li) 1910-yil 10-mayda Turkistonning Qoratog‗ 
etaklaridagi Eski Iqon qishlog‗ida tug‗ilgan. Shoirning otasi Tursunmat Umarbek o‗g‗li 
adabiyotga ixlosmand edi.
Mirtemir 11 yoshida amakisiga qo‗shilib Toshkentga qochib keladi va 
Beshyog‗ochdagi «Almaiy» nomidagi ishmaktabga joylashadi. Ikki yil bu maktabda 
o‗qigach Toshkentning yangi shahar qismidagi «O‗zbek erlar bilim yurti»ga ko‗chadi. 
Shoir ham o‗qib, ham ishlagan yillari haqida shunday yozadi: «Ishmaktabda ham, bilim 
yurtida ham o‗zimiz ekar, o‗zimiz yig‗ar edik, o‗zimiz tikar, o‗zimiz kiyar edik. Deyarli 
hamma hunar o‗rgatilar edi. Og‗ir yillar edi; to 1924 – 1925-yillargacha xo‗ragimiz har 
kuni ikki yo uch marta bir burdadan qora non va tushlik bir cho‗mich bo‗tqa edi. 
Ishmaktabning bog‗i Chilonzorda, bilim yurtining bog‗i Ko‗kterakda edi. Yoz bo‗yi 
hamma bog‗da ishlardi va rangga qon, bo‗yga jir bitib qaytardik. Bilim yurtida o‗qishlar 
og‗ir, o‗qituvchilar talabchan bo‗lib, kechasi allamahallargacha sovuq bo‗lmalarda dars 
tayyorlardik».
1929-yili bilim yurtini tugatgan Mirtemir yo‗llanma bilan o‗sha yaqtda poytaxt 
bo‗lgan Samarqand shahriga keladi. Samarqandda Pedakademiyada (hozir Samarqand 
davlat universiteti) o‗qish bilan barobar O‗zbekiston Markaziy ijroiya qo‗mitasining raisi 
Yo‗ldosh Oxunboboyevga shaxsiy kotib bo‗lib ishlaydi.
1932-yil 7-avgust kuni 22 yashar Mirtemir Y.Oxunboboyevning shaxsiy kotibligiga 
ham qaramay Samarqandda qamoqqa olinadi. Shoir 1934-yil o‗rtalarida Moskvadagi 
Dmitrov lageriga etap bilan yuboriladi va Moskva – Volga kanali qurilishida ishlaydi. 
Yosh shoir 1935-yil boshlarida afv etilib, ona yurtiga sog‗-omon qaytadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Mirtemir O‗zbekiston radio qo‗mitasi (1941) va 
O‗zbekiston davlat nashriyotida (1942) muharrir, Opera va balet teatrida adabiy emakdosh 
(1943 – 1944), 50 – 60-yillarda esa O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy 
maslahatchi, Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir vazifalarida xizmat qiladi.
Mirtemir 1978-yil 24-yanvarda 68 yoshida vafot etdi.
Unga 2002-yili «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilgan.


346 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling