Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. She’riy to‘plamlari
- III. Dostonlari
Ijodiy faoliyati
Mirtemirning ilk she‘ri – «Tanburim ovozi» 1926-yili 16 yoshida e‘lon qilinadi. I. She’rlari «Onaginam» «O‗zim bilaman...» «Qirg‗iz she‘rlari» «Men seni injitmayman» – shoirning xotini Yorqinoyga, turkistonliklar tili bilan aytganda, To‗rash kelinoyiga bag‗ishlangan. She‘rning asosiy qismi yetti hijoli satrlardan tashkil topgan. Ammo ba‘zan o‗n to‗rt hijoli satrlar ham uchrab turadi. Garchi bu satrlar ham yetti hijoli turoqlardan tashkil topgan esa-da, fikr va tuyg‗uning tugal holga kelishi va qofiyalanish tartibiga ko‗ra yetti hijoli she‘riy nutqning davomi bo‗la olmaydi. Bu o‗n to‗rt hijoli satrlar shoir tuyg‗ularining favvorasi o‗laroq otilib chiqadi va o‗ziga xos lirik kechinma vazifasini o‗taydi. «Pardalik» (1962) «Go‗zal» «Ona tilim» (1974) «Qoraqalpoq daftari» «Qirg‗iz she‘rlari» «Kipriklarim» she‘ri (1960) II. She’riy to‘plamlari «Shu‘lalar qo‗ynida» (birinchi to‗plam, 1928) «Zafar» «Qaynashlar» «Tong» «Bong» «Poytaxt» «O‗ch» «Qoraqalpoq daftari» 347 «Tingla, hayot!» «Izlaganim» «Tog‗day tayanchim» «Yodgorlik» III. Dostonlari Ajdar» (1935) «Dilkusho» «Suv qizi» (1937) «Oysanamning to‗yida» (1938) «Qo‗zi» (1939) «Nomus» «Farg‗ona» «Surat» (lirik qissa, 1956 – 1957), «Qoraqalpoq daftari» she‘riy turkumiga kiritilgan. Asar bir necha lirik she‘rlardan tarkib topgan. Bu she‘rlarni mustaqil she‘r sifatida ham, o‗zaro yagona lirik syujetga birlashgan yaxlit doston sifatida ham qabul qilish mumkin. Qissada tasvirlanishicha, asarning bosh qahramoni Toshlon to‗rt yillik (Surat, surat, nega sen tilsiz? Seni asrab to‗rt yil qo‗ynimda... Topinardim, o‗pardim... esiz!) jangda (Gunohim ne? Jangda bo‗lganim, qon kechganim, ming bor o‗lganim?), demak, Ikkinchi jahon urushi frontlarida jang qilgan paytida uning halok bo‗lganligi haqida xabar tarqaladi. Shundan keyin Toshlonning sevimli yori Oysuluv undan umid uzib, boshqa bir kimsaga turmushga chiqadi. Urushdan omon-eson qaytgan Toshlon bu xoinlikka duch kelib falakning adolatsizligidan eziladi, iztirob chekadi. Oradan yillar o‗tib bevafo yor tufayli qalbdan oqqan jarohat qonlari to‗xtaydi. Yurak yaralari hayotning boshqa voqealari ta‘sirida malham topadi. Ammo ittifoqo chiqib qolgan bevafo yorning surati Toshlon qalbidagi eski jarohatni tag‗in yangilab yuboradi. Lirik qissa Toshlon hayotining xuddi shu soniyasidan boshlanadi. Aslida, Toshlon bu Mirtemirning o‗zi. Asarda shoirning qamoqdalik paytida Moskva – Volga kanali qurilishida kechgan azobli hayoti va o‗limlarni hatlab kelgani o‗z ifodasini topgan. Mirtemirning, demak, Toshlonning yori mashhur 348 raqqosa bo‗lgan. Shoir uni yod etganida qo‗shiq va raqslar olamida kechgan oqshomlar xotiraga kelishi tabiiy. Shuning uchun bevafo yor Toshlon xotirasida jonlanar ekan, shoir she‘riy nutqda qo‗shiq va raqslarning o‗ynoqi ritmlaridan mohirlik bilan foydalanadi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling