Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

II. She’riy to‘plamlari 

«Quyosh bilan suhbat» 

«Safarbar satrlar» 


354 

«Traktorobod» 

«Yurak» 

«Mehrim» 
III. Dostonlari 

«Norbo‗ta» 

«Naxshon» 
IV. Pyesalari 

«Atlas» 

«Zafar» 

«So‗nggi kun» 

«Dushman» 
V. Tarjimalari 

N.A.Dobrolyubov: «Haqiqiy kun qachon keladi?» 

V.I.Kirshon: «Ulug‗ kun» (drama) 

A.S.Pushkin: «Bog‗chasaroy fontani» 

M.Y.Lermontov: «Iblis» (U.Nосирнинг o‗зи таржимага «Dемон» деб ном 
qo‗йган экан? Dарсликда qандай?) 

Geyne, Gyote, Bayron she‘riyatidan namunalar 
Zulfiya 
(1915 – 1997) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Zulfiya Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud 
topgan. Avval boshlang‗ich maktabda, so‗ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935 
– 1938-yillarda O‗zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti 
aspiranturasida o‗qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yildan 1980-
yilgacha, qariyb o‗ttiz yilga yaqin, respublikamizda keng tarqalgan «Saodat» nomli xotin-
qizlar jurnalida bosh muharrir bo‗lgan. U atoqli o‗zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila 
qurgandi. Biroq ular orzularga to‗la hayot kechirayotgan pallada – 1944-yili mashina 


355 
halokati tufayli turmush o‗rtog‗idan ayriladi. Shundan so‗ng umr bo‗yi o‗z muhabbatiga 
sodiq qoldi.
Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va Yevropaning o‗nlab 
davlatlarida bo‗lib, xalqaro xotin-qizlar hamda adabiyot namoyandalarining harakatlarida 
faol ishtirok etardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta‘rificha, «Uning jahon minbarlaridan 
yangragan she‘rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida 
millionlab she‘riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan».
Shoiraning she‘rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vyetnam 
kabi juda ko‗p xorijiy tillarga tarjima qilingandi. Rus, ukrain, ozarbayjon, hind 
shoiralarining she‘rlarini o‗zbekchalashtirgan. U O‗zbekiston xalq shoiri, xalqaro 
«Nilufar», Javoharla‘l Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir.
Shoira 1997-yili 82 yoshida vafot etgan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling